“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2021, 02:22
ЎЗO‘Z

«Mahallabay ishlamagan hokim siyosatimizga xiyonat qilibdi» — Shavkat Mirziyoyev

04 mar, 10:43 819 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Mahallabay ishlamagan hokim siyosatimizga xiyonat qilibdi» — Shavkat Mirziyoyev 3 mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish bo‘yicha selektor o‘tkazdi. Tadbirda Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov ham so‘zga chiqdi, deya xabar bermoqda Kun.uz.

«Bunyodkor mahallasiga borganingizda shu mahalladagi holat uchun juda xijolat bo‘ldim. Ko‘pchilik o‘ylayapti, faqat «Bunyodkor» mahallasi obod bo‘ladimi, deb. Yo‘q, hamma mahallalar bilan navbati bilan shug‘ullanamiz.

Farmon bilan tanishib chiqdik. Uy-joy masalasi yechimida qabul qilinayotgan bu farmon juda muhim. Chunki 30 yil deyarli qurilish bilan shug‘ullanmadik
», – dedi Shavkat Abdurazzoqov.

Davlat rahbari Namangan hokimining mahallaga borib yashayotganidan xursandligini aytdi.

«Men o‘sha mahallaga borib yashayotganingizni eshitib xursand bo‘ldim. Bunyodkor mahallasi o‘rnak bo‘lsin. Umuman, har bir hokim eshitib olsin, men hamma joyga yetib boraman. Mahallabay ishlamagan hokim siyosatimizga xiyonat qilibdi, undaylar biz bilan ishlay olmaydi.

Oldin yordam berishda qing‘irliklar bo‘lardi, hozir turli daftarlarni tuzganimizdan keyin hammasi shaffof bo‘ldi. Endi shular ustida ishlashimiz kerak
», – ta’kidladi prezident.

Eslatib o‘tamiz, 19 fevral kuni Shavkat Mirziyoyev Namangan shahriga tashrifi vaqtida, rejadan tashqari ravishda shahardagi Bunyodkor mahallasiga borgandi.

Prezident mahalladagi kamchiliklarga guvoh bo‘lgach, Namangan shahri hokimi va prokurori almashtirildi. Viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov konteyner-uy qurdirib, shu yerda yashashga va’da berdi.

Ko‘p o‘tmay, Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Olot tumanidagi Davlatboy mahallasiga konteyner o‘rnatdi; o‘zi va shtabi shu yerda turib fuqarolarni qabul qilishi aytildi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Namangan hokimi prezident tanqid qilgan mahallada konteynerda yashashini ma’lum qildi 20 fev, 22:43
  • Shavkat Mirziyoyev: Qanday vijdon bilan lavozimda o‘tiribsizlar?! 19 fev, 18:49
  • "Bosh vazir bo‘lganimda, yonimda olib yurardim, sinovdan o‘tgan" - Prezident 19 fev, 14:00
  • Ortiqxo‘jayevning o‘rinbosari Toshkent viloyatiga yangi hokim etib tayinlandi 30 yanv, 15:30
  • «Tadbirkorga xiyonat qilgan odam siyosatimizga xiyonat qilgan odam bo‘ladi» — Shavkat Mirziyoyev 09 iyul, 09:30
  • Shavkat Mirziyoyev hokimlarning vakolati qisqarib, deputatlarniki kengayishini ma’lum qildi 16 dek, 20:45
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya va Belarus davlat to‘ntarishining oldi olingani haqida xabar berdi 19 apr, 00:30 195
  • Misrda relsdan chiqib ketgan poyezd fojiaga sabab bo‘ldi (video) 19 apr, 00:01 253
  • Imtihonda muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish kerak? 19 apr, 00:01 113
  • “Tramadol”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi 18 apr, 23:36 384
  • Parfyumeriya mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi 18 apr, 23:13 446
  • "Jenoa" bosh murabbiyi "Milan"ga boy berilgan o‘yin haqida nimalar dedi? 18 apr, 22:48 909
  • Och qoringa iste’mol qilish xavfli bo‘lgan mahsulotlarni bilasizmi? 18 apr, 22:13 1 116
  • Fuqaroga 55,5 mln. so‘m haqi undirib berildi 18 apr, 21:51 871
  • Gimnastikachi qizlarimiz tarixiy natija qayd etishdi 18 apr, 21:30 1 204
  • O‘zbekiston ilk bor dunyoning eng yaxshi mamlakatlari reytingidan o‘rin oldi 18 apr, 21:00 1 350
  • Qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlari fosh etildi 18 apr, 20:36 700
  • Yuk mashinalariga yashirilgan mineral o‘g‘itlar fosh bo‘ldi 18 apr, 20:12 678
  • Bo‘limlar