“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 20:52
ЎЗO‘Z

2 yil aliment to‘lamagan ota qamoqqa tushdi

23 yanv, 18:49 1 858 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
2 yil aliment to‘lamagan ota qamoqqa tushdi Majburiy ijro byurosi Qo‘qon shahar bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining 08.02.2019 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor R.Sapayevdan S.To‘xtasinova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi uchun ish haqi va boshqa daromadining to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment undirish bo‘yicha ijro hujjati mavjud.

Biroq, qarzdor R.Sapayev 08.02.2019 yildan 01.01.2021 yilga qadar farzandi uchun umuman aliment to‘lamagan. Faqatgina, 16.06.2020 yilda unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasi asosida to‘plangan hujjatlar bo‘yicha Qo‘qon shahar ma’muriy sudida ish ko‘rib chiqilayotgan vaqtda ma’muriy qamoq jazosi tayinlanishini oldini olish maqsadida 500 ming so‘m aliment puli to‘lab bergan.

Ma’muriy sud tomonidan tayinlangan 15 sutka qamoq jazosini o‘tab chiqqandan keyin ham qarzdor R.Sapayev aliment to‘lamaslik fikrida qat’iy turgani haqida undiruvchi va davlat ijrochisiga xabar bergan.

Bu yerda, aliment miqdori yoki uni undirish emas, balki qonun hujjatlarida belgilangan majburiyatlarni bajarmaslikni oshkora ravishda e’lon qilish masalasi kun tartibiga chiqqanligi sababli 2020 yil dekabr oyiga kelib R.Sapayevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qizig‘i shundaki, 06.01.2021 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisi jarayonida qarzdor R.Sapayev sudya va maslahatchilarni ishonchiga kirib, Majburiy ijro byurosi tomonidan qo‘yilgan cheklovni bekor qilishni so‘rab, Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun borishi va aliment pulini o‘sha yerdan bank orqali yuborishini bildirgan.

Sud R.Sapayevni JKning 122-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topib, 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan.

Byuroning Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan S.To‘xtasinova foydasiga to‘lanmagan 8 mln. 664 ming 510 so‘m aliment qarzi va kelgusidagi aliment to‘lovlari bo‘yicha majburiy ijro harakatlari davom ettirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 97
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 13
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 49
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 241
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 275
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 56
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 22
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 51
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 96
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 137
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 13
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 86
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 77
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 157
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 148
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 88
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 146
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 184
  • Bo‘limlar