“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 05:50
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonga kuniga 1000 bosh qoramol yashirin yo‘l bilan kiritiladi

22 yanv, 22:36 3 838 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonga kuniga 1000 bosh qoramol yashirin yo‘l bilan kiritiladi Foto: «Centralasia.media»
2020 yilda Qirg‘iziston O‘zbekistonga qoramol va mayda chorva mollari eksportini 9,2 baravar oshirdi. Bu eksport taqiqini hisobga olgan holda eng yuqori ko‘rsatkichdir. Ammo Qishloq xo‘jaligi vazirligi va yetkazib beruvchilar haqiqiy ko‘rsatkichlar bundan bir necha baravar yuqori, deb hisoblamoqda.

11 oy davomida Qirg‘iziston mamlakatimizga 10,4 ming bosh qoramol va 36 ming bosh mayda mol yetkazib bergan. Taqqoslash uchun: 2019 yilning shu davrida qoramol eksporti atigi 574 boshni, mayda mollar 4,4 ming boshni tashkil etgan.

Tirik qoramollar — sigirlar, qo‘ylar va echkilar eksportining 98 foizi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keldi. Ammo Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari yetkazib berishning haqiqiy hajmini aks ettirmaydi. Ularning fikriga ko‘ra, kontrabandani hisobga olgan holda, fermerlar mollarni bir necha baravar ko‘proq sotganiga aminlar.

«Men bu ko‘rsatkichga juda shubha bilan qarayman. Shuningdek, biz bozorni tahlil qilmoqdamiz, bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Taqiq kontrabandachilarga qo‘yilgan edi. Kontrabanda oldin qanday bo‘lgan bo‘lsa, hozirda ham shu holda davom etmoqda», — dedi «Qirg‘izland» eksportchilar va import qiluvchilar assotsiatsiyasi raisi Lenara Niyozbekova.

2019 yil O‘zbekistonga chorva mollarini eksport qilishdan tushgan tushumlar atigi 1,2 million dollarga zo‘rg‘a yetgan bo‘lsa, o‘tgan yilning 11 oyi davomida bu ko‘rsatkich 13,1 million dollarni tashkil etgan.

Ammo haqiqiy miqdorlar bundan bir necha baravar yuqori, deydi tadbirkorlar. «Masalan, bizning assotsiatsiyamiz tomonidan 7 million dollar miqdoridagi eksport bo‘yicha shartnomalar imzolandi. Bu shunchaki bizning uyushmamiz tomonidan imzolangan shartnoma xolos. Bizning ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda yana xuddi shunday 20 ta qonuniy eksport qiluvchi topilmaydi», — deya ta’kidlab o‘tgan Niyozbekova.

19 noyabr kuni hukumat Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya vazirligining tavsiyasiga binoan Qirg‘izistondan chorva mollarini eksport qilishni taqiqlab qo‘ygan va bu qarorini oziq-ovqat xavfsizligi masalasi bilan izohlagan. Bir hafta o‘tgach, Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshlig‘i Tilek To‘qtigaziyev ommaviy kontrabanda to‘g‘risida shikoyat qilib: «Biz mamlakatimizning janubiy viloyatlarida mollarni chet elga qanday qilib olib o‘tilishi to‘g‘risida ko‘plab ma’lumotlar va faktlarni olyapmiz. Agar biz faqat qoramollarni hisoblasak, unda kuniga 1000 boshgacha qoramol tashilmoqda», — degan u.

Davlat chegara xizmati, o‘z navbatida, To‘qtogaziyevning nutqini «populistlik» deb atagan. Davlat chegara xizmati chegaraoldi hududlari aholisi bilan doimiy ravishda tushuntirish ishlari olib borilishiga ishontirgan.

Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegara uzunligi 1378 kilometrni tashkil etadi, shundan 15% hali ham hisobga kiritilmagan. Ammo ayrim hududdagi chegara chiziqlarida to‘siqlar majud emas.

Qirg‘iz chorvalarini O‘zbekistonga sotish shov-shuvlari Qozog‘istondan hayvonlarni eksport qilish taqiqlangandan keyin yuz bergan, deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 82
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 276
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 139
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 107
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 87
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 103
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 83
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 52
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 17
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 23
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 152
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 109
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 37
  • Fayzullayev Yevropaga qachon ketishi aytildi 25 apr, 21:56 191
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 248
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 69
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 162
  • Bo‘limlar