“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 15:59
ЎЗO‘Z

AQSH Arktikada Rossiyaga qarshi kurashish uchun sun’iy yo‘ldoshlarni yangilamoqchi

28 fev, 22:00 2 305 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSH Arktikada Rossiyaga qarshi kurashish uchun sun’iy yo‘ldoshlarni yangilamoqchi Foto: Reuters
AQSH va Kanada Arktikada Rossiya va Xitoyning o‘sib borayotgan harbiy ishtirokiga samaraliroq qarshilik ko‘rsatish uchun u yerda sun’iy yo‘ldoshlar va radarlar tizimini yangilashni rejalashtirmoqda, deb yozadi «RBK» The Wall Street Journal’ga tayanib.

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH prezidenti Jo Bayden Kanada bosh vaziri Jastin Tryudodan mudofaa uchun, shu jumladan, Shimoliy Amerika havo-kosmik mudofaa qo‘mondonligi (NORAD) modernizatsiyasi uchun xarajatlarni oshirishni so‘ragan. Yetakchilar bu masalani 23 fevral, seshanba kungi muzokaralar chog‘ida muhokama qilgan.

Nashr eslatishicha, NORAD Sovuq urush davrida sobiq ittifoqni tiyib turish strategiyasining markaziy elementi bo‘lgan. Tizim sun’iy yo‘ldoshlar, yer ustidagi radarlar va Harbiy-havo kuchlari bazalaridan iborat, ular asosan Alyaskada va Kanadaning shimoliy hududlarida joylashgan. Uning vazifasi — AQSH va Kanadani shimoldan bo‘ladigan har qanday hujum haqida ogohlantirish.

Ammo Kanadada NORAD bo‘yicha sobiq siyosiy maslahatchi Maykl Douson ta’kidlashicha, mudofaa tizimi eskirgan. Rossiya va Xitoy armiyasi ixtiyoridagi yangi raketalar tovushdan besh karra ortiqroq tezlikda harakatlana oladi va ancha uzoqroqqa uchadi, dedi u. Bu mavjud aerokosmik mudofaa tizimiga qaqshatqich zarba beradi, deb hisoblaydi Douson.

Bundan tashqari, Shimoliy Muz okeani muzlarining erib, ancha uzoqroq muddatga u yerdan o‘tish mumkin bo‘lib qolishi ham AQSH va Kanadaning zaifligini oshirmoqda.

Tryudo bilan muzokaralardan keyin Bayden ular «ikki davlatning bu turdagi yagona harbiy qo‘mondonligi bo‘lib qolayotgan» NORAD’ni modernizatsiya qilishga kelishib olganini ma’lum qildi.

«Qit’a xavfsizligi, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish va Arktikani boshqarish bilan bog‘liq masalalarni qamrab olish uchun biz kengaytirilgan Amerika—Kanada muzokaralarini boshlaymiz», — deya ta’kidladi AQSH prezidenti.

Vashingtonda avvalgi prezident ma’muriyati davridayoq Rossiyani Arktika mintaqasida tiyib turish zaruriyati haqida bir necha marta aytishgan edi. Yanvar boshida AQSH Harbiy-dengiz kuchlari Arktikada Rossiya qirg‘oqlari yaqinida muntazam patrullik olib borish rejalari haqida ma’lum qilgan edi. Harbiy-dengiz kuchlari vaziri Kennet Breytueyt aytishicha, Vashington Rossiya va Xitoy da’volariga qarshilik ko‘rsatish uchun Arktikada «yanada qattiqroq turib harakat qilishi» kerak.

Fevralda Pentagon Rossiya AQSH va uning Yevropadagi ittifoqdoshlari uchun xavf bo‘lib qolishda davom etayotganini tasdiqladi. AQSHning Yevropadagi qo‘mondonligi rahbari Tod Uolters Moskva va Pekinni «Arktika mintaqasini harbiylashtirish»ga urinishda ayblagan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 0
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 2
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 1
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 1
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 64
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 216
  • So'nggi yangiliklar
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 0
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 0
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 0
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 1
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 1
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 21
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 64
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 216
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Bo‘limlar