“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 15 2021, 16:56
ЎЗO‘Z

Xorazmda deputatlar sud raisidan tizimda ochiqlikni kuchaytirishni so‘rashdi

28 fev, 16:00 612 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xorazmda deputatlar sud raisidan tizimda ochiqlikni kuchaytirishni so‘rashdi Yaqinda bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining yigirma to‘rtinchi sessiyasida viloyat sudi raisi Bahodir Polvonovning axboroti eshitildi. Axborot o‘tgan yili viloyat sudlari tomonidan odil sudlovni amalga oshirish borasida qilingan ishlar xususida bo‘lib, deputatlar diqqat bilan tingladi.

Aytildiki, Xorazm viloyatining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan 2020 yil davomida jami 1323 nafar shaxsga nisbatan 1091 ta jinoyat ishi va 2255 ta sanksiya hamda materiallar ko‘rib tamomlangan. Instansiyalarda 29 nafar shaxsga nisbatan 15 ta jinoyat ishi bo‘yicha oqlov hukmlari chiqarilgan.

Shuningdek, 2020 yilda fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudlarida jami 10139 ta fuqarolik ishi ko‘rib tamomlangan. Shundan, 6838 ta yoki 67,4 foizi bo‘yicha da’vo qanoatlantirilgan. Tumanlararo sudlarda 5674 ta sud buyrug‘i chiqarilgan bo‘lib, unda asosan undiruvchilar foydasiga 14,2 mlrd so‘m, davlat foydasiga 2 mlrd. so‘m davlat boji undirilishi belgilangan.

2020 yilda iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlar tomonidan esa, jami 6 175 ta iqtisodiy nizolar ko‘rib chiqilgan. Shundan 5110 tasi qanoatlantirilgan, 824 tasi bo‘yicha da’vo rad qilingan va 57 tasi bo‘yicha ish yuritish tugatilgan. Jami sud ishlarining 1913 tasi, ya’ni 30,foizi sayyor sud majlislarida ko‘rilishi ta’minlangan.

Hisobotdan so‘ng xalq vakillari viloyat sudi raisini savollarga tutishdi. Rais hammasiga batafasid javob berishga harakat qildi. Berilgan savollarda sudlarning jamoatchilik bilan aloqalarini kuchaytirish va sud faoliyatining ochiqligini ta’minlash masalalari ustuvor bo‘ldiki, B. Polvonov bu borada muammo bo‘lmasligini aytdi. Zero, bugunning asosiy tabi shu-da.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritildi 09 fev, 19:00
  • Xalq ta’limi bo‘limining 35 nafar xodimlarini ish haqlari undirildi 13 okt, 18:13
  • Sudya tomonidan xalq deputatlari kengashiga axborot taqdim etildi 18 avg, 20:17
  • Fuqarolik sudlarida qanday toifa ishlar vaqtincha ko‘rilmaydi? 17 мая, 22:15
  • Bosh prokuror sayyor qabulidan so‘ng 38 ta sud qaroriga protest kiritildi 15 iyun, 13:00
  • Oliy sud: Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 262 nafar shaxs oqlandi 11 apr, 13:57
  • So'nggi yangiliklar
  • Shakar iste’moli to‘xtatilsa, bir hafta va bir yil ichida organizmda qanday o‘zgarish bo‘ladi? 15 apr, 16:16 0
  • «Bu biz uchun juda uyatli» — Davlat soliq qo‘mitasi raisi (video) 15 apr, 15:48 74
  • «Afrosiyob» poyezdida unutib qoldirilgan 9 ming dollarga yaqin pul egasiga qaytarildi 15 apr, 15:23 122
  • Xitoylik olimlar «aqlli» oyna yaratdi 15 apr, 14:56 235
  • Maryam Tillayeva bloger Amiran bilan to‘yi haqida: Bu kun haqida butun umr orzu qilgandim 15 apr, 14:30 144
  • Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifini boshladi 15 apr, 14:00 229
  • 14 yoshli qizning «boshini aylantirib» pulga ega chiqqan yigit ushlandi 15 apr, 13:43 520
  • Toshkentda talabga javob bermaydigan ichimliklar sotilayotgani aniqlandi 15 apr, 13:15 382
  • Xorijdan olib kelingan qalbaki dollarlar aniqlandi 15 apr, 12:49 471
  • Metro stansiyasi tablosiga xakerlar nojo‘ya gap yozib qo‘yishdi 15 apr, 12:30 779
  • «Zamin Education» ta’lim platformasi va sinflari ishga tushirildi (foto) 15 apr, 12:09 197
  • Yaponiyada odamni qutqargan mushuk politsiya boshlig‘i etib tayinlandi (video) 15 apr, 11:13 760
  • Bo‘limlar