“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 13 2021, 21:20
ЎЗO‘Z

UzAuto Motors kompaniyasi barcha avtomobillar narxini pasaytirish ustida ishlanayotganini ma’lum qildi

03 mar, 11:11 2 138 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
UzAuto Motors kompaniyasi barcha avtomobillar narxini pasaytirish ustida ishlanayotganini ma’lum qildi Foto: UzAuto Motors
UzAuto Motors kompaniyasida ishlab chiqarilayotgan barcha avtomobillar narxini pasaytirish rejalashtirilgan. Bu haqda UzAuto Motors kompaniyasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Daryo».

«Barcha ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning tannarxini pasaytirish ustida ishlanmoqda», – dedi Rustam Rajabov.

«Daryo» muxbirining aynan qaysi turdagi mashinalar va necha foizga narxlar pasaytirilishi haqidagi savoliga UzAuto Motors kompaniyasi bosh direktori «O‘tgan 2020 yilda narxlarni qanchaga paysaytirgan bo‘lsak, bu yil ham undan kam bo‘lmagan miqdorda narxlar pasaytiriladi», — deya javob berdi.

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors 9 mart kuni o‘zi ishlab chiqarayotgan (yig‘ayotgan) yengil avtomobillar narxini model va modifikatsiyaga qarab 3 foizdan 21 foizgacha oshirgan edi. O‘shanda «O‘zavtosanoat» kompaniyasi raisi Shavkat Umurzoqov «Qayerda eski narxlarni saqlab qolish imkoni bor bo‘lgan bo‘lsa biz ularni saqlab qoldik. Kompaniya shunchaki foyda ko‘rishni istaganida narxlar 3—20 foizga emas, balki 40 va undan ko‘proq foizga oshardi», deya yengil avtomobillarning narxi oshganiga munosabat bildirgandi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan UzAutoMotors AJda avtomobillar tannarxi shakllanishi va narx qo‘llanilishi borasida o‘tkazilgan tekshiruv natijasida qonun buzilishi alomatlari aniqlandi. Lekin kompaniya buni tan olmagan. Holat yuzasidan 2020 yilning iyul oyida UzAuto Motors’ga nisbatan ish qo‘zg‘atgandi.

Qo‘mitaning 2020 yil 19 avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida maxsus komissiya tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar kompaniya avtomobil narxlarini asossiz oshirganini tasdiqlagan. Unga ko‘ra, avtomobillar narxi 3 million so‘mdan 19 million so‘mgacha asossiz oshirilgani aniqlangan. Qo‘mita narxlarning asossiz oshirilgan qismlarini bekor qilib, avtomobillarni kamaytirilgan narxlarda sotish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. UzAuto Motors esa bunga «avtomobillar narxi asosli va hozir narxni pasaytirish imkonsiz» deya javob qaytargan edi.

Mazkur o‘rganish natijalari omma uchun e’lon qilingach, UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qoshidagi maxsus komissiya qabul qilgan qaror ustidan sudga shikoyat qilishini bildirgandi va keyinroq kompaniya Toshkent shahar ma’muriy sudiga shikoyat qilgani ma’lum bo‘lgandi.

UzAuto Motors va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘rtasidagi sud jarayoni 2 oktabr kuni boshlangan, 9 oktabrda o‘tkazilgan sud majlisida UzAuto Motors tovarlar narxini shakllantirish maxfiy hujjatlarga asoslanganini bildirgan va sud 16 oktabrdagi majlisda ishni yopiq tartibda ko‘rishni boshlagandi.

23 oktabrda bo‘lib o‘tgan sud majlisida UzAuto Motors chetdan olib kelingan butlovchi ehtiyot qismlarning narxi oshishi, xorijiy valyuta kursi oshishi tannarxlarning shakllantirishida ta’sir qilishini ta’kidlab, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bu holatni hisobga olmaganini bildirgan. Bunga javoban qo‘mita vakillari tekshirish davomida bir necha marotaba hujjatlar taqdim etish so‘ralganida kompaniya tomonidan tegishli hujjatlar o‘z vaqtida taqdim etilmagani, tekshirish muddati yakunlanishiga kam vaqt qolgani sababli umumiy hisob-kitoblar tanlov asosida o‘rganib chiqilganini ma’lum qilgan.

