“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2021, 20:10
ЎЗO‘Z

OFK Kubogi «F» guruhi: OKMK yoki «Nasaf» guruh o‘yinlarini Dushanbeda o‘tkazadi

01 mar, 15:56 1 122 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
OFK Kubogi «F» guruhi: OKMK yoki «Nasaf» guruh o‘yinlarini Dushanbeda o‘tkazadi Osiyo futbol konfederatsiyasi OFK Kubogi 2021 yilgi mavsum guruh bosqichi «F» guruhi o‘yinlari markazlashgan holda Tojikistonda o‘tkazilishini e’lon qildi. Bu haqda TFF rasmiy sayti xabar bermoqda.

«F» guruhida O‘zbekiston klubi ham joy olgani sababli o‘yinlarga mezbonlik qilish uchun mamlakatimiz ham da’vogarlik qilgandi. Yakunda OKMK yoki «Nasaf» ishtirokidagi bahslar Tojikiston poytaxti Dushanbeda o‘tkaziladigan bo‘ldi. Rasmiy mezbon guruhdagi Tojikiston vakili «Xo‘jand» klubi sanaladi. Shuningdek, guruhdan «Oltin asr» (Turkmaniston) va «Oloy» (Qirg‘iziston) klublari ham joy olgan.

Guruh bosqich o‘yinlari markazlashgan tizimda 14-20 may kunlari Dushanbedagi «Markaziy» o‘yingohda o‘tkaziladi. Guruh g‘oliblari o‘rtasidagi pley-off bahslari esa 11-25 avgust kuni o‘tkaziladi. Bu o‘yinlar mezboni hali aniq emas.

Qayd etish joiz, OKMK Qatarning «Al-G‘arafa» klubiga qarshi OCHL saralash bosqichi pley-off bahsida g‘alaba qozonsa, OCHL «A» guruhidan joy oladi. «Nasaf» esa OFK Kubogida ishtirok etadi. Aks holda Olmaliq klubi OFK Kubogi «F» guruhida qatnashib, o‘yinlarini Dushanbeda o‘tkazadi.

OFK kubogi. «F» guruhi.
Mezbon shahar – Dushanbe, Tojikiston
«Xo‘jand» (Tojikiston)
OKMK yoki «Nasaf» (O‘zbekiston)
«Oltin asr» (Turkmaniston)
«Oloy» (Qirg‘iziston)

1-tur
14 may (juma)
OKMK/«Nasaf» (O‘zbekiston) – «Oloy» (Qirg‘iziston)
«Oltin asr» (Turkmaniston) – «Xo‘jand» (Tojikiston)

2-tur
17 may (dushanba)
«Oloy» (Qirg‘iziston) – «Oltin asr» (Turkmaniston)
«Xo‘jand» (Tojikiston) – OKMK/«Nasaf» (O‘zbekiston)

3-tur
20 may (payshanba)
OKMK/ «Nasaf» (O‘zbekiston) – «Oltin asr» (Turkmaniston)
«Xo‘jand» (Tojikiston) – «Oloy» (Qirg‘iziston).



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi bahslari qachon start olishi ma’lum qilindi 26 iyul, 20:50
  • Futbol: Yevropa Chempionlar ligasi taqvimi e’lon qilindi 04 iyul, 23:00
  • 2020 yilda O‘zbekistondagi barcha futbol uchrashuvlari taqvimi e’lon qilindi 05 fev, 21:12
  • OChL-2020. "Paxtakor" guruh bosqichini Toshkentda BAA klubiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi 09 dek, 20:43
  • OChL. “Lokomotiv”ning guruhdagi raqiblari ma’lum bo‘ldi 06 dek, 17:37
  • O‘smirlar (U-16) va yoshlar (U-19) o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladigan mamlakatlar nomi ma’lum bo‘ldi 26 iyul, 14:35
  • So'nggi yangiliklar
  • «Qora niyat» seriali aktyori O‘nur Tuna va aktrisa Elif Dog‘an uchrasha boshladi 16 apr, 19:43 55
  • Kalta paypoqli o‘quvchilar qaysi maktabda tekshirilgani ayon bo‘ldi 16 apr, 19:20 197
  • Namanganda «ofitsiant»ga shilqimlik qilgan bezorilar ushlandi 16 apr, 18:53 174
  • AGMK bilan durangdan so‘ng "Al Hilol" murabbiyi nimalar dedi? 16 apr, 18:30 341
  • «U paytlar qo‘limiz kalta edi» — Shavkat Mirziyoyev 16 apr, 18:03 253
  • Rossiya 332 ming O‘zbekiston fuqarosini olib chiqib ketishni so‘radi 16 apr, 17:35 974
  • Gruziyada qurollangan shaxs bankka bostirib kirib, odamlarni garovga oldi 16 apr, 17:07 371
  • O‘zbekistonga kelasi haftada sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda 16 apr, 16:30 985
  • Yo‘llarda reyd tadbirlari davomida 3 mlrd. so‘mlik jarimlar undirildi 16 apr, 16:09 426
  • Qaysi viloyatga borsam, og‘ir yuk bilan qaytaman – Shavkat Mirziyoyev 16 apr, 15:43 653
  • Prezident O‘zbekistonda Mahallabay ishlash markazi tashkil etilishini ma’lum qildi 16 apr, 15:18 476
  • Prezident: «Samarqand qachon shiddat bilan rivojlanadi, degan savol meni ko‘p qiynaydi» 16 apr, 14:50 481
  • Bo‘limlar