“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 12 2021, 05:45
ЎЗO‘Z

Hindistonda egasini pichoqlab qo‘ygan xo‘roz sud qilinadi

28 fev, 09:39 2 067 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hindistonda egasini pichoqlab qo‘ygan xo‘roz sud qilinadi Foto: «Fototelegraf.ru»
Hindistonning Telangana shtatida xo‘roz urishtirishdan oldin jangovar parranda o‘z egasini o‘ldirib qo‘ydi, deb yozadi «Times of India».

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 45 yoshli Tanugul Satish xo‘roz urishtirishda qatnashish uchun parrandasini Jagital shahriga olib kelgan. Jang boshlanishidan sal oldin xo‘roz qochishga urinib, panjasiga bog‘langan pichoq bilan tasodifan egasining chov qismiga zarba berib yuborgan. Qonga belangan Satish mahalliy shifoxonaga yuborilgan, ammo u yo‘lda vafot etgan.

Huquqni muhofaza qilish organlari qasddan bo‘lmagan odam o‘ldirish holatini qayd etib, xo‘rozni politsiya mahkamasiga yetkazishdi. Shunga qaramay, ular yangiliklar telekanallarining parranda hibsga olingani haqidagi bayonotlarini rad etishmoqda.

«Politsiya tergov paytida xo‘rozni himoya qilish va unga bog‘langan pichoq bilan birga sudda taqdim etish uchun javobgardir», — dedi subinspektor B.Jivan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, parrandaga ayblov e’lon qilinmaydi, lekin odam o‘limiga sababchi sifatida sudga taqdim etilishi kerak. Xo‘rozning taqdirini sudya hal qiladi.

Jivanning so‘zlariga ko‘ra, politsiya parranda o‘rniga Telangana shtatida taqiqlangan xo‘roz urishtirishlarida qatnashgan odamlarni hibsga olib, sudga topshiradi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Parkentda 28 yoshli ayol o‘ziga gap otgan notanish yigitni pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi 12 fev, 17:00
  • Fransiyada erta tong qichqirib, odamlarni uyg‘otadigan xo‘roz sud qilinmoqda 06 iyul, 00:23
  • Xudoning mo‘’jizasini qarang: boshsiz bir yarim yil yashagan xo‘roz! 23 fev, 21:37
  • Ispaniyada 182 kishi xo‘rozlar jangini uyushtirgani uchun qo‘lga olindi 15 yanv, 11:48
  • Joan Rouling Trampni “xo’roz” deb atadi 13 yanv, 17:23
  • Juda katta xo‘roz ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini qo‘rqitib yubordi (Video) 20 mar, 16:39
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH sanksiyalar yordamida o‘z yetakchiligini yo‘q qilmoqda 12 apr, 00:12 154
  • O‘zbekiston va Qatar qator sohalarda hamkorlikni sezilarli oshirmoqchi 11 apr, 23:45 155
  • Maltaga tashrif buyurgan sayyohlarga mukofot puli to‘lanadi 11 apr, 23:18 633
  • Chilonzordagi «Navro‘z» majmuasi nega buzilmoqda? 11 apr, 22:44 761
  • Shifokor bedavo dardning ilk alomatlarini ma’lum qildi 11 apr, 22:13 422
  • Muhsin Hisomiddinov Prezident sovriniga sazovar bo‘ldi 11 apr, 21:41 1 097
  • Maymunlarni o‘g‘irlikka o‘rgatgan kimsalar fosh bo‘ldi 11 apr, 21:13 1 146
  • OCHL-2021. 15 kunda 6ta o‘yin o‘tkazadigan "Paxtakor" taqvimi bilan tanishing 11 apr, 20:43 1 114
  • Vadim Abramov to‘purar legionerimiz o‘yinini ko‘rgani Yevropaga bordi 11 apr, 20:05 1 507
  • "Yuventus" o‘z maydonida "Jenoa"ni ishonchli hisobda mag‘lub qildi 11 apr, 19:43 1 205
  • Xitoylik politsiyachilarni «Tom va Jerri»dagi usul orqali chuv tushirishdi 11 apr, 19:11 1 193
  • Shifokor allergiyani qanday davolashni aytdi 11 apr, 18:36 1 195
  • Bo‘limlar