“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2021, 15:30
ЎЗO‘Z

Abramov: "Jaloliddinovning "Andijon"ga o‘tishini yaxshi deb hisoblamayman. Ehtimol, adashayotgandirman"

07 mar, 09:23 1 036 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Abramov: "Jaloliddinovning "Andijon"ga o‘tishini yaxshi deb hisoblamayman. Ehtimol, adashayotgandirman" Jaloliddinovning “Andijon” bilan shartnoma imzolagani ortidan uning bu qarorini ko‘pchilik turlicha tahlil qilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ustozi Vadim Abramov ham uning bunday qarorini kutmagan.

“Bunyodkor”da Jaloliddinov ushbu murabbiyning qo‘l ostida to‘p surgan. Shu bois Vadim Karlenovich uning imkoniyatlarini yaxshi biladi. Sports.uz muxbiri esa Abramov bilan bog‘lanib Jasurning “Andijon”ga ko‘chib o‘tganini muhokama qildi.

- Vadim Karlenovich, Jasur Jaloliddinovning “Andijon”ga o‘tgani kutilmagan yangilik bo‘ldi. Buni hech kim kutmagandi. Bu masalada munosabatingizni bilmoqchiman.
- Jaloliddinovning “Andijon”ga ko‘chib o‘tishini yaxshi deb hisoblamayman. Ehtimol, men bu gap bilan xato qilayotgan bo‘lishim ham mumkin. Chunki unga Yevropadan ham takliflar borligi haqida gap-so‘zlar yurgandi. Ammo u bunday yo‘l tutmay, ortga qaytishni istadi. Jaloliddinovning rejalari qandayligini bilmayman va buni muhokama qilishim to‘g‘ri bo‘lmasa kerak. Menga ma’lumki, Jasurda Yevropaga yo‘l olish imkoniyati ham yo‘q emasdi. Binobarin, Turkiyaga. Balki men xato qilayotgandirman. Ammo nima bo‘lgan taqdirda ham uning qaytib kelganini to‘g‘ri qaror deb baholamagan bo‘lardim. Agar Jasur Jaloliddinov Yevropada ma’lum vaqt to‘p surganidami, o‘zi uchun juda yaxshi bo‘lardi.

- Sir bo‘lmasa, unga Yevropaning qaysi chempionatlaridan takliflar bor edi?
- Adashmasam, unga Ispaniya va Turkiyadan takliflar bo‘lgan. Bundan tashqari, Germaniyaning ikkinchi bundesligasidan ham taklif borligi haqida eshitgandim. Ehtimol, bu masalada qandaydir xatolarga yo‘l qo‘ygan bo‘lishim mumkin. Yaxshisi, qaysi klublardan takliflar bo‘lgani haqida uning o‘zidan so‘raganingiz ma’qul. U esa hamma uchun kutilmagan bir qarorga kelib “Andijon”ni tanladi. U uch oydan so‘ng, transfer oynasi ochilsa Turkiyaga yo‘l olsa ham kerak.

- “Lokomotiv” bilan shartnomasi bekor bo‘lganidan keyin ham “Bunyodkor” bilan shug‘ullanib yurdi. Agar legionerga aylanmasa “Bunyodkor”da qolishi ham mumkinmidi?
- Bilasizmi, avvaliga uning “Lokomotiv”ga qaytib kelishi haqidagi variant ham yo‘q emasdi. Chunki “Lokomotiv”dagilar Jaloliddinovni bizdan sotib olishgandi. Uning agenti mijozini olib ketish uchun pul ham to‘lagan va bu bizni qanoatlantirgan edi. Agar avval boshidan o‘zaro kelishganimizdami, u “Lokomotiv”dan maosh olgan taqdirda “Bunyodkor”da ijara asosida to‘p surishi ham mumkin bo‘lardi. Avvaldan shunday reja ham bor edi. Keyin esa Jasurning atrofida turli gap-so‘zlar ko‘payishga tushib u “Lokomotiv”ga ko‘chib o‘tib, noto‘g‘ri ish qildi, qabilidagi fikrlar avj oldi.

Ustiga-ustak Turkiya varianti ham yo‘q emasdi. Ish shu darajaga yetib keldiki, Jaloliddinov bizga ijaraga qaytishi mumkin bo‘lgan mahalda transfer oynasi yopilib qoldi. Shu tariqa, futbolchimiz “Lokomotiv”da qolib ketdi. Uning yoshida bunday klubning tarkibidan joy olish mushkul bo‘lishi oldindan ma’lum edi. Chunki “Lokomotiv”ning oldiga Yevropa Chempionlar ligasida to‘p surish imkonini beruvchi yo‘llanmalaridan biriga ega chiqish vazifasi qo‘yilgandi. Boz ustiga jamoa tarkibida undan yoshi ancha katta bo‘lgan futbolchilar to‘p surishadi. Shuning evaziga Jasurga o‘ta qiyin bo‘lishi oldindan ma’lum edi.

