“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 06:13
ЎЗO‘Z

“Jenoa” mag‘lubiyatida eng past baho olgan Shomurodov aybdormi?

01 mar, 17:00 3 474 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Jenoa” mag‘lubiyatida eng past baho olgan Shomurodov aybdormi? A Seriyaning eng e’tiborga molik uchrashuvlaridan biri Milan shahridagi “Juzeppe Meatssa” stadionida bo‘ldi. Mag‘lubiyatsiz seriyasini yettitadan o‘yinga yetkazgan “Inter” va “Jenoa” bahsi Eldor Shomurodov jamoasi uchun haqiqiy sinov bo‘ldi.

Aslida ushbu bahs oldidan aksariyat muxlisu mutaxassislar “Inter”ning g‘alabasiga ishonch bildirdi. Biroq, “Jenoa”ni qabul qilib olganidan keyin, jamoa o‘yinini ijobiy tomonga o‘zgartirib yuborgan Dvide Ballardini A Seriya peshqadamiga qanday qarshilik ko‘rsatishi ko‘pchilikni qiziqtirayotgan edi.

To‘g‘risi, tajribali mutaxassis milanliklarga qarshi uchrashuv uchun boshlang‘ich tarkibni tanlashda ko‘pchilikni ajablantirdi. Ta’kidlash joizki, “Jenoa”ning eng kuchli chizig‘i bu hujum va darvozabon. Biroq, qudratli raqibga qarshi bahs oldidan Davide Ballardini hujumchilar orasida eng past ko‘rsatkich qayd etayotgan va o‘yini pasayib ketgan Janluka Skamakkadan foydalanishga qaror qildi. Uning yonida Marko Pyatsa harakat qildi. Bosh murabbiy yetakchi hujumchilar – Eldor Shomurodov, Goran Pandev va Mattia Destroni zaxirada qoldirdi.

Balki, Ballardini hech kim kutmagan taktika tanlamoqchi bo‘lgandir. Lekin shu kuni uning ustamonligi “Inter”ga qarshi ish bermadi.

Umuman olganda, “Inter” genuyaliklar uchun noqulay raqib hisoblanadi. Bu galni o‘yinni qo‘shib hisoblaganda, tomonlar o‘zaro 145 marta to‘qnash kelgan. Shulardan 71 tasida milanliklarning qo‘li baland kelgan, 40 ta uchrashuvda genuyaliklar g‘alabani tantana qilgan, qolgan 34 ta bahsda kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati ham Antonio Konte shogirdlari foydasiga - 252:183.

“Jenoa” so‘nggi bor “Inter”ni 2018 yilning 17 fevralida 2:0 hisobida taslim qilgan endi. O‘shandan beri milanliklar raqibni olti marta tiz cho‘kdirdi. “Jenoa” shu uchrashuvlarda birorta gol ura olmadi.

Bu galgi o‘yinda ham “Inter” juda katta ustunlikka ega bo‘ldi va yirik hisobda zafar quchdi. Marko Pyatssa va Janluka Skamakka tandemi mezbon himoyachilarga bas kela olmadi. 62-daqiqada maydonga Goran Pandev va Eldor Shomurodov tushirildi. Lekin bu umumiy holatni o‘zgartirmadi. Ikki hujumchi o‘yinga kirishib ketgunicha, “Inter” bahs taqdirini o‘z foydasiga hal qilib bo‘ldi.

“Jenoa” futbolchilar Pandevni ham, Shomurodovni ham hujumga olib chiqolmadi. Shomurodovga yarim soat mobaynida atigi yetti marta to‘p keldi. Shu o‘rinda, qiziq statistika. Futbolchilarning o‘yinini tahlil qilib, baholab borishga ixtisoslashgan whoscored.com sayti jamoadoshlariga aniq to‘p uzatish bo‘yicha Eldor Shomurodov va Goran Pandev 100 foizlik natija ko‘rsatganini qayd etgan. Shunga qaramay, ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida maydonga tushgan shu ikki futbolchi sayt mutaxassislari tomonidan eng past – 5,7 ball bilan baholandi.

“Jenoa” futbolchilari orasida eng yuqori ballni uchta gol o‘tkazganiga qaramay, to‘qqizta zarbani bartaraf etgan Mattia Perin oldi. Darvozabon mahorati 7,6 ga baholandi. Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgan Romelu Lukaku 9,2 ballga loyiq ko‘rildi. Aksariyat nashrlar bu hujumchini 24-turning eng yaxshi futbolchisi, deb topdi.

Shu tariqa, “Jenoa”ning mag‘lubiyatsiz seriyasi sakkizinchi uchrashuvda barham topdi. Jamoa ayni paytda 26 ochko bilan 13-pog‘onaga tushib qoldi. O‘z maydonidagi uchrashuvlar zafar quchgan “Bolonya” va “Udineze” genuyaliklardan ikki ochkoga o‘zib ketdi.

Keyingi turda “Jenoa”ni yanada muhim bahs kutib turibdi. Shomurodov jamoasi Genuya derbisida “Sampdoriya”ni qabul qiladi.

Shu o‘rinda, biz tarkib tanlashda adashgan, deb tanqid qilayotgan Davide Ballardini mag‘lubiyat ehtimoli katta bo‘lgan o‘yinda asosiy hujumchilarni maydonga tushirmay, ularni azaliy raqibga qarshi muhim va ahamiyati yuqori bo‘lgan derbiga saqlashni ma’qul ko‘rgandir, degan taxmin xayolga keldi.

3 martga belgilangan “Jenoa” – “Sampdoriya” bahsi Toshkent vaqti bilan tungi 00:45 da boshlanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 187
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 90
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 397
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 176
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 61
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 290
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 0
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 187
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 90
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 39
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 159
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 161
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 223
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 91
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 265
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 320
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 397
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 176
  • Bo‘limlar