“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 05:03
ЎЗO‘Z

Uchrashuvda burilish yasagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

21 fev, 10:30 3 631 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Uchrashuvda burilish yasagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? Italiya A Seriyasining 23-turi doirasida eng qiziqarli uchrashuvlardan biri Genuyada bo‘ldi. Mahalliy “Jenoa” jamoasi joriy mavsumda ishonchli o‘yin ko‘rsatayotgan “Verona” futbolchilarini qabul qildi.

Ko‘pchilikni ushbu jamoalar o‘rtasidagi bellashuvda qaysi jamoaning qo‘li baland kelishi qiziqatirar edi. Verona shahrida o‘tgan va Eldor Shomurodov A Seriyada debyut qilgan birinchi o‘yinda hisob ochilmagan edi.

Ikkinchi davra o‘yini Genuyada bo‘ldi. Shunga qaramay, dastlabki daqiqalardan mehmonlar ustunlik qildi.Natija ham uzoq kutilmadi. Ivan Ilich 17-daqiqada hisobni ochdi. Bellashuvning birinchi yarmida to‘liq ustunlik “Verona” tomonida bo‘ldi.

Tanaffusdan so‘ng, Davide Ballardinining maydonga Eldor Shomurodovni tushirgani vaziyatni o‘zgartirib yubordi. O‘zbek legioneri ilk urinishida raqib himoyachisini ortda qoldirib, gol urdi.

O‘yinning qolgan qismi qizg‘in kurashlarga boy bo‘ldi. Garchi Marko Faraone mezbonlar darvozasini yana ishg‘ol qilgan bo‘lsa-da, so‘nggi soniyalardan genuyaliklar Milan Badel harakati bilan mag‘lubiyatdan qutilib qoldi.

Futbolchilarning o‘yinini baholab boradigan whoscored.com sayti “Jenoa” va “Verona” bahsida mehmon futbolchilar orasida eng yuqori ballni birinchi gol muallifi Ivan Ilichga berdi. Mutaxassislar serbiyalik yarim himoyachi xatti-harakatlarini 8 ballga munosib ko‘rdi. Shu kuni mezbonlardan yaxshi o‘ynagan mehmonlarning aksariyat o‘yinchilari yuqori ball oldi.

“Jenoa” tarkibida eng yaxshi futbolchi jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan Milan Badel bo‘ldi. U whoscored.com mutaxassislar uning o‘yinini ham 8 ballga loyiq ko‘rdi. Muhim pallada gol urib, jamoasi o‘yinida burilish yasagan Eldor Shomurodov 7,1 bilan jamoadoshlari safida ikkinchi bo‘ldi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar orasida bu eng yaxshi natija sifatida qayd etildi.

Umuman olganda, Shomurodovning A Seriya uchrashuvdagi ballariga nazar tashlasak, asosan barqaror o‘yin namoyish etayotgani oydinlashadi. Hamyurtimiz o‘zi o‘ynagan uchrashuvlarda eng past ballga “Inter”ga qarshi o‘yinda loyiq ko‘rilgan. O‘shanda atigi 25 daqiqa o‘ynagan Eldorga 5,8 ball berilgan.

Shomurodov gol urgan uchta o‘yinda ham whoscored.com mutasaddilari tomonidan 7 balldan yuqori baholangan. “Sassuolo”ga qarshi bahs uchun unga qo‘yilgan 7,88 ball hozircha Eldor uchun eng baland ko‘rsatkich bo‘lib turibdi.

“Verona” ushbu uchrashuvdagi durangdan so‘ng, ochkolari sonini 34-taga yetkazib, musobaqa jadvalida to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda.

Mag‘lubiyatsiz seriyasini yettita o‘yinga yetkazgan “Jenoa” esa, hozircha 26 ochko bilan 11-pog‘onani band etgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 86
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 44
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 285
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 160
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 55
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 264
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 86
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 44
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 23
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 103
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 100
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 149
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 65
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 203
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 220
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 285
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 160
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 106
  • Bo‘limlar