“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 13 2021, 09:17
ЎЗO‘Z

Iroqda aql bovar qilmas mudhish jinoyat avj olmoqda. Asosiy sabablar ma’lum...

01 mar, 14:14 3 439 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Iroqda aql bovar qilmas mudhish jinoyat avj olmoqda. Asosiy sabablar ma’lum... Foto:«AP»
Oilaviy an’analar yuksak qadrlangan va bolaparvarligi bilan tilga tushgan Iroqda so‘nggi paytlarda favqulodda holat kuzatilmoqda: ota-onalar tomonidan o‘z farzandini o‘ldirish jinoyati ko‘payib bormoqda. Bu haqda «Al Arabi Al Jadeed» nashri xabar beradi.

Iroq sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, birgina 2020 yilda mamlakatning turli shaharlarida 23 nafar voyaga yetmagan bola o‘z ota-onasi tomonidan o‘ldirilgan. Qurbonlar orasida yangi tug‘ilgan chaqaloqlardan tortib 13 yoshga qadar bo‘lgan o‘smirlar bor. Ayni choqda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik ham avj olmoqda.

Mamlakat sudlarida 2019 yil davomida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik bo‘yicha 1606 ta jinoiy ish ko‘rilgan. Bu rasmiy raqamlar, asl voqelik bundan-da dahshatliroq ekani taxmin qilinmoqda. Negaki, qishloq joylarda bunday jinoyatlar deyarli rasmiy ro‘yxatlarga olinmaydi. Nikohsiz dunyoga kelgan chaqaloqlarning masjidlar yoniga yashirincha tashlab ketilishi esa alohida tadqiqotga mavzu bo‘la oladi.

Bir necha oy avval Bag‘dod markazida yashovchi ayol ikki farzandini Tigr daryosiga cho‘ktirgani fosh bo‘lgach, jamoatchilik tangu tong holatga tushdi. Ushbu mudhish jinoyat to‘lqini hali tinmay turib 5 yanvar kuni poytaxt sharqida ota 3 yoshli o‘g‘lini bo‘g‘izlagani haqida xabar tarqaldi. Bir necha kun avval esa ota 6 yoshli qizini balkondan uloqtirgani ma’lum bo‘ldi.

Basra shahri politsiyasi xodimi o‘z pushtikamaridan bo‘lgan qizini o‘lasi qilib kaltaklagani ham jiddiy xavotirlar uyg‘otdi. Karbalodagi fojia ham jamoatchilikni dahshatga soldi: ota 6 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan 4 farzandini tiriklay yoqib yuborgan. Kurdiston muzofotida yashovchi ayol 4 oylik qizini o‘ldirib ko‘chaga tashlab ketgani-da mamlakatda duv-duv gap bo‘ldi.

Iroqlik olima Asmo Abdul Jabborga ko‘ra, avval juda kam kuzatilgan bunday jinoyatlarga avvalo jamiyat a’zolari orasidagi ruhiy beqarorlik doyalik qilmoqda. Shuningdek, ijtimoiy tenglikning avj olishi, ishsizlik hamda qashshoqlikning kuchayishi aql bovar qilmas jinoyatlarning ko‘payishiga olib kelmoqda.

Psixologiya professori Adnan Mahmud esa bolalarning qatl etish bilan bog‘liq holatlar avj olishiga urushni asosiy aybdor deb biladi.

«So‘nggi o‘nyilliklar davomida Iroq jamiyati muttasil urush holatida yashamoqda. Bu esa aholining asosiy qismini tashkil etuvchi qashshoqlar hayotiga misli ko‘rilmagan darajada salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. To‘xtovsiz davom etayotgan urushlar ajrashishlar, o‘z joniga qasd qilishlar, umidsizlik, tushkunlik va qashshoqlikka olib kelmoqda. Bundan tashqari, ota-onalar tomonidan o‘z farzandlarini o‘ldirish yoki ularga kuch ishlatish holatlari avj olmoqda», – deydi professor A.Mahmud.

Qashshoqlik va yo‘qchilik ayrim ota-onalarni ruhiy muvozanatdan chiqarib o‘z pushtikamaridan bo‘lgan zurriyoti joniga qasd qilishga yetaklayotir.

Iroqlik sotsiolog Zaynab Notiq esa koronavirus pandemiyasi ham oilalarda osoyishtalik va ma’naviy muvozanatni izdan chiqarganiga e’tibor qaratadi.

Olima Asmo Abdul Jabborning ta’kidlashicha, bolalar joniga qasd qilish hamda oilaviy zo‘ravonliklarning oldini olish borasida asosiy mas’uliyat hukumat zimmasiga tushadi. Buning uchun bu turdagi barcha jinoyatlar uchun jazo muqarrarligi ta’minlanishi, shuningdek, zudlik bilan oilaviy zo‘ravonliklarga qarshi qonun qabul qilinishi lozim. Eng asosiysi, mamlakatda barqarorlik o‘rnatilib, iqtisodiyotni tiklash va ish o‘rinlari yaratish, ijtimoiy adolatni tiklash choralari ko‘rilmog‘i darkor.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH vizasi bo‘yicha yangi taqiq! U o‘zbekistonlik boy oilalarga ham taalluqli 25 yanv, 20:48
  • AQSh Iroqda zo'ravonlikni to'xtatishga va saylovlar o'tkazishga chaqirmoqda 12 noya, 08:30
  • Xorijda bolalarga tarsaki tushirishni taqiqlash boshlandi 04 okt, 14:17
  • Iroqda joylashgan turmadagi terrorchilar ommaviy ravishda qatl etildi 16 dek, 16:20
  • Tarbiyachi bog‘cha bolalariga igna sanchgani aniqlandi 29 noya, 11:37
  • Qozog‘istonda bolalarni urish man etilishi mumkin 22 noya, 16:56
  • So'nggi yangiliklar
  • Bolangizni qarg‘amang, onalar! 13 apr, 09:00 0
  • Valijon Rahimov: "Murabbiylarimiz ko‘rsatmasini to‘g‘ri bajarish va kuchli xohish evaziga "Al Hilol"dan ochko olishimiz mumkin" 13 apr, 08:30 0
  • Yevropada yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan yettita joy 13 apr, 08:00 0
  • Dafn etilgan erkakni bir kundan keyin qarindoshlari tirik holda topishdi 13 apr, 07:30 432
  • Xush kelding qalbimga, mohi Ramazon! 13 apr, 00:30 697
  • Ro‘za — qorinni och qoldirib, qalbni to‘ydirishdir 13 apr, 00:10 698
  • Xush kelibsan, Ramazon... 12 apr, 23:39 674
  • Diyetolog ovqat miqdorini kamaytirmasdan ozish usuli haqida gapirdi 12 apr, 23:23 674
  • Toshkentda tarovih namozi munosabati bilan har oqshomda qator avtobuslar yo‘nalishi o‘zgaradi 12 apr, 22:57 288
  • Aliment to‘lamagan mirishkorlik ota 15 sutkaga qamaldi 12 apr, 22:43 639
  • Qidiruvdagi shaxs ushlangach 22.8 mln. so‘m aliment pulini to‘ladi 12 apr, 22:33 567
  • Farzand onasi tarbiyasiga olib berildi 12 apr, 22:24 592
  • Bo‘limlar