“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 06:28
ЎЗO‘Z

Jasur Jaloliddinov xorijdan klub tanlaydi

30 yanv, 12:20 2 439 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jasur Jaloliddinov xorijdan klub tanlaydi Rossiya premer-ligasida debyutini nishonlay olmagan Jasur Jaloliddinovning faoliyatida o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda. Ma’lumki, o‘tgan yili yozda Toshkentning “Bunyodkor” klubidan Moskvaning “Lokomotiv” jamoasiga ko‘chib o‘tgan futbolchiga Rossiya futbolida o‘zini ko‘rsatish imkoniyatini berishmadi.

Katta umidlar bilan legionerga aylangan mamlakatimizning eng iqtidorli futbolchilaridan biri besh oy mobaynida premer-ligada bir daqiqa ham o‘ynagani yo‘q. Avvaliga “Lokomotiv” tarkibida bir necha uchrashuvda zaxirada o‘tirgan Jasur, keyinroq “Tambov” klubida ham maydonga tushirilmadi. Tambovliklar o‘zbekistonlik yarim himoyachini Rossiya kubogi doirasidagi uchrashuvda bir necha daqiqa o‘ynatdi xolos.

Natijada yosh futbolchimiz yil boshidanoq, Rossiya klublari bilan xayrlashish va o‘zgarish qilishga qaror qildi. Avvaliga “Tambov” bilan mavsum oxirigacha tuzilgan ijara shartnomasi bekor qilindi. Keyinroq, besh yillik shartnomasi bo‘lishiga qaramay, “Lokomotiv” bilan ham o‘zaro hamkorlik to‘xtatildi.

O‘sib kelayotgan yosh futbolchi albatta o‘ynashi kerak. Jasur O‘zbekiston Superligasining har qanday jamoasini kuchaytirishga qodir. “Bunyodkor” sobiq futbolchisini begona qilmasligi ham tayin. Lekin Jaloliddinov faoliyatini legioner sifatida davom ettirish maqsadidan qaytgani yo‘q.

Jasurning qariyb 1 million yevro atrofidagi mablag‘ evaziga “Lokomotiv” bilan shartnoma imzolashida bosh rolni o‘ynagan va futbolchimiz manfaatlarini himoya qiluvchi “Soccer Career” konsalting kompaniyasi rahbari Yuriy Belous jurnalistlar bilan suhbatda mijozining faoliyatida yangi davr boshlanishi arafasida ekanini ma’lum qildi.

- Ayni paytda Jasur Jaloliddinov takliflarni ko‘rib chiqyapti. Hozirda unda erkin agent sifatida faoliyatini qayerda davom ettirish haqida bir qarorga kelishi uchun yetarlicha vaqt bor, - dedi Yuriy Belous.

- Unga qayerlardan taklif bo‘lyapti?
- Asosiy takliflar markaziy Yevropa, Skandinaviya va Yaqin Sharq mamlakatlari jamoalaridan bo‘lmoqda.

- Rossiyadan variantlar yo‘qmi?
- Rus klublaridan ham takliflar bor, albatta. Lekin biz ularni ko‘rib chiqishni istamaymiz. Biz uchun eng muhimi futbolchining muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini ta’minlashdir.

Darhaqiqat, o‘z tengqurlari orasida dunyoning eng iste’dodli 60 nafar futbolchisi qatorida nomi zikr etilgan Jasur Jaloliddinovga avval ham xorij klublaridan qiziqish borligi ko‘p aytilgan. Xususan, 2019 yilning oxirida “Benevento”da malaka oshirgan iqtidorli futbolchimizda Italiyada to‘p surish varianti ham bo‘lgan. Biroq, o‘tgan yili koronavirus pandemiyasi tufayli uning bu rejasi amalga oshmay qoldi.

Shuningdek, Jaloliddinovga Turkiya, Ispaniya va Osiyo mamlakatlaridan takliflar bo‘lgan. Biroq, yosh futbolchi xorij futboliga osonroq moslashish uchun “Lokomotiv” variantini tanlaganini aytgandi. Oxir –oqibat, u tanlovda xatoga yo‘l qo‘ygani ko‘rinib qoldi. Nima ham derdik, bu ham bir tajriba bo‘ldi. Bu yog‘iga Jasur tanlovda adashmasligini tilab qolamiz...




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 8
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 12
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 36
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 200
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 139
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 128
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 8
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 12
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 121
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 64
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 27
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 36
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 200
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 139
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 128
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 45
  • Fayzullayev Yevropaga qachon ketishi aytildi 25 apr, 21:56 233
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 299
  • Bo‘limlar