“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 15 2021, 16:47
ЎЗO‘Z

Bolaligidan yulduz bo‘lishga ulgurgan Emma Uotson karerasini yakunlamoqda

28 fev, 18:48 1 049 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bolaligidan yulduz bo‘lishga ulgurgan Emma Uotson karerasini yakunlamoqda Foto: Getty Images
«Garri Potter» yulduzi Emma Uotson san’atni tark etib, ko‘proq vaqtini shaxsiy munosabatlarga ajratmoqchi. Bu haqda Woman xabar beradi.

O‘quvchilik yillari maktab spektaklida rol ijro qilib yuradigan Emma ekranda ilk bor 9 yoshida ko‘rinish bergan. Britaniyalik oddiy qiz «Garri Potter»da Germiona Greynjer qahramonini gavdalantirgandan keyin mashhurlikka erishgan. Turli loyihalarda ishtirok etishga taklif qilingan aktrisa ijodi ortidan millionlab dollarlarga ega bo‘la boshlagan.

Foto: Woman
«Garri Potter» haqidagi so‘nggi film bundan 10 yil avval suratga olingan bo‘lib, bosh qahramonlar ichida aynan Emma karera borasida omadi chopgan va boshqa ijrolari bilan ham muxlislar qalbidan joy olgan. Aktrisa turli janrlarda bir-biridan farqli qahramonlar rolini ijro qilishdan cho‘chimagan. Merilin Monro haqidagi biografik filmdan tortib, «Sohibjamol va maxluq» filmida Disney malikasi ijrolari esa bunga yaqqol isbot bo‘la oladi.

Foto: Woman
U so‘nggi marta 2019 yilda «Kichik ayollar» dramasida bosh qahramon rolini o‘ynagan va shundan keyin boshqa loyihalarda ishtirok etmagan. Aktrisaning kinoagenti jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatda muxlislarning Emmani qayta ekranda ko‘rish ehtimoli kam ekanligini ma’lum qilgan.

Foto: Woman
Ma’lum qilinishicha, ko‘proq vaqtini qaylig‘i Leo Robintonga sarflash istagida bo‘lgan 30 yoshli Uotsonning boshqa kinoda suratga tushish niyati yo‘q. Ikki yilga yaqin vaqtdan buyon uchrashib yurgan juftlik munosabatlarini ko‘z-ko‘z qilishni istamaydi. Shahardan uzoqda birga vaqt o‘tkazadigan sevishganlar yaqin orada turmush qurishni rejalashtirmoqda, deyiladi xabarda.

Foto: Woman
Shuningdek, mish-mishlarga qaraganda aktrisa uchun «Kichik ayollar»ning suratga olish jarayoni oson kechmagan. Bu vaqtda uning hayotida qanday voqea yuz bergani aniq emas, ammo suratga olish ishlari yakuniga yetganidan keyin Uotson hamkasblari bilan press-turga chiqishdan bosh tortgan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Garri Potter haqidagi barcha filmlarni takror ko‘rganlarga 1000 dollar va’da qilishmoqda 21 apr, 21:43
  • “Garri Potter” muxlislari Volan-de-Mort haqida film suratga olishdi 08 yanv, 19:01
  • Rupert Grint “Garri Potter”da suratga tushishni istamaganini tan oldi 20 dek, 10:31
  • Garri Potter muallifi “Sharaf kavalerlari” ordeni bilan mukofotlandi 16 dek, 10:32
  • Britaniyalik aktyor Jon Xyort 77 yoshida vafot etdi 28 yanv, 15:34
  • Maykl Jekson shifokori: Maykl 11 yoshli Emma Uotsonga uylanmoqchi bo‘lgan 17 iyul, 10:32
  • So'nggi yangiliklar
  • Shakar iste’moli to‘xtatilsa, bir hafta va bir yil ichida organizmda qanday o‘zgarish bo‘ladi? 15 apr, 16:16 0
  • «Bu biz uchun juda uyatli» — Davlat soliq qo‘mitasi raisi (video) 15 apr, 15:48 74
  • «Afrosiyob» poyezdida unutib qoldirilgan 9 ming dollarga yaqin pul egasiga qaytarildi 15 apr, 15:23 122
  • Xitoylik olimlar «aqlli» oyna yaratdi 15 apr, 14:56 235
  • Maryam Tillayeva bloger Amiran bilan to‘yi haqida: Bu kun haqida butun umr orzu qilgandim 15 apr, 14:30 144
  • Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifini boshladi 15 apr, 14:00 229
  • 14 yoshli qizning «boshini aylantirib» pulga ega chiqqan yigit ushlandi 15 apr, 13:43 520
  • Toshkentda talabga javob bermaydigan ichimliklar sotilayotgani aniqlandi 15 apr, 13:15 382
  • Xorijdan olib kelingan qalbaki dollarlar aniqlandi 15 apr, 12:49 471
  • Metro stansiyasi tablosiga xakerlar nojo‘ya gap yozib qo‘yishdi 15 apr, 12:30 779
  • «Zamin Education» ta’lim platformasi va sinflari ishga tushirildi (foto) 15 apr, 12:09 197
  • Yaponiyada odamni qutqargan mushuk politsiya boshlig‘i etib tayinlandi (video) 15 apr, 11:13 760
  • Bo‘limlar