“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 17 2021, 10:25
ЎЗO‘Z

Tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan ayollarga qancha kredit beriladi?

07 mar, 08:30 1 487 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan ayollarga qancha kredit beriladi? Tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlarga 36 mln 750 ming so‘mgacha kreditlar beriladi. Bu haqda «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–5020-son, 05.03.2021 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi (Respublika kengashi) tashkil etilib, uning asosiy vazifalari belgilandi.

Respublika kengashi, jumladan hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligini oshiradi.

Respublika kengashining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq Jamg‘armaga har yili 300 milliard so‘mgacha miqdorda Davlat budjeti mablag‘lari ajratiladi.

Shuningdek, tegishli dasturlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan xotin-qizlarga tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tavsiyasiga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 3 yilgacha muddat va 6 oygacha imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida BHMning 150 baravarigacha (36 mln 750 ming so‘mgacha) miqdorda kreditlar beriladi.

2021 yilda «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» va «Temir daftar»ga kiritilgan xotin-qizlarga ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badalni to‘lab berish va ijtimoiy uy-joylar sotib olish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga:

— Noturar joylarda istiqomat qilayotgan ayollarni uy-joy bilan ta’minlashga – 10 milliard so‘mdan;
— otasidan ayrilgan, yolg‘iz onasi qaramog‘ida bo‘lgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlashga – 5 milliard so‘mdan mablag‘ ajratiladi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Oila va xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sohasida amalga oshirilgan islohotlar haqida 03 mar, 19:32
  • O‘zbekistonda yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar ta’minotsiz ajratiladigan bo‘ldi 15 okt, 10:29
  • Mahalladagi vaziyatga Milliy gvardiya ham javob beradi 06 iyun, 17:47
  • Xotin-qizlar qo‘mitalari raisi lavozimlari tugatildi 19 fev, 09:23
  • Prezident farmoni bilan yangi vazirlik tashkil etildi 19 fev, 07:29
  • O‘zbekiston prezidenti ayollar to‘g‘risidagi Farmonga imzo chekdi 03 fev, 14:30
  • So'nggi yangiliklar
  • Iroqda ISHIDning xazinasi topildi 17 apr, 08:56 447
  • Qozog‘istonda Su-30 qiruvchi samolyoti falokatga uchradi 17 apr, 08:30 320
  • Yangi Zelandiya chekishni butunlay taqiqlash bo‘yicha muhim qadam qo‘ydi 17 apr, 08:00 308
  • DXX xodimlari Andijonda 100 gektar yerni 128 ming dollarga sotishga uringan hokimiyat xodimini ushladi 17 apr, 07:30 472
  • Xitoy yigit bilan saharlik va iftor qildim... 17 apr, 00:48 1 048
  • Yangiyo‘lda yuk mashinasi yonib ketdi 17 apr, 00:10 703
  • Viktor Jalilov: "Darvozabonimizning mustahkam o‘yini bo‘lmaganda, bugun yutqazishimiz ham mumkin edi" 16 apr, 23:43 653
  • Islombek Ismoilov: "Navbahor" bilan durang adolatli natija bo‘ldi" 16 apr, 23:25 665
  • Mikael Sekeyra: O‘zbek futboliga moslashishga to‘g‘ri kelyapti 16 apr, 23:00 766
  • Italiya matbuotida «diktator-tarbiyasiz» bahsi: Erdo‘g‘an bir hafta kutdi, Dragi esa ortga qaytmadi 16 apr, 22:28 489
  • Qanday ichimliklar ozishga yordam beradi? 16 apr, 21:43 911
  • To‘rt viloyatda ehtiyojmand oilalarga moliyaviy yordam ko‘rsatishga qaratilgan loyiha ishga tushirilmoqda 16 apr, 21:10 923
  • Bo‘limlar