“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 19:50
ЎЗO‘Z

Koronavirusdan nega erkaklar ko‘proq vafot etishi sababi tushuntirildi

27 yanv, 15:39 2 090 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirusdan nega erkaklar ko‘proq vafot etishi sababi tushuntirildi Foto:«Izvestiya»
Science jurnali AQSHning Yel universiteti olimlarining koronavirusdan kimlarda ko‘proq o‘lim holati kuzatilgani haqidagi xulosalari e’lon qildi. Unga ko‘ra, xromosomalardagi farq tufayli erkaklar ayollarga qaraganda COVID-19 dan o‘lish ehtimoli 1,7 foizga ko‘p.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ayollarda COVID-19ning og‘ir alomatlarini rivojlanishiga immunitetni boshqaruvchi genlarga boy bo‘lgan ikkita X xromosomasi borligi to‘sqinlik qiladi.

Tadqiqotlarda ta’kidlanishicha, X xromosomalaridan biri gen dozasini kompensatsiya qilish mexanizmi natijasida o‘chirilgan bo‘lsa-da, DNKning ba’zi qismlari tug‘ma immunitet tizimini faollashtira oladi.

Bundan tashqari, ayol jinsiy gormoni estrogen himoya rolini bajaradi, u hujayralarga kirish uchun koronavirus tomonidan ishlatiladigan ACЕ2 retseptorlarini to‘sib qo‘yishga qodir. Shu bilan birga, olimlar erkaklar gormonlari va androgenlari virusning hujayralarni yuqtirish qobiliyatini oshirishni taklif qilishagan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 60 yoshdan oshgan erkaklar SARS-CoV-2ga qarshi asosiy immunitetni yo‘qotishni boshlaydi. Ular ko‘pincha boshqa immun tizim molekulalarining haddan tashqari kompensatsion ta’siriga ega bo‘lib, bu esa o‘pkaning tizimli yallig‘lanishni keltirib chiqarishi mumkin. Natijada bemor holati yomonlashadi.

Noyabr oyida immunolog-allergist Vladimir Bolibok erkaklarda koronavirus infeksiyasining og‘irlashishining sababi jinsiy gormonlar immunitet tizimining ishlashiga ta’sir qilishidir degan fikrlarni aytgan edi. Unga ko‘ra, ayol jinsiy gormonlar - estrogenlar antitellarning hujayralarga kirib borishini osonlashtiradi. Biroq, erkak gormoni - testosteron esa bu xususiyatga ega emas.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 1
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 1
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 4
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 176
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 28
  • London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda 08 мая, 14:30 225
  • So'nggi yangiliklar
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 0
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 0
  • “Barselona”da yangi mojaro boshlandi 08 мая, 18:10 0
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 4
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 18
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 27
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 13
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 32
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 37
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 27
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 176
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 28
  • Bo‘limlar