“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2021, 20:49
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Buxoroning «Nizomiy» mahallasida qurilgan yangi uylarni borib ko‘rdi

22 yanv, 20:53 695 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Buxoroning «Nizomiy» mahallasida qurilgan yangi uylarni borib ko‘rdi Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari Buxoro shahrining «Nizomiy» mahallasida qurilgan zamonaviy uylarni borib ko‘rdi, deya xabar qilmoqda Prezident matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, ilgari bu hududda pana-pastqam, kanalizatsiyasi yo‘q uylar bo‘lib, shahar ko‘rkini buzib turgan. 2020 yili bu yerda 7 qavatli zamonaviy uylar, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari barpo etildi.

Shavkat Mirziyoyev mehnat faxriysi Ne’mat ota Xotamov xonadoniga kirdi. Dasturxon atrofida dildan suhbat bo‘ldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Bu oila oldin shu mahalladagi eski uyda istiqomat qilar edi. Endi barcha ushbu zamonaviy mavzeda yashayotganidan rozi.
Prezident xalq mana shunday zamonaviy sharoitlarda yashashga munosib ekanini ta’kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Shu yerda Buxoro viloyatida avtomobil yo‘llari qurish va ta’mirlash, Buxoro shahrida oqova suv inshootlari qurish, eski ko‘p qavatli uylar qiyofasini yangilash rejalari haqida axborot berildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev Toshkentga jo‘nab ketdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 21 yanvarda Buxoro viloyatiga tashrif buyurgandi. Tashrif davomida Prezident to‘rtta tuman faollari bilan uchrashdi, «Buxoro Varnet» agrosanoat majmuasini borib ko‘rdi, Bukhara Cotton Textile korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Bundan tashqari, Prezident IT-Park’ni borib ko‘rdi va yoshlar bilan suhbatlashdi. Shundan so‘ng Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev Qarshidagi ko‘p qavatli uylarni borib ko‘rdi 13 noya, 18:24
  • Shavkat Mirziyoyev Sardoba fojiasidan jabrlanganlar uchun qurilgan uylarni borib ko‘rdi 13 okt, 17:50
  • Mirziyoyev Bog‘iston ko‘chasidagi yangi uylarni borib ko‘rdi (foto) 10 мая, 15:46
  • Shavkat Mirziyoyev Samarqandda yangi qurilgan uylardagi xonadonlardan birida mehmon bo‘ldi (foto) 11 yanv, 15:07
  • Prezident Nukusdagi bog‘cha va poliklinika faoliyati bilan tanishdi (foto) 16 noya, 22:36
  • Prezident ko‘rsatilayotgan kommunal xizmat bilan tanishib, odamlar bilan muloqot qildi 05 yanv, 16:19
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainadagi musobaqada 3 nafar bokschimiz finalga chiqdi 26 fev, 20:23 1
  • Sayyor qabullar aholi murojaatlari bilan ishlashning samarali usuli 26 fev, 20:00 0
  • O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana pastladi 26 fev, 19:47 19
  • Fuqaro foydasiga yetkazilgan zarar undirildi 26 fev, 19:46 21
  • O‘runovni “Spartak”da Tedesko “sindirgani" rostmi? 26 fev, 19:14 75
  • 106 millionlik parfyumeriya vositalari manziliga yetib bormadi 26 fev, 18:53 80
  • "Stranja". Shahobiddin Zoirov kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi 26 fev, 18:41 276
  • Bojxonachilar salkam 56 mln. so‘mlik dorilarning yashirin savdosiga chek qo‘yishdi 26 fev, 18:30 103
  • Vagonlarda yashirilgan kontrabanda predmetlari fosh bo‘ldi 26 fev, 18:06 149
  • Salkam 1 milliard 322 million so‘mlik qing‘irlikka chek qo‘yildi 26 fev, 17:43 179
  • Prezident yangi qonunni imzoladi 26 fev, 17:20 674
  • Avtomobilni ijaraga olishda firibgarlardan qanday himoyalanish mumkin? 26 fev, 16:45 240
  • Bo‘limlar