“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 06:15
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev: «Milliy g‘oya deganda eski sovet mafkurasini tasavvur qilib, labiga uchuq toshayotganlar ham yo‘q emas»

20 yanv, 15:13 2 748 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev: «Milliy g‘oya deganda eski sovet mafkurasini tasavvur qilib, labiga uchuq toshayotganlar ham yo‘q emas» Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 yanvar, seshanba kuni ma’naviyat masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari mamlakat mafkurasining asosiy g‘oyasi haqida so‘z yuritarkan, yangi O‘zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g‘oyasi bo‘lishini qayd etdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

«Afsuski, hali oramizda milliy g‘oyaning, ma’naviyatning mohiyatini to‘liq anglab yetmaganlar, ma’naviyat kerakmi-yo‘qmi deb yurganlar ham yo‘q emas. Milliy g‘oya deganda eski sovet mafkurasini tasavvur qilib, labiga uchuq toshayotganlar ham yo‘q emas. Bu ham haqiqat. Lekin agar mafkura odamiy bo‘lsa, insonning huquq va erkinliklarini, uning qadr-qimmatini ulug‘lashga xizmat qilsa, nima uchun undan qo‘rqishimiz kerak?

Hamma harakatlarimizning asosi — xalqimizni rozi qilish, odamiylik nuqtai nazaridan nimaki qilayotgan bo‘lsak, hammasining asosi shu. Shu munosabat bilan ta’kidlab aytmoqchiman, biz yaratayotgan Yangi O‘zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g‘oyasi bo‘ladi.

Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Albatta, bu yuksak g‘oyalar osmondan tushmagan. Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan
», — dedi Prezident.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 87
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 312
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 140
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 107
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 87
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 103
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 8
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 12
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 121
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 64
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 27
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 36
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 200
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 139
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 128
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 45
  • Fayzullayev Yevropaga qachon ketishi aytildi 25 apr, 21:56 233
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 299
  • Bo‘limlar