“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2021, 11:12
ЎЗO‘Z

Jo Baydenning dastxati nimadan dalolat beradi?

23 yanv, 22:06 1 066 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jo Baydenning dastxati nimadan dalolat beradi? Foto: TASS / EPA, Wikipedia.org
Insonning yozuviga qarab uning ichki dunyosini ko‘rish mumkin, deyishadi grafologlar. Masalan, siyosatchilarning dastxatlari sinchiklab o‘rganilsa, ular omma oldida o‘zlarini qanday tutishadi-yu, boshqalarga qanday siyosat o‘tkazishga urinishadi — bilib olish mumkin. Grafolog Anna Samoylenko AQSHning yangi prezidenti Jo Bayden hamda uning «o‘ng qo‘li» — vitse-prezident Kamala Harrisning dastxatlarini o‘rgandi.

Jo Bayden — qat’iyatli yetakchi
Grafolog tushuntirishicha, Baydenning qat’iyatli insonligidan dalolat beruvchi dastxati u o‘z prezidentlik muddati davomida jamiyatdagi jahon tendensiyalariga tezkor javob bera olishidan so‘zlamoqda. Jo Baydenning intellektual boshqaruv uslubi Donald Trampning agressiv boshqaruv uslubidan keskin farqlanadi.

Anna Samoylenko: «Uning dastxatida u siyosat odamlar uchun xizmat qilishi lozim degan aqidaga amal qilishini ilg‘ash qiyinmas. Bayden insonlarning fikrini hisobga oladi, ularga tayanadi. Bu o‘z maqsadini qondirish yo‘lidagi yakkahukmronlik shakli emas».

Prezident imzosida ulkan loyihalarga aylanajak ambitsiyalar va e’lon qilingan maqsadlar seziladi. Biroq ular amalga oshadimi — yo‘qmi, birgina imzodan bilish qiyin, ammo ular ko‘tar-ko‘tar qilinishi aniq.

Samoylova, shuningdek, Baydenning dastxatida strategik tafakkur, uzoqni ko‘zlangan rejalar tuza olishni ko‘rgan. Yangi prezidentda global islohotlarga moyillik ham bor.

AQSHning hozirgi yetakchisi e’tibor markazida bo‘lishni yaxshi ko‘radigan va o‘z o‘rnini hech qachon birovga berib qo‘yadiganlar sirasidan emas. Ikkinchi darajali rollar — Bayden uchun emas. Kerak bo‘lsa, saylovchilarining ishonchini saqlab qolish, Bayden keskin choralar ko‘rishga-da qodir.

Kamala Harris — hissiyotli yetakchi

Foto: TASS / EPA, Wikipedia.org
Bayden va Harrisning dastxatlaridagi umumiylik — namoyishkoronalik. Kamala Harris otashin nutqlari bilan ko‘pchilik diqqatini torta olish qobiliyatiga ega. Uning yozuvida tanlagan ijtimoiy yo‘nalishi aksini topgan: «Men — odamlar uchun, men — odamlar bilan birgaman». Grafolog vitse-prezident imijga katta e’tibor qaratishini ham payqagan.

Anna Samoylenko: «Kamala Harris yuksak lavozimda ishlasa-da, ayolligini unutmagan ilk rahbarlardan biri bo‘lishi mumkin».

Harrisning imzosida axborotni manipulyatsiya qilish (kamaytirib yoki kuchaytirib ko‘rsatish) alomatlari bor. Shu bois yangi vitse-prezidentdan «aylanma» diplomatik javoblar chiqsa ajablanmaymiz. Harris — eng qiyin savollardan silliqqina chiqib keta oladiganlar sirasidan bo‘lishi mumkin: hamma narsa haqida — ammo hech narsa haqida gapiradi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Kongressi rasman Baydenning g‘alabasini tasdiqladi 07 yanv, 16:20
  • «Bunday qilsam, xotinim ketib qoladi» – Obama Jo Baydenning ma’muriyatida ishlamasligini aytdi 16 noya, 17:58
  • Bayden AQSHning «Huawei»ga qarshi urushini davom ettiradimi yoki... 10 noya, 20:33
  • AQSHning yirik nashrlari Baydenning saylovdagi g‘alabasini e’lon qildi 07 noya, 23:20
  • AQSH Vakillar palatasi spikeri Jo Baydenning g‘alaba qozonganini aytib o‘tdi 08 noya, 08:25
  • Jo Bayden: «Ko‘rasiz, Tramp saylovni kechiktirishga urinadi» 24 apr, 22:30
  • So'nggi yangiliklar
  • Antarktidadan ulkan aysberg ajralib chiqdi 28 fev, 10:53 0
  • Meksikalik bokschi WBC va WBA chempionlik kamarlarini himoya qildi 28 fev, 10:13 0
  • Hindistonda egasini pichoqlab qo‘ygan xo‘roz sud qilinadi 28 fev, 09:39 0
  • Yurtimizda koreyalik firibgar odamlarni aldab yuribdi 28 fev, 08:53 190
  • Chilonzordagi kafeni qasddan yoqib yuborgan shaxs ushlandi 28 fev, 08:00 251
  • Farg‘onada dugonasining suratlarini turmush o‘rtog‘iga ko‘rsatmaslik uchun 1,5 ming dollar talab qilgan qizlar ushlandi 28 fev, 07:00 489
  • Chilonzordagi «Shovotlandiya» kafesida sodir bo‘lgan yong‘inda 5 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi 27 fev, 23:53 758
  • Bunaqasi Rossiyada hali bo‘lmagan: mudofaa qanday tank ustida ishlamoqda 27 fev, 23:14 1 519
  • "Stranja-2021" turnirida o‘g‘il bollar umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi! 27 fev, 23:05 767
  • Buyuk Britaniyada 15 yoshida ISHIDga qo‘shilib ketgan ayolning uyga qaytishiga ruxsat berilmadi 27 fev, 22:39 494
  • Nigeriyada jinoyatchilar maktabga hujum uyushtirib 300 nafardan ortiq o‘quvchi qizni o‘g‘irlab ketdi 27 fev, 22:11 773
  • Ijtimoiy tarmoqlarda farzandiga zulm qilayotgan ona videosi tarqaldi 27 fev, 21:38 788
  • Bo‘limlar