“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 12 2021, 05:12
ЎЗO‘Z

Chilonzordagi kafeni qasddan yoqib yuborgan shaxs ushlandi

28 fev, 08:00 1 362 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Chilonzordagi kafeni qasddan yoqib yuborgan shaxs ushlandi Foto: IIV
Toshkent shahri Chilonzor tumani Qizil Sharq mavzesi 9A-uy Guliston ko‘chasida joylashgan «Shovotlandiya» kafesining yoqib yuborilishi oqibatida besh nafar fuqaro halok bo‘lgani xabar qilindi.

Dastlabki tezkor-tergov harakatlari, mazkur yong‘in hodisasi begona shaxs tomonidan qasddan amalga oshirilganligi haqidagi dalillarni yuzaga chiqarib, darhol ushbu holat IIV rahbariyati tomonidan nazoratga olingan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari jarayonida aniqlanishicha, binoga qasddan yong‘in yetkazgan shaxs joriy yilning 27 fevral kuni soat 03:30larda «Matiz» rusumli avtomashinada manzilga kelib, bino devorlariga o‘zi bilan olib kelgan shisha idishdagi suyuqlikni sepib, so‘ng yana bir idishdagi suyuqlikni bino ichkarisiga otgan va alanga chiqishini kuzatib, yong‘in sodir bo‘lganidan so‘ng voqea joyini yashirincha tark etgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 173-moddasi 2-qismi «b, v» bandlari (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyat muqaddam JKning 164-moddasi 4-qismi, 168-moddasi, 3-qismi, 127-moddasi, 3-qismi bilan sudlangan Samarqand viloyati Toyloq tumanida yashovchi S.F. tomonidan sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Chilonzordagi «Shovotlandiya» kafesida sodir bo‘lgan yong‘inda 5 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi 27 fev, 23:53
  • Dala maydonida Malibu'ni yoqib yuborgan shaxs ushlandi. Unga jinoiy ish ochildi (video) 19 iyun, 13:40
  • Toshkentlik ayolning 2 ta mashinasini qasddan yoqib yuborganlikda gumonlanuvchilar ushlandi 18 mar, 18:33
  • Toshkentlik ayolga tegishli 2 qimmatbaho mashina qasddan yoqib yuborilgani ma’lum bo‘ldi 10 mar, 17:47
  • Yakkabog‘da yoqib yuborilgan «zamhokim» bilan uni yoqib yuborgan tadbirkor yarashib oldi 04 sen, 18:43
  • Jizzaxda fuqaro ukasini operatsiya qilgan xirurgni qasddan pichoqladi 29 iyun, 23:54
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH sanksiyalar yordamida o‘z yetakchiligini yo‘q qilmoqda 12 apr, 00:12 154
  • O‘zbekiston va Qatar qator sohalarda hamkorlikni sezilarli oshirmoqchi 11 apr, 23:45 155
  • Maltaga tashrif buyurgan sayyohlarga mukofot puli to‘lanadi 11 apr, 23:18 633
  • Chilonzordagi «Navro‘z» majmuasi nega buzilmoqda? 11 apr, 22:44 761
  • Shifokor bedavo dardning ilk alomatlarini ma’lum qildi 11 apr, 22:13 422
  • Muhsin Hisomiddinov Prezident sovriniga sazovar bo‘ldi 11 apr, 21:41 1 097
  • Maymunlarni o‘g‘irlikka o‘rgatgan kimsalar fosh bo‘ldi 11 apr, 21:13 1 146
  • OCHL-2021. 15 kunda 6ta o‘yin o‘tkazadigan "Paxtakor" taqvimi bilan tanishing 11 apr, 20:43 1 114
  • Vadim Abramov to‘purar legionerimiz o‘yinini ko‘rgani Yevropaga bordi 11 apr, 20:05 1 507
  • "Yuventus" o‘z maydonida "Jenoa"ni ishonchli hisobda mag‘lub qildi 11 apr, 19:43 1 205
  • Xitoylik politsiyachilarni «Tom va Jerri»dagi usul orqali chuv tushirishdi 11 apr, 19:11 1 193
  • Shifokor allergiyani qanday davolashni aytdi 11 apr, 18:36 1 195
  • Bo‘limlar