“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 15:11
ЎЗO‘Z

«To‘rt yilda oliy ta’lim tizimi ham ‘reanimatsiya’ bo‘ldi» – oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

03 mar, 08:00 2 079 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«To‘rt yilda oliy ta’lim tizimi ham ‘reanimatsiya’ bo‘ldi» – oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 2 mart kuni o‘tkazilgan «Hukumat soati»da Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov tizimda amalga oshirilayotgan ishlar va muammolar to‘g‘risida so‘z yuritdi, deya xabar bermoqda «Daryo» nashri.

«Bugun oliy ta’lim tizimidagi ta’lim sifati, laboratoriyalar, o‘quv binolari kabi ko‘plab masalalar atrofida har qancha fikrlashish mumkin. Lekin ular ichida eng dolzarbi va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgani bu – talabalarning nafaqat o‘qishi, balki ularning yashashi, turar joyi hamdir. Men nima uchun bu gapni aytyapman?

Kuni kecha Yunusobodda besh nafar talabani hamda qurilishda yuridik universiteti talabasining nobud bo‘lgani hammamizning yuragimizga qayg‘u soldi. Bunga kimdir beparvo bo‘ldi, kimdir qaramadi, barchamizga yomon ta’sir qildi. Bugungi mavzu ham aynan shu masalaga qaratilgani uchun men hech narsani xaspo‘shlab, taraf olish niyatida emasman, haqiqiy holatni sizlar bilan fikrlashib olishdan manfaatdorman
», — dedi Toshqulov tadbir avvalida.

Uning ta’kidlashicha, 2020 yilda OTMlarga qabul kvotasi 58 ming nafardan 148 ming nafarga oshgan.

«O‘zbekistonda barcha sohalar qatori ta’lim, xususan, oliy ta’lim ham qaysidir ma’noda ‘reanimatsiya’ bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. To‘rt yilda 55 ta OTM qo‘shildi, ya’ni ular soni 77 tadan 132 taga yetdi. Qabul kvotasi 58 ming 12 nafardan 2020 yilda 148 ming 114 nafarga, ya’ni 2,6 barobarga oshdi. Talabalar kontingenti 279 ming nafardan 640 ming nafarga yetdi, bu 2,3 barobarga to‘g‘ri keladi. Qamrov darajasi 9 foizdan 25 foizga, ya’ni qariyb 3 barobar oshdi. Bu juda katta ko‘rsatkich, bu xalqimiz farzandlari uchun katta imkoniyat», — dedi vazir.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 1
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 90
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 47
  • So'nggi yangiliklar
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 0
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 0
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 0
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 1
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 1
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 21
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 64
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 216
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Bo‘limlar