“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2021, 09:48
ЎЗO‘Z

General Motors kompaniyasi oyoqlarni siqilgan havo yordamida massaj qiluvchi tizimni patentladi

01 mar, 20:25 892 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
General Motors kompaniyasi oyoqlarni siqilgan havo yordamida massaj qiluvchi tizimni patentladi Foto: USPTO
AQSH Tovar belgilari va patentlar idorasi (USPTO) avtomobildagi yo‘lovchilar oyog‘ini massaj qilishga mo‘ljallangan pnevmatik tizim uchun patent arizasini topshirdi, deb xabar beradi Motor.

Hozirgi kunda o‘rindiqlarga o‘rnatilgan massaj funksiyasini premium sinfiga kiruvchi ko‘plab avtomobillarda uchratish mumkin, biroq General Motors konserni muhandislari izlanishlarni davom ettirib, yo‘lovchilar oyog‘ini massaj qiladigan tizimni o‘ylab topdi. Patent arizasida murakkab pnevmatik konstruksiyaga izoh berilgan bo‘lib, u oyoqni avtomobil polidagi rivojlangan havo aylantiruvchi tizim va ularga qotirilgan siqilgan havoga ega ballonlar yordamida massaj qiladi. Massaj barcha yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, haydovchi undan foydalana olmaydi.

Albatta, tovonlarni massaj qiluvchi pnevmatik tizimdan foydalanish uchun yo‘lovchi oyoq kiyimini yechishi kerak. Shu bilan birga, patentda oyoqqa kelib uriladigan havoning isitilishi haqida hech narsa deyilmagan, shu sababli tizimning foydasi hozircha shubha ostida qolmoqda.

Konstruksiyaning murakkabligini oqilona deb atab bo‘lmaydi — mexanik tizimdan foydalanish optimal va ishonchli bo‘lgan bo‘lar edi. Umuman olganda, pnevmatik massajning seriyali ishlab chiqarishdagi istiqbollari haqida hech qanday ma’lumotlar mavjud emas.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • General Motors uchar Cadillac’ni taqdim qildi (video) 14 yanv, 07:10
  • AQSHda uchuvchisiz boshqariladigan televizorga o‘xshash g‘ayrioddiy mashina patentlandi 24 apr, 12:13
  • Artel va General Motors hamkorlik haqida shartnoma imzoladi 10 apr, 09:51
  • Rus muhandislari quyoshdan energiya yig‘uvchi cherepisaga patent oldi 25 okt, 01:03
  • Apple “aqlli” uzukka patent oldi 02 okt, 12:16
  • Google elektr asboblarni boshqaruvchi o‘yinchoqqa patent olmoqchi 24 мая, 18:32
  • So'nggi yangiliklar
  • Jizzaxda qoidani buzgan haydovchini so‘kkan YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi 18 apr, 09:16 0
  • Afg‘on yo‘lagi Markaziy Osiyo taraqqiyotiga qanday hissa qo‘shadi? 18 apr, 08:38 2
  • «Bino cho‘kkanini ta’mir paytida bilib qolishgan» — qurilish vaziri «Navro‘z» to‘yxonasi haqida 18 apr, 08:00 4
  • Surxondaryoda 46 yoshli erkak daraxtdan dovuchcha olayotgan voyaga yetmagan bolani pichoqlab qo‘ydi 18 apr, 07:00 97
  • "Barselona" yirik hisobda g‘alaba qozonib, Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritdi! 18 apr, 05:15 439
  • "Traktor" - "Sharja" uchrashuvida "Paxtakor" uchun qulay hisob qayd etildi 18 apr, 01:42 901
  • Legionerimiz muhim golga assistentlik qildi (video) 18 apr, 01:39 729
  • Markaziy Osiyo derbisida imkoniyatlar qanday? Yoxud terma jamoa ustozining Saudiyadagi rejalari haqida 18 apr, 00:23 683
  • Boks. Jahon chempionatida bugun mag‘lubiyat bo‘ldimi? 18 apr, 00:00 1 046
  • Rossiya FXX Belarusda davlat to‘ntarishining oldi olinganini ma’lum qildi 17 apr, 23:55 867
  • Rossiya Ukrainaga bostirib kiradimi? 17 apr, 23:23 1 224
  • OCHL. "Paxtakor" ikkinchi o‘yinda ham ochko yo‘qotdi 17 apr, 22:46 728
  • Bo‘limlar