“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 14:59
ЎЗO‘Z

1,8 milliard so‘mlik imtiyozlarni noqonuniy qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan qonunbuzarlar fosh qilindi

23 yanv, 18:12 1 658 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
1,8 milliard so‘mlik imtiyozlarni noqonuniy qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan qonunbuzarlar fosh qilindi Davlatimiz tomonidan halol tadbirkorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida berilayotgan bojxona to‘lovlaridan imtiyozlarni qing‘ir yo‘llar bilan qo‘lga kiritish uchun turli nayranglarni qo‘llagan holda bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlashga urinish holatlariga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Davlat bojxona qo‘mitasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va o‘z xavfsizlik boshqarmasi va Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan soxta hujjatlar bilan import operatsiyalarini amalga oshiradigan “tadbirkorlar”ning bojxona to‘lovlarini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishi o‘z vaqtida fosh etildi.

Fuqarolar D.Sh. va Sh.X.lar Xitoyda ishlab chiqarilgan, siqilgan gazda harakatlanuvchi 2 ta “NOWO” rusumli avtomashinani rasmiylashtirish uchun Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasida “Bojxona ombori” bojxona rejimiga rasmiylashtirishadi.

Biroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 maydagi “Hududlarda ko‘p qavatli binolar qurish ishlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4718-son qaroriga muvofiq dizel yonilg‘isida harakatlanuvchi yuk avtomashinalarini 2021 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatda respublikamizga import qilishda imtiyoz qo‘llanilishini bilib qolgan uddaburonlar, 1,8 mlrd. so‘mlik imtiyozni qo‘lga kiritish maqsadida avtomashinalarni “reeksport” bojxona rejimiga rasmiylashtirib, qing‘ir rejasini amalga oshirish uchun mamlakatimizdan qayta olib chiqib ketishadi.

Oradan 1 oy vaqt o‘tib, uddaburon shaxslar avtomashinadagi gaz ballonlarini yechib, avtomashinaga yonilg‘i bakini o‘rnatib, avtomashinaning motor qismini esa siqilgan gazda emas balki dizel yonilg‘isida harakatlanishga vaqtinchalik o‘zgartirib qayta olib kirishadi. Tabiiyki hujjjatlar ham shu yo‘sinda soxtalashtiriladi.

Qonunbuzarlar jinoiy qilmishini yashirish maqsadida avtomashinalarning soxta hujjatlarini “Toshkent-tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postiga taqdim etadi.

Rasmiylashtiruv jarayonida Davlat bojxona qo‘mitasidagi maxsus dasturlar va Situatsion markazdagi ma’lumotlar, shuningdek ushbu 2 ta yuk avtomashinalarining identifikatsion belgilari orqali mazkur avtomashinalar ilgari yurtimizdan reeksport qilingani ma’lum bo‘ldi.

Hozirgi kunda dvigateli dizel yonilg‘isida emas, aslida siqilgan gazda harakatlanuvchi umumiy qiymati 2 milliard so‘mlik avtomashinalar vaqtincha saqlovga olindi va bojxona organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182-moddasining 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shuningdek, Davlat bojxona qo‘mitasining tegishli tarkibiy tuzilmalari va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida xorijda ishlab chiqarilgan mashinalarni import qilishda soxta hujjatlar tayyorlab berayotgan shaxslardan iborat jinoiy guruh qo‘lga olingan.

O‘tkazilgan tergov harakatlari davomida ushbu qonunbuzar shaxslarning ish joylari ko‘zdan kechirilganida tovarlarning soxta yo‘l yuk kuzatuv hujjatlarini tayyorlashda foydalaniladigan kompter texnikalari hamda qo‘shni davlat idoralariga tegishli bo‘lgan 10 dan ortiq muhr va shtamplar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi jinoiy guruhning boshqa a’zolarini hamda noqonuniy xatti-harakatlarini aniqlash va chek qo‘yish maqsadida tergov harakatlari davom ettirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 55
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 87
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 542
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 508
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 0
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 75
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 21
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 54
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 141
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 152
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 59
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 107
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 55
  • Bo‘limlar