“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2021, 19:06
ЎЗO‘Z

«O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi

01 mar, 16:30 3 162 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi Bugun, bahor faslining birinchi kuni O‘zbekiston hududida kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 13-18 daraja iliq bo‘ladi, bu me’yordan 2-4 darajaga yuqoridir.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, ertaga respublikada kun davomida havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Buning hisobiga havo harorati kunduz kunlari biroz pasayadi va 10-15 daraja iliqni tashkil etadi, ammo yog‘ingarchilik kutilmaydi.

3 martda respublika hududlariga Eron hududlaridan nam havo massalari kirib keladi, aksariyat viloyatlarda biroz yomg‘ir yog‘adi, faqat Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Shimoliy hududlarga Kavkaz hududlaridan sovuq havo massalari kirib keladi va Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida kechasi va ertalab biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kuzatiladi.

4-5 martda O‘zbekiston hududiga yana nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi, buning natijasida barcha hududlarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘li hududlarda 4 martdan 5 martga o‘tar kechasi ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. 5 martda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Havo harorati 3-5 martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduz kuni 10-15 daraja iliq atrofida bo‘ladi, 5 martda 8-11 daraja iliqqacha pasayadi.

1-5 martda O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi 07 dek, 16:22
  • Sovuq ob-havo ortga chekina boshlaydi, hafta oxirida esa... 23 noya, 22:53
  • Oʻzbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi? 02 apr, 09:58
  • O‘zbekistonga salqin havo massalari kirib keladi 11 fev, 18:44
  • O‘zbekiston hududiga iliq havo massasi kirib keladi 15 yanv, 16:39
  • O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi? 25 dek, 10:12
  • So'nggi yangiliklar
  • Namanganda «ofitsiant»ga shilqimlik qilgan bezorilar ushlandi 16 apr, 18:53 0
  • AGMK bilan durangdan so‘ng "Al Hilol" murabbiyi nimalar dedi? 16 apr, 18:30 0
  • «U paytlar qo‘limiz kalta edi» — Shavkat Mirziyoyev 16 apr, 18:03 0
  • Rossiya 332 ming O‘zbekiston fuqarosini olib chiqib ketishni so‘radi 16 apr, 17:35 18
  • Gruziyada qurollangan shaxs bankka bostirib kirib, odamlarni garovga oldi 16 apr, 17:07 109
  • O‘zbekistonga kelasi haftada sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda 16 apr, 16:30 530
  • Yo‘llarda reyd tadbirlari davomida 3 mlrd. so‘mlik jarimlar undirildi 16 apr, 16:09 237
  • Qaysi viloyatga borsam, og‘ir yuk bilan qaytaman – Shavkat Mirziyoyev 16 apr, 15:43 445
  • Prezident O‘zbekistonda Mahallabay ishlash markazi tashkil etilishini ma’lum qildi 16 apr, 15:18 341
  • Prezident: «Samarqand qachon shiddat bilan rivojlanadi, degan savol meni ko‘p qiynaydi» 16 apr, 14:50 362
  • «Seriallar orqali ayollarga nisbatan qanday zug‘um qilishni o‘rgatib qo‘yyapmiz» – AOKA 16 apr, 14:21 474
  • O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov 58 yoshida vafot etdi 16 apr, 13:56 1 321
  • Bo‘limlar