“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2021, 19:52
ЎЗO‘Z

Ikkinchi jahon urushi boshlanishi uchun kim "pul tikkan". Maxfiy hujjatlar oshkor bo‘ldi

06 mar, 00:05 4 089 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ikkinchi jahon urushi boshlanishi uchun kim "pul tikkan". Maxfiy hujjatlar oshkor bo‘ldi Siyosatshunoslik fanlari doktori, professor Igor Panarin Rossiya tashqi razvedka xizmatining yaqindagi topilmasiga izoh berdi. Ushbu material 1940-yillardagi voqealar haqidagi haqiqatni fosh etdi.

Gap 1945 yildagi shifr-telegramma haqida bormoqda. U Londondan Moskvaga yuborilgan. Xatda natsist Germaniyasi Imperiya banki vitse-prezidenti Emil Pulning katta partiyadagi oltin quymalarini yetkazib berish bo‘yicha operatsiyasi haqida xabar berilgan.

Qimmatbaho metall Bryussel yaqinida joylashgan tuz shaxtalariga olib kelinishi kerak edi. Bunday ulkan miqdordagi oltin qayerdan olingan? Uni konslager asirlaridan to‘plashgan.

"Bu Pul nafaqat Reyxsbank vitse-prezidenti, balki bir vaqtning o‘zida Shveysariyadagi xalqaro hisob-kitoblar banki direktorlar kengashi a’zosi ham bo‘lgan. Bu bugungi kundagi eng muhim tuzilmalardan biri - u hatto AQSH federal rezerv xizmatidan ham a’loroq", - dedi ekspert.

Uning aytishicha, Shveysariya tuzilmasi "asoschilari" Yevropadagi yirik moliya tashkilotlari bo‘lishgan: fashist Germaniyasining Imperiya banki, Angliya banki.

Bularning barchasida AQSH ham ishtirok etgan: muassislar amerika xususiy banklari bo‘lgan, ular orasida mashhur Morgan bankirlar uyi ham bor edi. Uning "gullab-yashnash" davri Ikkinchi jahon urushiga to‘g‘ri kelgan, o‘shanda moliyaviy operatsiyalar hajmi rekord raqam - yarimtrillion dollarga yetgan.

"Bu Uchinchi reyx oltin zaxiralarining beshdan to‘rt qismidir. Bularning barchasi shifr-telegrammda aks etgan", - deb qo‘shimcha qildi siyosatshunos.

Ammo bu qandaydir sabab bilan jahon OAVlari e’tiboridan chetda qolgan. Shu bilan birga, Angliya banki Gitlerni u hukumat tepasiga kelayotgan vaqtda qo‘llab-quvvatlagani ma’lum. Gap 1930-yillar boshi haqida bormoqda.

Aynan shu britan moliyaviy tuzilmasi bo‘lg‘usi natsistlar yetakchisining saylov kampaniyasiga faol ravishda pul tikib kelgan.

Gitlerni qo‘llab-quvvatlash ishlarida amerikaliklar ham ishtirok etganlar - arxiv materiallariga murojaat qilinsa, o‘sha, obro‘li Morganlar oilasi, Buyuk tushkunlikni "yuzaga keltirishga" va XX asrdagi keng ko‘lamli jahon inqirozi boshlanishiga aloqador.

Ushbu inqiroz Federal rezerv xizmatini yanada rivojlantirish maqsadida "qo‘lbola" tarzda amalga oshirilganligini ko‘rsatuvchi faktlar mavjud, deydi siyosatshunos.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Braziliyada 30 mln dollarlik oltin o‘g‘irlash ishtirokchilaridan biri qo‘lga olingan 29 iyul, 10:40
  • Qaysi davlatlarning oltin zaxirasi ko‘p? 08 fev, 16:41
  • Venesuelada Rossiyaga oltin olib chiqib ketishga urinish haqida ma’lum qilindi 30 yanv, 21:12
  • Rossiya banki 100 mlrd dollarni yuan, iyena va yevroga aylantirdi 10 yanv, 16:32
  • Maxfiy razvedka faxriysi: NATOda Sobiq ittifoqni barbod etish rejasi bo‘lgan 24 iyun, 22:28
  • Qirg‘iziston Markaziy Banki rahbari o‘z orzusi bilan bo‘lishdi 17 fev, 08:14
  • So'nggi yangiliklar
  • Kalta paypoqli o‘quvchilar qaysi maktabda tekshirilgani ayon bo‘ldi 16 apr, 19:20 0
  • Namanganda «ofitsiant»ga shilqimlik qilgan bezorilar ushlandi 16 apr, 18:53 0
  • AGMK bilan durangdan so‘ng "Al Hilol" murabbiyi nimalar dedi? 16 apr, 18:30 0
  • «U paytlar qo‘limiz kalta edi» — Shavkat Mirziyoyev 16 apr, 18:03 0
  • Rossiya 332 ming O‘zbekiston fuqarosini olib chiqib ketishni so‘radi 16 apr, 17:35 18
  • Gruziyada qurollangan shaxs bankka bostirib kirib, odamlarni garovga oldi 16 apr, 17:07 109
  • O‘zbekistonga kelasi haftada sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda 16 apr, 16:30 530
  • Yo‘llarda reyd tadbirlari davomida 3 mlrd. so‘mlik jarimlar undirildi 16 apr, 16:09 237
  • Qaysi viloyatga borsam, og‘ir yuk bilan qaytaman – Shavkat Mirziyoyev 16 apr, 15:43 445
  • Prezident O‘zbekistonda Mahallabay ishlash markazi tashkil etilishini ma’lum qildi 16 apr, 15:18 341
  • Prezident: «Samarqand qachon shiddat bilan rivojlanadi, degan savol meni ko‘p qiynaydi» 16 apr, 14:50 362
  • «Seriallar orqali ayollarga nisbatan qanday zug‘um qilishni o‘rgatib qo‘yyapmiz» – AOKA 16 apr, 14:21 474
  • Bo‘limlar