“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 15:33
ЎЗO‘Z

Britaniyalik olimlar eng ko‘p ichadigan kasb egalarini aniqlashdi

25 fev, 20:13 2 193 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Britaniyalik olimlar eng ko‘p ichadigan kasb egalarini aniqlashdi Foto: «Shutterstock/FOTODOM»
Liverpul universiteti olimlari tadqiqot o‘tkazishib, qurilish va ishlab chiqarishda mehnat qiladigan erkaklar hamda rahbar-ayollar Britaniyada eng «ichkilikboz» kasblar reytingida yetakchilik qilishini aniqladilar. Bu haqda «BMC Public Health» jurnalida chop etilgan maqolada ma’lumot berilgan.

Mutaxassislar 2006 — 2010 yillar davomida UK Biobank bazasiga kiritilgan 40 yoshdan 69 yoshgacha bo‘lgan Buyuk Britaniyaning 100 mingdan ortiq aholisi ma’lumotlarini o‘rganishdi. Tadqiqot ishtirokchilaridan haftasiga qancha spirtli ichimlik iste’mol qilishi, shuningdek, kasblari to‘g‘risida anketa savollariga javob berishlari so‘ralgan.

Ma’lum bo‘lishicha, erkaklar orasida asosan ishlab chiqarish, qurilish sohasi xodimlari hamda farroshlar shishaga oshno bo‘lisharkan. Ruhoniylar, shifokorlar, fiziklar, shuningdek, geologlar va meteorologlar alkogoldan uzoqroq yurishi oydinlashdi.

Ayollar orasida eng ko‘p ichadiganlar yuqori va o‘rta martabali rahbarlar bo‘lib chiqdi. O‘qituvchilar, shifokorlar va olimlar spirtli ichimlikni deyarli ichishmas ekan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ularning tadqiqoti muayyan kasblar orasida alkogolga qaramlik sababiga ishora qilmaydi, balki turli soha vakillarining alkogolga moyilligini tahlil qiladi. Shunga ko‘ra, qurilishda ishlash albatta spirtli ichimliklarga ruju qo‘yishga olib keladi, deb xulosa chiqarish noto‘g‘ri.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 0
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 1
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 1
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 153
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 231
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 1
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 0
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 1
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 0
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 75
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 21
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 55
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 141
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 153
  • Bo‘limlar