“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 18:03
ЎЗO‘Z

Mahalla institutini takomillashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar haqida

03 mar, 19:00 1 805 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mahalla institutini takomillashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar haqida 1. Sohaga oid 42 ta qonun hujjati, shu jumladan 4 ta qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta Farmon va Qarori, Hukumatning 33 ta qarori qabul qilindi, 50 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar takomillashtirildi.

2. Quyidagi institutsional o‘zgarishlar amalga oshirildi:
– oila, xotin-qizlar va keksalarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha vakolatli davlat boshqaruvi organi – Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi;
– “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi;
– aholi murojaatlari va muammolarini aniqlash hamda hal etishda “Mahalla – sektor – xalq qabulxonasi – mahalla” prinsipi asosida hamkorlik tizimi joriy etildi;
– “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan yangi tizim joriy etildi.
– mahallalarda huquq-tartibot, oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy hamda obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik bo‘yicha 3 nafar mahalla raisining o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.
Shuningdek, yoshlar hamda keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan mahalla raisining 2 nafar maslahatchisi lavozimlari kiritildi;
– mahallalarda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiyalar, “Keksalar maslahati” guruhlari, “Buvijonlar maktabi” kengashlari va “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi tashkil etildi.

3. “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan yangi tizimni joriy etish borasida quyidagilar amalga oshirildi:
– mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan “Harakatlar formulasi” ishlab chiqildi va joriy etildi;
– profilaktika inspektorlarining mahalla aholisiga
oyma-oy hisobot berish tizimi yo‘lga qo‘yildi;
– profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari, xotin-qizlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha inspektor lavozimlari joriy etildi;
– haftaning har payshanba kuni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” etib belgilandi;
– 8233 ta mahallada Jamoatchilik nazorati maskanlari tashkil etildi;
– mahalla faollari tomonidan ajrim yoqasiga kelib qolgan 21 mingdan ortiq oilalar yarashtirildi;
– mahallalarda jinoyatlar soni kamayishiga erishildi. Jumladan, 2016 yilda jinoyat sodir etilmagan mahallalar soni 9,5 foizni (853 ta) tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilda 33,7 foizni (3 074 ta) tashkil qildi. 2020 yilning 5 oyi davomida 69,9 foiz (6 393) mahallalarda jinoyat sodir etilmadi.

4. Mahallarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yo‘nalishida quyidagilar amalga oshirildi:
– 730 ta mahalla idorasi yangidan qurildi, 2343 tasi rekonstruksiya qilindi va ta’mirlandi;
– 4178 ta mahalla binolarida kutubxonalar tashkil etildi;
– 102 ta tuman va shahar markazida “Mahalla markazi” majmualari barpo etildi;
– 2078 ta mahalla mebel jihozlari, 1249 tasi kompyuter, 2965 tasi telefon aloqasi bilan ta’minlandi, 1293 tasi Internet tarmog‘iga ulandi;
– fuqarolar yig‘inlariga O‘zbekiston Milliy kutubxonasi resurslaridan onlayn foydalanish imkoniyati yaratildi;
– mahallalarda 1300 dan ortiq ijodiy to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

5. Soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash sohasida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi:
– soha xodimlarining oylik maoshlari 3 baravarga oshirildi;
– “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni ta’sis etildi va shu davrga qadar 632 nafar faollar ushbu nishon bilan taqdirlandi;
– 22 mart “Mahalla xodimlari kuni” sifatida belgilandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 110
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 151
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 123
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 57
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 116
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 62
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 0
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 19
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 9
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 58
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 84
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 89
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 51
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 110
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 243
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 301
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 129
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 151
  • Bo‘limlar