“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 13 2021, 08:06
ЎЗO‘Z

Dunyodagi eng kuchli seriyali pikap sayyoradagi eng tezkor Mustang’ga qarshi (video)

11 fev, 22:13 1 275 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dunyodagi eng kuchli seriyali pikap sayyoradagi eng tezkor Mustang’ga qarshi (video) Kadr: YouTube
YouTube’dagi The Fast Lane Truck kanalida bir qarashda o‘zaro raqobat borasida unchalik mos kelmaydigan avtomobillarning poygasi tasvirlangan video paydo bo‘ldi. Chorak mil masofaga uyushtirilgan poygada Dodge Ram 1500 TRX va Ford Shelby GT500 o‘zaro raqobatlashdi, deb xabar beradi Motor. Ikkita poyga natijasiga ko‘ra, eng kuchli seriyali pikap raqibini ortda qoldirdi.

Ford Mustang Shelby GT500 770 ot kuchi va 847 Nm aylanuvchi momentni taqdim etishga qodir 5,2 litrli V8 aluminiy motori bilan jihozlangan. Agregat yetti pog‘onali «robot» uzatmalar qutisi va ikkita tepki yordamida boshqariladi. Eng tezkor seriyali Mustang soatiga 100 kilometr tezlikka 3,5 soniyada erishadi. Shu bilan birga, chorak milni tashkil etgan poyga masofasini orqa uzatmali sportkar 11 soniyada bosib o‘tgan.

To‘liq uzatmali Dodge Ram 1500 TRX kapoti ostida 6,2 litrli V8 HEMI kompressori o‘rin olgan. Motor 712 ot kuchi va 881 Nm aylanuvchi momentni taqdim etishga qodir. Agregat sakkiz pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Eng tezkor pikap soatiga 100 kilometr tezlikka 4,5 soniyada erishadi. Maksimal tezligi — 190 km/soat.

Birinchi poygada Shelby GT500 startda biroz ushlanib qolishi oqibatida Ram 1500 TRX finishga birinchi bo‘lib yetib kelgan. Ikkinchi urinishdan oldin Mustang lonch-nazoratni faollashtirgan — biroq bu ham yordam bermagan. Og‘ir pikap poyga avvalidan o‘zib ketgan va finishga sportkardan taxminan yarim korpusga oldinroq yetib kelgan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Ishlaydigan «podveska»ga ega yog‘ochdan yasalgan Ford Mustang nusxasi sotuvga qo‘yildi (video) 17 yanv, 13:50
  • Rezvani kompaniyasi olti g‘ildirakka ega dunyodagi eng kuchli pikapni namoyish etdi 04 noya, 17:30
  • Dunyodagi eng kuchli krossover nomi ma’lum bo‘ldi (foto, video) 05 iyul, 11:15
  • Norvegiyalik 78 yoshli erkak kunlik foydalanish uchun McLaren superkarini sotib oldi 24 iyun, 15:00
  • Ferrari, McLaren va Lamborghini superkarlari poyga trassasida duel uyushtirdi (video) 09 iyun, 00:45
  • 1,9 soniyada 100 km/soat tezlikka chiquvchi Porsche model (video) 07 мая, 17:00
  • So'nggi yangiliklar
  • Jasur Jaloliddinovga Turkiya va Shveysariya klublari qiziqyapti 13 iyun, 00:05 822
  • Nukusda festivaldan so‘ng ommaviy janjal yuzaga keldi 12 iyun, 23:30 862
  • Buxoroda OIV infeksiyasini boshqa bir erkakka yuqtirgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 12 iyun, 23:00 737
  • Yelizaveta II: Bugun Buyuk Britaniya qirolichasi 95 yoshini nishonladi (foto) 12 iyun, 22:26 272
  • Isroil razvedkasining sobiq rahbari «yopig‘liq qozon»ni ochdi 12 iyun, 22:20 1 113
  • Koronavirusning asosiy simptomlari o‘zgardi 12 iyun, 20:50 846
  • Bitta hujumchi bilan o‘ynash muammosi 12 iyun, 20:10 509
  • Uyali telefon zararidan himoyalanishda yordam beradigan 4 qoida 12 iyun, 19:36 660
  • Kim Chen In Putinni «Rossiya kuni» bilan tabrikladi 12 iyun, 19:00 606
  • Hisob-kitob: O‘zbekistonning Saudiyaga qarshi o‘yinda qayd etishi kerak bo‘lgan natijasi haqida 12 iyun, 18:23 794
  • «Rossiya kuni» munosabati bilan korpusiga soat va gerb tushirilgan iPhone 12 paydo bo‘ldi 12 iyun, 18:04 269
  • Foto: TIV matbuot xizmati 11 iyun kuni Afg‘onistonning Hayraton shahrida afg‘on tomoniga 1000 dona kislorod ballonlaridan iborat gumanitar yukni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Ushbu in 12 iyun, 17:20 281
  • Bo‘limlar