“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2021, 05:57
ЎЗO‘Z

LG smartfonlar bozoridan ketmoqda

22 yanv, 17:30 1 170 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
LG smartfonlar bozoridan ketmoqda Foto: Hi-Tech.Mail.ru
LG kompaniyasi 2021 yilda mobil bo‘linmasini yopish haqida qaror qabul qilmoqda. Kompaniya bosh direktori Kvon Bong-Sok tomonidan xodimlariga yo‘llangan maktubda smartfonlar bozorida raqobat juda kuchli bo‘lib ketgani va shu sababli bunday og‘ir qarorni qabul qilish vaqti kelgani haqida yozilgan, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Hozirda LG bir nechta variantlarni ko‘rib chiqmoqda — smartfonlar ishlab chiqarishni butunlay to‘xtatish, sotish yoki biznesning kichik bir qismini olib qolish. Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, hozircha yakuniy qarorga kelinmagan.

Gap shundaki mobil biznes LG uchun so‘nggi besh yildan buyon faqat zarar keltirmoqda. Kompaniya bu vaqt davomida tijoriy jihatda muvaffaqiyatli birorta smartfonni taqdim eta olmadi. O‘tgan davr mobaynida yangi modellar paydo bo‘lishi sezilarli darajada kamayib ketdi va ular ayrim davlatlardagina sotilmoqda.

Ayni vaqtda LG hatto dunyo bo‘ylab smartfon ishlab chiqaruvchilarning top-10 ligiga ham kirmaydi. 2020 yilda kompaniya 7,2 million dona smartfon ishlab chiqargan — asosiy raqiblar bir—ikki haftada shuncha smartfon sotadi. 2014 yilda esa LG Xiaomi bilan bir qatorda smartfon sotardi — qariyb 70 million.

Shunga qaramay, LG 2021 yilda bir nechta smartfonlarini taqdim etishga ulguradi. CES 2021 ko‘rgazmasida kompaniya buklanadigan displeyga ega LG Rollable’ni namoyish etgan — mish-mishlarga ko‘ra, u mart oyida sotuvga chiqadi. Shuningdek, kompaniyaning boshqa ko‘plab bizneslarida qoladi — displey va boshqa ehtiyot qismlar, televizorlar, maishiy buyumlar va hokazo ishlab chiqarish.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Jahon bozorida 5G-smartfonlar sotuvi keskin o‘sishi taxmin qilinmoqda 11 sen, 21:13
  • Eng foydali smartfonlar nomi e’lon qilindi 05 iyul, 10:53
  • Apple iPhone 12’ni naushnik va quvvatlantirgichsiz ishlab chiqaradi 02 iyul, 15:06
  • “Apple” 2020 yilda egiluvchan “iPhone” taqdim etadi 24 mar, 23:30
  • Huawei Apple‘ni dog‘da qoldirdi 25 okt, 01:37
  • Samsung vakillari Galaxy S6 va S6 Edge smartfonlaridan 70 mln dona sotishni rejalashtirmoqda 17 apr, 12:30
  • So'nggi yangiliklar
  • Shifokor kartoshkaning salomatlikka zararidan ogohlantirdi 28 fev, 23:58 286
  • Britaniyalik ayol 32 yil ichida 22 marotaba ona bo‘ldi (foto) 28 fev, 23:30 259
  • Rossiya iqlimni monitoring qiluvchi sun’iy yo‘ldoshni koinotga uchirdi (video) 28 fev, 22:53 313
  • Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushgan o‘yinda «Jenoa» «Inter»ga yirik hisobda yutqazdi 28 fev, 22:33 499
  • AQSH Arktikada Rossiyaga qarshi kurashish uchun sun’iy yo‘ldoshlarni yangilamoqchi 28 fev, 22:00 631
  • OKMK futzalchisi Timur Berdiyev avtohalokatga uchrab vafot etdi 28 fev, 21:30 741
  • Yurak xuruji yuz berguniga qadar bilish kerak bo‘lgan ushbu kasallikka oid 6 fakt 28 fev, 20:53 870
  • Priyanka Chopra haqidagi avval e’lon qilinmagan 11 ta ma’lumot 28 fev, 20:05 472
  • Nigeriyada o‘g‘irlab ketilgan 300dan ko‘proq qiz ozod qilindi 28 fev, 19:28 657
  • Bolaligidan yulduz bo‘lishga ulgurgan Emma Uotson karerasini yakunlamoqda 28 fev, 18:48 414
  • “Lokomotiv”ning ispaniyalik legioneri “Marca”ga intervyu berdi: O‘zbekistonda kinolardagidek yashamoqdaman 28 fev, 18:13 555
  • Surxondaryoda opa-ukalar kelini va uning onasini o‘ldirish uchun killer yolladi 28 fev, 17:43 1 012
  • Bo‘limlar