“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 12 2021, 05:38
ЎЗO‘Z

Buyuk Britaniyada 15 yoshida ISHIDga qo‘shilib ketgan ayolning uyga qaytishiga ruxsat berilmadi

27 fev, 22:39 953 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Buyuk Britaniyada 15 yoshida ISHIDga qo‘shilib ketgan ayolning uyga qaytishiga ruxsat berilmadi Suriyadagi qochoqlar lagerida yashayotgan Shamim Begum
Foto: The Telegraph

21 yoshli Shamim Begum 15 yoshligida ISHID jangarisiga turmushga chiqqan va Buyuk Britaniyadan Suriyaga ko‘chib ketgan. U Yaqin Sharqda uch nafar farzandni dunyoga keltirgan, biroq bolalar sovuqdan va ochlikdan halok bo‘lgan. Terrorchilik guruhi 2019 yilda tor-mor etilgach, Begum Birlashgan qirollik hukumatidan vatanga qaytish uchun yordam so‘ragan, biroq ko‘mak o‘rniga uni fuqarolikdan mahrum qilishgan. Ayol Britaniya milliy xavfsizligiga tahdid qilishi mumkinligi sabab shunday qaror chiqarilgan. Mamlakat Oliy sudi hukumatning ushbu qarori qonuniy ekanligini ma’lum qildi, deb yozmoqda BBCga tayanib "Daryo" nashri.

Mazkur qarorni Britaniya appelyatsiya sudi bekor qilgan va 2020 yil iyul oyida Begumning vatanga qaytishi va fuqarolikdan mahrum qilinishi yuzasidan sudda ishtirok etishi kerak deb hisoblagandi. Sud qizning Buyuk Britaniyaga qaytishi adolatli hukm chiqarishga imkoniyat yaratishi va samarali appelyatsiya bo‘lishi mumkinligini qayd etgan. Sud qarorlari va hukmlari chiqarilgan vaqtda Begum Suriyadagi qochoqlar lagerida yashashda davom etgan.

Mamlakat ichki ishlar vazirligi Begumning vatanga qaytishi borasidagi sud qarorini bekor qilish uchun kurashdi. Sud raisi Robert Rid Begumning adolatli sud qilinish huquqi jamiyat hayotini xavf ostida qoldirmasligi kerakligini ta’kidlagan. U qizni fuqarolikdan mahrum qilish bo‘yicha ishni (jumladan, appelyatsiyani) to‘xtatishga qaror qilgan, uning vatanga qaytishi jamoat xavfsizligiga tahdid bo‘lish ehtimoli mavjudligi sabab shunday chora ko‘rilgan. Sud vakili bu nimani anglatishi borasida aniq fikr bildirmagan.

Bu yerda 2020 yilda tasvirlangan Shamima Begum. Foto: BBC NEWS
«Bu eng to‘g‘ri qaror emas, sababi Begumni bevosita Britaniyadan turib sud qilish imkoniyati qachon paydo bo‘lishi noma’lum. Biroq bunda ideal qaror qabul qilish har doim ham mushkul bo‘lgan», — degan Oliy sud raisi Robert Rid.

Qaror ISHID vakillari bilan aloqada bo‘lgan G‘arbning boshqa fuqarolarida ham xavotir uyg‘otadi. Britaniyaning o‘zida taxminan 15 nafar ayol ISHID jangarilari bilan aloqalar tufayli fuqarolikdan mahrum qilingan.

Fransiya, Belgiya va Rossiyada ham ISHID jangarilari joylashgan hududlardan fuqarolarni evakuatsiya qilish hamda vatanga qaytarish yuzasidan ishlar amalga oshirilgan. Xususan, O‘zbekiston rahbariyati «Mehr» insonparvarlik operatsiyasini ilk bor 2019 yil may oyi oxirida amalga oshirgan, o‘shanda 156 nafar o‘zbekistonlik, asosan ayollar va bolalar Uzbekistan Airways’ning Suriya poytaxti Damashqdan amalga oshirilgan maxsus reysi bilan O‘zbekistonga olib kelingan.

2019 yilning oktabr oyida esa Yaqin Sharqdagi mojarolar hududidan o‘zbekistonliklarni qaytarish bo‘yicha ikkinchi maxsus operatsiya amalga oshirilgan. Shuningdek, 8 dekabr kuni «Mehr» operatsiyasining navbatdagi bosqichi amalga oshirilib, Suriyadan «Mehr-3» operatsiyasi doirasida 25 nafar ayol va 73 nafar bola vatanga qaytarilgan.

Ko‘pincha Suriya yoki Iroqdan bolalar, istisno tariqasida ayollar ham ortga qaytarilgan. O‘z yurtlaridan chiqib ketgan ayollarning aksar qismi qochoqlar lagerida og‘ir sharoitlarda, juda kam zaxiradagi suv va dorilar bilan hayot kechirmoqda.

ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Buyuk Britaniya semizlikka qarshi keskin choralar ko‘rmoqchi 28 dek, 20:18
  • Buyuk Britaniyada tuyaqush zebra bo‘lishga qaror qildi va o‘z oilasini tark etdi 04 okt, 12:06
  • Tailand qiroli rasmiy ma’shuqasining unvonini tikladi 05 sen, 10:35
  • Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligida «ishlaydigan» mushuk nafaqaga chiqdi 09 avg, 12:11
  • Tyulen tryuklari bilan mushukni o‘ziga rom etishga urindi. Biroq ... (video) 04 avg, 07:53
  • Buyuk Britaniya Nemsovning o‘ldirilishini qoralab chiqdi 28 fev, 10:52
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH sanksiyalar yordamida o‘z yetakchiligini yo‘q qilmoqda 12 apr, 00:12 154
  • O‘zbekiston va Qatar qator sohalarda hamkorlikni sezilarli oshirmoqchi 11 apr, 23:45 155
  • Maltaga tashrif buyurgan sayyohlarga mukofot puli to‘lanadi 11 apr, 23:18 633
  • Chilonzordagi «Navro‘z» majmuasi nega buzilmoqda? 11 apr, 22:44 761
  • Shifokor bedavo dardning ilk alomatlarini ma’lum qildi 11 apr, 22:13 422
  • Muhsin Hisomiddinov Prezident sovriniga sazovar bo‘ldi 11 apr, 21:41 1 097
  • Maymunlarni o‘g‘irlikka o‘rgatgan kimsalar fosh bo‘ldi 11 apr, 21:13 1 146
  • OCHL-2021. 15 kunda 6ta o‘yin o‘tkazadigan "Paxtakor" taqvimi bilan tanishing 11 apr, 20:43 1 114
  • Vadim Abramov to‘purar legionerimiz o‘yinini ko‘rgani Yevropaga bordi 11 apr, 20:05 1 507
  • "Yuventus" o‘z maydonida "Jenoa"ni ishonchli hisobda mag‘lub qildi 11 apr, 19:43 1 205
  • Xitoylik politsiyachilarni «Tom va Jerri»dagi usul orqali chuv tushirishdi 11 apr, 19:11 1 193
  • Shifokor allergiyani qanday davolashni aytdi 11 apr, 18:36 1 195
  • Bo‘limlar