“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2021, 06:15
ЎЗO‘Z

DXX Toshkent viloyatida bir qator shaxslarni ushladi

18 fev, 13:00 1 739 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DXX Toshkent viloyatida bir qator shaxslarni ushladi Foto: Videolavhadan skrinshot
Toshkent viloyatining Parkent tumanida yashovchi fuqaro akasining bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligiga tegishli 5 gektar yer maydonini boshqa bir fuqaroga 1 mln. AQSh dollariga sotmoqchi bo‘ladi.

Buning uchun u avval mazkur yer maydonini fermer xo‘jaligi ixtiyoridan chiqarib, tuman hokimiyati zaxirasiga qaytarishni, so‘ngra esa hokimiyatdagi tanishlari orqali xaridor fuqaroning nomiga rasmiylashtirib berishni rejalashtiradi.

DXX Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlarining viloyat prokuraturasi hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida firibgar shaxs so‘ralgan puldan 100 ming AQSh dollarini avans sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
***
Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqaro o‘zganing ishonchiga kirib, unga Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani «Novobod» MFY hududidan 5 gektar yer maydonini 300 ming AQSh dollariga sotishlarini aytishadi va firibgarlik yo‘li bilan undan so‘ralgan pulni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovoldi surishtiruv harakatlari davomida ma’lum bo‘lishicha, ular 2019 yil Bo‘stonliq tumani hokimi qarori bilan mahalliy MChJlardan biriga dam olish maskani qurish maqsadida ajratib berilgan mazkur yer maydonini sotish huquqi mavjud emasligini bilganlari holda noqonuniy ishga qo‘l urishgan.
***
Toshkent viloyatining Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro o‘zi rahbarlik qilayotgan g‘alla va sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligining qariyb 24,5 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 100 ming AQSh dollariga sotishini aytib, xaridordan oldindan to‘lov sifatida 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida DXX, Bosh prokuratura va Departamentning hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • DXX firibgarlik bilan bog‘liq noqonuniy holatlarga chek qo‘ydi 27 yanv, 13:00
  • 1 gektar yerni rasmiylashtirib berish uchun 160 ming dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olindi 17 dek, 14:43
  • TDTUning Termiz filialiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 5 ming dollar olgan shaxs ushlandi 26 iyul, 22:00
  • DXX korrupsiyaga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazdi 03 iyul, 10:03
  • Namangan va Qashqadaryoda firibgarlar ushlandi 22 iyun, 18:30
  • Toshkent viloyatida tuman hokimi o‘rinbosari va harbiy qism mayori pora bilan ushlandi (video) 18 iyun, 00:30
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron o‘z neft tankerlariga qaroqchilar uyushtirgan hujumni qaytardi 18 okt, 00:15 179
  • Islom To‘xtaxo‘jayev: "O‘yinni jamoalar emas, hakamlar hal qilganidan keyin alam qiladi. To‘p qo‘limga tegmadi" 17 okt, 23:49 216
  • Amerika snayper miltig‘i o‘rnatilgan robot-it yaratdi (video) 17 okt, 23:25 252
  • Isroilda rus mafiyasi sardoriga bir qancha ayblovlar qo‘yildi 17 okt, 22:58 333
  • Ayiq sirkda hayvon o‘rgatuvchi homilador ayolga hujum qildi 17 okt, 22:39 344
  • Farzandingizni internetda qanday himoya qilishni bilasizmi? 17 okt, 22:08 321
  • "Serbiyalik futbolchilarga O‘zbekistonda yashash va to‘p tepish qulay" - Boyan Matich 17 okt, 21:43 345
  • Mikael Sekeyra: "Andijon" 8-9 nafar futbolchi bilan himoyalandi" 17 okt, 21:22 311
  • Viktor Kumikov: "Nihoyat..." 17 okt, 21:19 320
  • «Olaqarg‘a» milliardlar ustiga qo‘ndi. Bu muvaffaqiyat garovimi? 17 okt, 20:53 401
  • OCHL. Finalda Saudiya Arabistoni va Janubiy Koreya klublari to‘qnash keladi! 17 okt, 20:16 371
  • Viktor Jalilov jamoasining g‘alabasi haqida qanday fikr bildirdi? 17 okt, 20:00 309
  • Bo‘limlar