“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2021, 11:51
ЎЗO‘Z

Amerikalik erkak 75 ming dollar evaziga oyoqlarini uzaytirdi

22 yanv, 15:18 1 024 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Amerikalik erkak 75 ming dollar evaziga oyoqlarini uzaytirdi Foto: Daily Mail
Texas shtatining Dallas shahrida istiqomat qiluvchi Alfonso Flores bo‘yini o‘stirib, xuddi basketbolchilarga o‘xshash borasidagi orzusini amalga oshirish uchun 75 ming dollarga oyoqlarini operatsiya qildirdi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Ta’kidlanishicha, 28 yoshli erkak o‘smirligidayoq bo‘yi baland bo‘lishini istagan. 2020 yilda u jarroh-ortoped Kevin Debiparshad rahbarligidagi Las-Vegasda joylashgan klinikalarning birida qimmat turuvchi operatsiyani o‘tkazishga qaror qilgan.

Doktor Debiparshadning so‘zlariga ko‘ra, tos sonini uzaytirish bo‘yicha LimbplastX soatbay kosmetik jarayoni minimal darajada invaziv hisoblanadi — jarrohlar bemor oyog‘ida to‘rttadan oltitagacha kesishlarni amalga oshiradi.

Foto: Daily Mail
Son suyagi bo‘shlig‘iga bemor masofadan turib boshqarish pulti yordamida boshqara oladigan superzamonaviy implant joylashtiriladi. Sekin-asta uzayib, qurilma suyakni cho‘zadi.

Alfonso jarrohlik amaliyotidan bir soat o‘tib, yura boshlagan va uning tan olishicha, operatsiya kutganidek og‘riqli bo‘lib chiqmagan.

Foto: Daily Mail
Natijada erkakning bo‘yi besh santimetrga oshib, 185 santimetrga yetgan.

«180 santimetr yaxshi bo‘y ekanligini bilaman va ko‘plab insonlar shunga ham xursand bo‘ladi, ammo men balandroq bo‘lishni xohladim», — deydi amerikalik.

U o‘zi havas qilgan insonlar orasida basketbolchilar Maykl Jordan, Fil Jekson, Kobi Brayant va otasi borligini sanab o‘tgan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Kim Chen Inda o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti tafsilotlari paydo bo‘ldi 27 apr, 07:15
  • Meksikada karantindagi erkak chips sotib olish uchun itini do‘konga yubordi (foto) 28 mar, 11:02
  • Xitoylik erkakning orqasidagi 15 kg oʻsimtani olib tashlashga bir kundan koʻproq vaqt talab etildi 19 apr, 06:55
  • Hindistonlik tadbirkor soch ektirgani sabab vafot etdi 15 mar, 10:26
  • Bir tanada 2 yurak: Hindistonlik erkak “ikkita yurak” bilan yashay boshladi 23 fev, 19:22
  • Amerikalik erkak olamdan o‘tgach, uni oilasi bilan birga qayta tiriltirishlari uchun 140 ming dollar haq to‘ladi 22 dek, 20:51
  • So'nggi yangiliklar
  • «Narxoz»ga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 15 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi 01 mar, 11:11 0
  • Jalaquduqda qarzdorlik uchun to‘yxona xatlandi 01 mar, 10:50 0
  • Shirin shahrida MIB tomonidan tadbirkor foydasiga 580 mln. so‘mdan ortiq qarzdorlik undirildi 01 mar, 10:23 0
  • Myanmadagi isyonlarda bir kunda 18 kishi o‘ldirildi 01 mar, 09:57 10
  • Mahallalarda «Elektron kuzatuv maskan»lari tashkil etiladi 01 mar, 09:28 65
  • Turkiya Oyga yuborish uchun mo‘ljallangan raketa ustida ishlarni boshladi 01 mar, 09:00 74
  • Rossiyalik epidemiolog COVID-19 mavsumiy kasallikka aylanishi mumkinligini aytdi 01 mar, 08:30 134
  • Chexiya prezidenti Putindan «Sputnik V» so‘radi 01 mar, 08:00 165
  • Bosh prokuratura kafedagi yong‘inda halok bo‘lgan 5 kishi haqida ma’lumot berdi 01 mar, 07:00 582
  • Shifokor kartoshkaning salomatlikka zararidan ogohlantirdi 28 fev, 23:58 794
  • Britaniyalik ayol 32 yil ichida 22 marotaba ona bo‘ldi (foto) 28 fev, 23:30 525
  • Rossiya iqlimni monitoring qiluvchi sun’iy yo‘ldoshni koinotga uchirdi (video) 28 fev, 22:53 442
  • Bo‘limlar