Bu ham kamlik qilganidek, vakilimiz o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasdan turib uni “Tambov”ga ijaraga berib yubordilar. Bilsangiz kerak, “Tambov” premer-ligada jon saqlab qolish uchun kurash olib bormoqda. O‘yin amaliyoti bo‘lmagan holda ijara asosida bo‘lsa ham boshqa klubda to‘p surib ketish oson bo‘lmaydi. Xuddi shu paytga kelib Jasur Jaloliddinovning atrofidagi gap-so‘zlar avjiga chiqib ketdi. Shu tariqa, futbolchi bizga qaytib keldi. Agar dastlabki holatda transfer oynasi yopilmasdan oldin Jasurga “Bunyodkor”ga qaytib kelganida hammasi butunlay boshqacha ko‘rinish olgan bo‘lardi.

- Jasur agenti Yuriy Belous bilan hamkorlikni to‘xtatmoqchiligi haqida eshitdim. Unga qanday maslahat berasiz?
- Jasurga agenti bilan aloqani uzishni maslahat bermagan bo‘lardim. Chunki u ham mijozi bilan mana shunday holat yuzaga kelishi mumkinligini xayoliga ham keltirmagandi. Yana yuqoridagi gapimni takrorlayman: Jaloliddinov transfer oynasi yopilmasidan bizga qaytganida hozir hammasi boshqacha bo‘lardi. U “Bunyodkor”da o‘ynagan holda mahoratini oshirishi kerak edi. Nima bo‘lgan taqdirda ham bo‘lar ish bo‘lib o‘tdi. Bu endi uning qarori. Jasur endi ancha ulg‘aygan yigit. O‘yinchilik faoliyati borasida ham qarorlarni mustaqil qabul qilishi joiz. O‘ylashimcha, u mana shunday yo‘l tutyapti.

- Futbolchi “Andijon”da o‘sishi mumkinmi? Bu borada nima deya olasiz?
- Men uning “Andijon”da qanday o‘ynab ketishi mumkinligini hozir tasavvur qila olmayapman. Buni “Andijon” klubining murabbiyi mendan ko‘ra yaxshiroq bilsa kerak. Jaloliddinovning “Andijon”da o‘ynash-o‘ynamasligini ham aynan jamoa bosh murabbiyi hal qiladi va bunday savolni unga berishingiz to‘g‘riroq bo‘lardi.

- Shuningdek, “Bunyodkor”ga Shuhrat Maqsudov bosh murabbiy etib tayinlandi. Klub oldiga jiddiy maqsad qo‘yildi...
- Shuhrat Maqsudov men bilan uzoq vaqt birga ishladi. U terma jamoada ham, klubda ham mehnat qildi. Shuhratning “Bunyodkor”da binoyidek ishlab ketishiga shubha qilmayman. Chunki u “Bunyodkor”da yangi odam emas. Futbolchilarni juda yaxshi biladi. Shu holat ham yangi roldagi ishida Shuhrat Maqsudovga qo‘l kelishi aniq.

Shuhratbek Jo‘rayev




 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Vadim Abramov: Tez orada yangilik eshitasizlar! 07 fev, 08:12
  • Jasur Jaloliddinovning transfer tafsilotlari ma’lum qilindi 28 dek, 23:53
  • Vadim Abramov keyingi mavsum "Bunyodkor"da ishlamaydi 30 noya, 23:30
  • Vadim Abramov: Imkon tug‘ilsa, Jaloliddinovni ijara asosida bo‘lsa ham "Bunyodkor"da to‘p surishini istardim 01 avg, 14:15
  • O‘zbekiston milliy jamoasini Vadim Abramov boshqaradi 23 sen, 17:52
  • Oʻzbekiston OTJ bosh murabbiyligiga Vadim Abramov nomzodi ham koʻrilgan edi 27 sen, 16:53
  • So'nggi yangiliklar
  • Haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit «Neksiya»da yuk avtomobiliga urildi 23 apr, 14:44 1
  • «Qoplamaning xizmat qilish muddati belgilanmagan» — Senat avtoyo‘llar borasidagi kamchiliklar haqida 23 apr, 14:12 2
  • DSQ hisobvaraq-fakturalar tizimidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi 23 apr, 13:43 60
  • 24 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 23 apr, 13:13 143
  • Ozodbek Nazarbekov otasi vafot etgani haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi 23 apr, 12:40 427
  • 1 iyundan ayrim tadbirkorlar soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin 23 apr, 12:12 244
  • O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining dastlabki partiyasi olib kelindi 23 apr, 11:30 327
  • Dunyoning eng qimmat shahrida o‘n minglab uylar bo‘shab qoldi 23 apr, 10:46 704
  • "Paxtakor"ga qarshi bahs haqida Shukurovning ustozi nimalar dedi? 23 apr, 10:23 493
  • Ruslanbek Davletov: “Amaldorlarning xarajatlari ochiqlanishi kerak” 23 apr, 09:50 527
  • Ukrainlar rus bosqiniga qarshi birlashmoqda 23 apr, 09:13 1 104
  • Grin Kard uchun ham ro‘molini yechmagan qiz 23 apr, 08:38 518
  • Bo‘limlar