“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 20:46
ЎЗO‘Z

Kattaqo‘rg‘onda zo‘rlangan o‘smir bedarak yo‘qolgan, aybdorlardan biri to‘satdan vafot etgan

20 yanv, 15:43 5 726 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kattaqo‘rg‘onda zo‘rlangan o‘smir bedarak yo‘qolgan, aybdorlardan biri to‘satdan vafot etgan Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan holat haqida prokuratura bayonot berdi. Bayonotda keltirilgan voqealar rivoji chigal ko‘rinish olganini ilg‘ash mumkin. O‘zining zo‘rlanganini aytib IIBga murojaat qilgan voyaga yetmagan shaxs oradan bir hafta o‘tib, bedarak yo‘qolgan. Zo‘rlashda ayblangan fuqarolardan biri uyida vafot etgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, 2021 yil 2 yanvar kuni 2004 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan P.E. Kattaqo‘rg‘on tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda fuqaro I.S. o‘zining «Matiz» rusumli avtomashinasida uni Kattaqo‘rg‘on shahar «Chinobod» mahallasi hududiga olib borib, zo‘rlik ishlatib nomusiga tekkanligini, shuningdek, fuqaro S.R. ham «VAZ 2106» rusumli avtomashinasida uni Kattaqo‘rg‘on tumani hududida joylashgan «Suv ombori» hududiga olib borib, uni zo‘rlab jinsiy aloqa qilganligini ko‘rsatib ularga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruvga kirishilib, voqea joyi ko‘zdan kechirilgan, ishga aloqador shaxslarning ko‘rsatuvlari olinib, voyaga yetmagan P.E.ning tanasida tan jarohatlariga aniqlik kiritish maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertiza tayinlangan.

Ishda to‘plangan dalillarga asosan O‘zbekiston Respublikasi JKning 118-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda jinoyat ishi yuzasidan hududiy tegishliligi bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, P.E.ning arizasida ko‘rsatilgan fuqaro S.R. 2021 yil 13 yanvar kuni o‘zining Kattaqo‘rg‘on tuman «Saroyqo‘rg‘on» mahallasida joylashgan uyida vafot etganligi aniqlangan.

Fuqaro S.R.ning o‘lim sabablarini aniqlash yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, 2021 yil 14 yanvar kuni Kattaqo‘rg‘on shahar prokuraturasiga fuqaro S.S. ariza bilan murojaat qilib, unda voyaga yetmagan farzandi P.E. 10 yanvar kuni uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yo‘qolganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 0
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 143
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 184
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 132
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 61
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 11
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 46
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 40
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 123
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 128
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 67
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 143
  • Bo‘limlar