“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 15:36
ЎЗO‘Z

Prezident 2021 yil yakuniga qadar 15 ming nafar ishsiz ayolni hunarmandchilikka o‘qitish bo‘yicha topshiriq berdi

26 fev, 23:48 1 381 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident 2021 yil yakuniga qadar 15 ming nafar ishsiz ayolni hunarmandchilikka o‘qitish bo‘yicha topshiriq berdi Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari yil yakuniga qadar 221 ming nafar xotin-qizlarning bandligini ta’minlash zarurligini qat’iy ta’kidladi, deya xabar bermoqda «Daryo» nashri.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, o‘tgan uch oy mobaynida «ayollar daftari»ga kiritilgan 253 ming nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz ayollarning 32 ming nafari ish bilan ta’minlangan.

«Ayollar daftari»ga kirgan ishsizlar Xorazmda – 40 ming, Qashqadaryoda – 20 ming, Namanganda – 18 ming, Andijon, Buxoro, Jizzax va Samarqandda – 17 mingdan, Qoraqalpog‘iston va Surxondaryoda – 15 mingdan, Toshkent viloyatida – 14 ming, Farg‘onada – 11 ming, Navoiyda – 9 ming, Sirdaryoda – 8 ming, Toshkent shahrida – 3 ming nafarni tashkil etmoqda.

«Misol uchun, bugungi kunda Shahrixonda ‘ayollar daftari’ga kiritilganlar soni 3,5 mingga yaqin. Shundan 2,5 mingdan ziyodi ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtojlar, 31 nafari boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmandlar, 15 nafari nogironligi bo‘lganlar, 25 nafari qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan bolalari mavjud yolg‘iz ayollar, 418 nafari tibbiy himoyaga, 454 nafari huquqiy va psixologik yordamga muhtoj xotin-qizlardir.

Tumanda 3 mingga yaqin ayol pilla yetishtiradi. Pilla mavsumidan keyin boshqa daromad topishning imkoniyati yo‘q, chunki yer tanqis. Hududdagi pillachilik klasteri 800 nafar ayolni o‘qitib, ularga to‘quv dastgohi va ipak xom ashyosini yetkazib berish, ishlab chiqarilgan tayyor eksportbop mahsulotlarni kafolatli sotib olib, tashqi bozorga yo‘naltirish tashabbusi bilan chiqqan.

Xuddi shu kabi, Marg‘ilon shahrida daftarga kirgan 2,5 ming nafar ayollar bo‘lib, shundan 363 nafari ijtimoiy himoyaga muhtoj. Vaholanki, Marg‘ilonda bir to‘quvchi kuniga 8-10 metrgacha adras va xon atlas, 2 metrgacha a’lo baxmal matosini to‘qimoqda. A’lo baxmal matosining bir metri uchun 25 ming, xon atlas uchun 5 ming, adras uchun esa 4 ming so‘mgacha haq to‘lanadi. Bu – bir oyda 1,5 million so‘mgacha daromad topish mumkin, degani.

Ushbu faoliyatni kengaytirish orqali Marg‘ilon shahrida 500 nafar, Shahrixon tumanida 800 nafar ayollar bandligini ta’minlash, umuman Farg‘ona va Andijon viloyatlarida 4 mingtadan yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyati mavjud
», – dedi davlat rahbari.

Prezident bir qator viloyat hokimlariga ikki oy muddatda Marg‘ilon, Buxoro, Shahrisabz, Nukus shaharlari va Shahrixon tumanida xotin-qizlarni adras, atlas, a’lo baxmal, gilam to‘qish bo‘yicha bir oylik o‘quv kurslarida hunarmandchilikka o‘rgatish tizimini joriy qilib, yil yakuniga qadar bu viloyatlardagi kamida 15 ming nafar ayollarni o‘qitish topshirig‘ini berdi. Shuningdek, Bandlik jamg‘armasi orqali to‘quv dastgohlarini xarid qilishga 20 milliard so‘m ajratish kerakligini aytdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 1
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 90
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 47
  • So'nggi yangiliklar
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 0
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 0
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 0
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 1
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 1
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 21
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 64
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 216
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Bo‘limlar