Toshkent shahar ma’muriy sudining 2020 yil 30 oktabrdagi hal qiluv qaroriga asosan arizachi UzAuto Motors’ning javobgar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga nisbatan ish bo‘yicha 2020 yil 19 avgustdagi qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi shikoyat arizasi qanoatlantirildi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 18 noyabr kuni UzAuto Motors ishi bo‘yicha Toshkent shahar ma’muriy sudi qarori ustidan appelyatsiya shikoyatini kiritgandi. Ammo shikoyat qanoatlantirilmagan.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi UzAutoMotors’ning avtomashinalar narxini oshirganini keskin qoralab chiqqan. Shavkat Mirziyoyev ham avtomobillar narxi oshirilganini tanqid qilib, avvalo xalqning sotib oluvchanlik qobiliyatini mustahkamlash kerakligini ta’kidlagandi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • «UzAuto Motors» puli to‘langan zahoti olib ketish mumkin bo‘lgan avtomobillar ro‘yxatini e’lon qildi 09 sen, 21:46
  • UzAuto Motors avtomobillar narxini pasaytirish imkonsiz ekanligini ma’lum qildi 20 avg, 23:39
  • «UzAuto Motors» rasman avtomobil narxlarini oshirdi (yangi narxlar) 09 mar, 11:43
  • «UzAuto Motors» yangi avtomobillar narxini e’lon qildi 27 dek, 10:16
  • UzAuto Motors kelgusi yildan har oyda yangi avtomobil modelini taqdim etishi mumkin 27 okt, 00:23
  • UzAuto Motors zavodlarida eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil qaysi? 05 iyul, 10:35
  • So'nggi yangiliklar
  • “The-afc.com”: “Nasaf” - “Oloy” bahsi uchun prevyu 13 мая, 20:43 0
  • OFK Kubogi. Ro‘ziqul Berdiyev "Oloy"ga qarshi bahs oldidan nimalar dedi? 13 мая, 20:00 2
  • Xiaomi smartfonlari insonlar hayotini saqlab qolmoqda: ular 35 ta zilzila haqida ogohlantirgan 13 мая, 19:19 148
  • Pashinyan Ozarbayjonni Armanistonning suveren hududiga tajovuz qilishda aybladi 13 мая, 18:35 233
  • Janubiy Koreyada sevishganlar bir-biriga Tesla va boshqa kompaniyalar aksiyalarini sovg‘a qilishmoqda 13 мая, 18:00 230
  • O‘zbekistonda 14 may kuni harorat 38 darajagacha issiq bo‘ladi 13 мая, 17:27 327
  • Isroil shaharlarida yahudiylar va arablar o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi (video) 13 мая, 16:50 765
  • Telegram orqali o‘zganing plastik kartasidan 2,5 mln so‘m yechib olgan 10-sinf o‘quvchisi ushlandi 13 мая, 16:06 395
  • Ibrohim Halil Yo‘ldoshev: Yevropaga ketmoqchi ekanligi, orzulari va Xyuistraning Arveladzedan farqi haqida 13 мая, 15:30 574
  • Taksi haydovchisiga tosh bilan hujum qilib, yonidagi 4800 dollarni olib qochgan shaxs qo‘lga olindi 13 мая, 14:50 251
  • Surxondaryoda 500 gramm giyohvand moddani organizmida olib kirishga uringan shaxs qo‘lga olindi 13 мая, 14:13 396
  • Xorazmda 10-sinf o‘quvchisi dahshatli YTHga sababchi bo‘ldi 13 мая, 13:36 951
  • Bo‘limlar