“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 13 2021, 08:24
ЎЗO‘Z

Qo‘qonda bank xodimi mijozning milliardlarini olib, O‘zbekistondan qochib ketdi

05 mar, 23:35 4 235 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qo‘qonda bank xodimi mijozning milliardlarini olib, O‘zbekistondan qochib ketdi Qo‘qonda bank xodimi ishonuvchan mijozning milliardlab so‘mini qo‘lga kiritdi va so‘ngra zagranpasport olib, O‘zbekistonni tark etdi. Hozirda firibgar qidiruvda, deb xabar bermoqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Tergov harakatlari jarayonida ma’lum bo‘ladiki, voqea 2020 yilning iyul-dekabr oylari oralig‘ida sodir bo‘lgan.

"Agrobank Qo‘qon shahri filiali" xodimi - 31 yashar Husanjon T. bank mijozi bo‘lgan tanishi - 38 yoshli, xususiy korxona rahbari bo‘lgan Kamoliddin I.ni bank tizimi pul o‘tkazmalari orqali pullarni aylantirib, ko‘p foyda olishi mumkinligiga qiziqtiradi.

Kamoliddin bank xodimi Husanjonga 20 ming AQSH dollari miqdorida qarz berganida, firibgar sodda mijozga bir oylik foydaning yarmi deb boshlanishiga 2 million 250 ming so‘m pul olib kelib, keyinchalik olgan pullari foydasi deb jami 240 million so‘m beradi.

Mijoz qiziqib yanada ko‘proq pul bergach, oradan ma’lum bir vaqt o‘tib, bank xodimi - Husanjon xorijga chiqish pasportini olib Qirg‘iziston Respublikasiga chiqib ketadi. Kamoliddin Husanjonga jami 71 200 AQSH dollari va 1 009 258 000 so‘m pul mablag‘larini topshirgan.

Kamoliddin bu pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab, bir qismiga yer uchastkasi sotib olib, bir qismini tanish ayoliga berganligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahri bo‘yicha IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Husanjon T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda Husanjon T.ni ushlash choralari ko‘rilmoqda.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda yana bir bankka dastlabki ruxsatnoma berildi 21 yanv, 19:50
  • Oʻzbekiston aholisi uch oyda bankomatlar orqali necha million dollar konvertatsiya qildi? 06 iyul, 13:30
  • MIB 11 mlrd soʻmni undirib berdi 29 dek, 19:00
  • Qozog‘iston Halyk Banki O‘zbekistonda Tenge Bank’ni ochadi 12 noya, 14:44
  • 16 fevral voqealari ishtirokchisi Zokir Rahimov Turkiyada qo‘lga olindi (video) 20 iyul, 20:07
  • “Hi-tech bank”dagi “kamchilik”ni yopib berish uchun 500 ming dollar pora olgan firibgarlar qo‘lga olindi 25 apr, 22:53
  • So'nggi yangiliklar
  • Dafn etilgan erkakni bir kundan keyin qarindoshlari tirik holda topishdi 13 apr, 07:30 431
  • Xush kelding qalbimga, mohi Ramazon! 13 apr, 00:30 697
  • Ro‘za — qorinni och qoldirib, qalbni to‘ydirishdir 13 apr, 00:10 698
  • Xush kelibsan, Ramazon... 12 apr, 23:39 674
  • Diyetolog ovqat miqdorini kamaytirmasdan ozish usuli haqida gapirdi 12 apr, 23:23 674
  • Toshkentda tarovih namozi munosabati bilan har oqshomda qator avtobuslar yo‘nalishi o‘zgaradi 12 apr, 22:57 288
  • Aliment to‘lamagan mirishkorlik ota 15 sutkaga qamaldi 12 apr, 22:43 639
  • Qidiruvdagi shaxs ushlangach 22.8 mln. so‘m aliment pulini to‘ladi 12 apr, 22:33 567
  • Farzand onasi tarbiyasiga olib berildi 12 apr, 22:24 592
  • Muboraklik otadan salkam 12 mln. so"m aliment undirildi 12 apr, 22:22 616
  • Reklamalar ortidagi qallobliklar 12 apr, 22:05 1 044
  • Ovqatlanishga borgan Rianna restorandagi muxlisiga syurpriz uyushtirib, uni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi (video) 12 apr, 21:44 871
  • Bo‘limlar