“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 17 2021, 09:24
ЎЗO‘Z

Jizzaxda 3 nafar ayolni fohishalik qilish uchun Turkiyaga jo‘natayotgan 21 yoshli yigit qo‘lga olindi

04 mar, 10:15 1 116 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jizzaxda 3 nafar ayolni fohishalik qilish uchun Turkiyaga jo‘natayotgan 21 yoshli yigit qo‘lga olindi Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida ayollarni fohishalik qilish uchun Turkiyaga yuborayotgan shaxs qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti.

Qayd etilishicha, 2021 yilning 26 fevral kuni 21 yoshli U.A., 18 yoshli G.B. va 30 yoshli I.B. (barchasi ayol) viloyat IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan.

Arizada ular A. ismli shaxs ularni Turkiya davlatiga haq evaziga fohishalik bilan shug‘ullanib, bir yilda uy, avtomashina olishlari mumkinligiga qiziqtirganini aytgan.

Qayd etilishicha, A. ismli shaxs ayollarga o‘zining hisobidan aviachiptalarni sotib olib, ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti orqali yuborish maqsadida yo‘lovchi taksida olib ketayotgan vaqtida Do‘stlik tumani «Manas» YHXB maskanida ushlangan.

Tekshiruv davomida uning yonidan ushbu fuqarolarga tegishli xorijga chiqish pasportlari, aviachipta hamda COVID-19 tibbiy ma’lumotnomalari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni 21 yoshli A.B. sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Do‘stlik tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan A.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 135-moddasi 2-qismi «b» bandi (ikki yoki undan ortiq shaxsni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda A.B. muqaddam ushbu turdagi jinoyatlarni sodir qilib, fuqarolarni chet elga shahvoniy niyatlarda yuborgan holatlari bor yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Fotima-Zuhraning kirdikorlari fosh bo‘ldi 30 yanv, 14:14
  • Chegara postida qizlarni fohishalik qilish uchun Qozog‘istonga jo‘natayotgan ayol qo‘lga olindi 22 yanv, 14:53
  • Toshkentda talonchilik qilgan 4 nafar shaxs qo‘lga olindi 14 avg, 15:50
  • Toshkent xalqaro aeroportida 21 yoshli ayolni fohishalikka yuborayotgan shaxs ushlandi 22 mar, 15:00
  • Turkiyaga fohishalik qilish uchun sotib yuborilayotgan namanganlik ayollar to‘xtatib qolindi 10 iyun, 14:24
  • Toshkentda qizlarni fohishalik uchun Malayziyaga olib ketayotgan ayol qo‘lga tushdi 20 iyun, 11:52
  • So'nggi yangiliklar
  • Iroqda ISHIDning xazinasi topildi 17 apr, 08:56 0
  • Qozog‘istonda Su-30 qiruvchi samolyoti falokatga uchradi 17 apr, 08:30 0
  • Yangi Zelandiya chekishni butunlay taqiqlash bo‘yicha muhim qadam qo‘ydi 17 apr, 08:00 0
  • DXX xodimlari Andijonda 100 gektar yerni 128 ming dollarga sotishga uringan hokimiyat xodimini ushladi 17 apr, 07:30 155
  • Xitoy yigit bilan saharlik va iftor qildim... 17 apr, 00:48 848
  • Yangiyo‘lda yuk mashinasi yonib ketdi 17 apr, 00:10 586
  • Viktor Jalilov: "Darvozabonimizning mustahkam o‘yini bo‘lmaganda, bugun yutqazishimiz ham mumkin edi" 16 apr, 23:43 534
  • Islombek Ismoilov: "Navbahor" bilan durang adolatli natija bo‘ldi" 16 apr, 23:25 544
  • Mikael Sekeyra: O‘zbek futboliga moslashishga to‘g‘ri kelyapti 16 apr, 23:00 622
  • Italiya matbuotida «diktator-tarbiyasiz» bahsi: Erdo‘g‘an bir hafta kutdi, Dragi esa ortga qaytmadi 16 apr, 22:28 417
  • Qanday ichimliklar ozishga yordam beradi? 16 apr, 21:43 771
  • To‘rt viloyatda ehtiyojmand oilalarga moliyaviy yordam ko‘rsatishga qaratilgan loyiha ishga tushirilmoqda 16 apr, 21:10 769
  • Bo‘limlar