“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2021, 10:08
ЎЗO‘Z

MIB: Mas’uliyatsiz otalarga chora ko‘rildi

01 mar, 19:23 575 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
MIB: Mas’uliyatsiz otalarga chora ko‘rildi Majburiy ijro byurosi Namangan shahar bo‘limi tomonidan aliment mablag‘larni o‘z vaqtida to‘lamayotgan mas’uliyatsiz otalarga chora ko‘rildi.
Aniqlanishicha, davlat ijrochilari tomonidan bir necha bor ogohlantirishga qaramay farzandlari moddiy ta’minotini to‘lamay kelayotgan 13 nafar fuqaro bo‘yicha to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudiga yuborildi. Bugun bo‘lib o‘tgan sud jarayonida ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.

Fuqaro B. K. turmush o‘rtog‘i bilan oilaviy kelishmovchilik sabab ajrashgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining qaroriga ko‘ra ikki nafar farzandi uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati Byuroning Namangan shahar bo‘limi ish yurituviga olingan va davlat ijrochisi tomonidan bir necha bor ogohlantirilgan.

Lekin ota mas’uliyatga panja orasidan qarab ogohlantirishga qaramay 37 oy mobaynida aliment to‘lamay keladi. Qarzdorlik esa salkam 7 mln. so‘mga borib yetdi. Bo‘lib o‘tgan sud davomida unga nisbatan ma’muriy javobgarlik masalasi atrofilicha ko‘rib chiqildi va 10 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

Yana bir fuqaro M. Z uzoq vaqtdan beri farzandlarini moddiy ta’minotini unutgan otalardan biri ekan. Bo‘lmasa u bir nafar farzandi uchun oyma-oy aliment mablag‘ni to‘lab kelar edi. Unga nisbatan ham sudning qarori e’lon qilindi va 10 sutka ma’muriy qamoq belgilandi.
Byuroning Namangan shahar bo‘limi va jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi hamkorligida bu boradagi sudlar davom etmoqda.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi




 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • 30 mln. so‘mlik aliment sabab qarzdor otaga chora ko‘rildi 24 fev, 21:50
  • 36 oy to‘lanmagan aliment qarzdorligi 14,7 mln. so‘mga yetdi 13 fev, 17:13
  • Aliment to‘lamagan yakkabog‘lik otalarga chora ko‘rildi 02 fev, 16:43
  • Oila tinch - olam tinch 20 okt, 20:08
  • Sayyor sudda qarzdorlar otalarga ham choralar ko‘rildi 27 fev, 11:40
  • 50 mln. soʻmdan ortiq aliment pullarini toʻlamagan otaga chora koʻrildi 19 sen, 12:02
  • So'nggi yangiliklar
  • Bizga shunday legioner kerak! Muxlislar o‘zbek futbolchisini o‘rnidan turib olqishladi 19 apr, 09:38 81
  • Vazir qonunlar hammaga birdek qo‘llanishi kerakligi haqida gapirdi 19 apr, 09:00 213
  • O‘zbekistonda karantin qoidalari kuchaytirildi 19 apr, 08:20 558
  • 732 million so‘mlik qing‘ir reja amalga oshmadi 19 apr, 07:43 343
  • Tonggi soat sakkizgacha nimalar qilishga ulgurish kerak? 19 apr, 07:00 414
  • Mirjalol Qosimov: Xatolarimiz evaziga g‘alabani raqibga topshirib qo‘ydik 19 apr, 05:01 681
  • Avtogol, dubl, mag‘lubiyat. AGMK qanday qilib Tojikiston klubiga mag‘lub bo‘ldi? (video) 19 apr, 04:51 322
  • Rossiya va Belarus davlat to‘ntarishining oldi olingani haqida xabar berdi 19 apr, 00:30 1 011
  • Misrda relsdan chiqib ketgan poyezd fojiaga sabab bo‘ldi (video) 19 apr, 00:01 817
  • Imtihonda muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish kerak? 19 apr, 00:01 589
  • “Tramadol”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi 18 apr, 23:36 786
  • Parfyumeriya mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi 18 apr, 23:13 815
  • Bo‘limlar