“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 12:10
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev jurnalistlarga: «Qo‘rqmanglar, ortingizda prezident bor»

04 fev, 17:30 2 072 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev jurnalistlarga: «Qo‘rqmanglar, ortingizda prezident bor» Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida OAV vakillari bilan muloqot qildi va ularni o‘z faoliyatida hech narsadan qo‘rqmaslikka va doim adolat tarafida bo‘lishga chaqirdi.

«Sizlar menga ko‘makchi, yelkadoshsiz. Yutug‘imizni ham, kamchiligimizni ham xalqimizga adolat bilan yetkazuvchi kuch deb bilaman.

Sizlardan bitta narsani iltimos qilaman, izlanishdan erinmanglar, adolatni xalqqa yetkazishdan qo‘rqmanglar. Ortingizda prezident bor. U zamonlar o‘tib bo‘ldi. Endi orqaga yo‘l yo‘q. Faqat adolat, adolat, faqat haqiqat! Qancha ko‘p haqiqatni yetkaza olsak, shuncha ko‘p manfaat bo‘ladi.

To‘g‘ri, bugun kimdir sizlarni yomon ko‘rar. Lekin siz yozgan gaplarni yoqtirmagan rahbarlar baribir borib to‘g‘rilaydi o‘sha muammoni. Baribir adolat mezoni o‘rnatiladi. Bu degani islohotlarimiz, murojaatnomada aytilgan gaplar rost ekanku, qilsa bo‘lar ekanku degan ibora paydo bo‘ladi
», degan prezident.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 29 dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev parlamentga yo‘llagan murojaatida ommaviy axborot vositalari tobora «to‘rtinchi hokimiyat»ga aylanib borayotgani, ular nafaqat mamlakatdagi ijobiy o‘zgarishlarni, balki dolzarb muammolarni ham yoritib borayotganini ta’kidlagan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 36
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 27
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 68
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 34
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 133
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 116
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 36
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 92
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 44
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 27
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 68
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 77
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 34
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 25
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 133
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 308
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 152
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 282
  • Bo‘limlar