“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 15:56
ЎЗO‘Z

Eldor Shomurodovga nima yetishmayapti?

20 yanv, 10:21 3 200 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Eldor Shomurodovga nima yetishmayapti? Italiya A Seriyasining 18-turida “Jenoa” jamoasi o‘zidan ancha kuchli bo‘lgan “Atalanta” maydonidan bir ochko bilan qaytdi. Davide Ballardini kelganidan keyin jamoa o‘yinida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berayotganini ko‘rgan muxlislar endi kuchli klublar bilan to‘qnashuvlarda ham futbolchilardan g‘alaba talab qilmoqda.

Xususan, “Atalanta”ga qarshi uchrashuvda “Jenoa”ning eng faol o‘yinchilaridan bo‘lgan Eldor Shomurodovning xatti-harakatlari genuyalik futbol ishqibozlarini to‘liq qoniqtirmadi. Ular jamoa yetakchisiga aylanib borayotgan o‘zbekistonlik hujumchidan gol talab qilmoqda.

Ushbu turda to‘liq o‘ynagan Eldor Shomurodov uchrashuv davomida mezbonlar darvozasiga ikkita xavfli zarba berdi. Birinchisi ustun yonginasidan o‘tib ketgan bo‘lsa, ikkinchisini darvozabon bartaraf qildi. Shuningdek, o‘zbek futbolchisi jamoadoshlari uchun ikkita xavfli vaziyat yaratib berdi.

An’anaga ko‘ra, e’tiboringizga genuyalik muxlislarning Eldor Shomurodovning o‘yiniga bildirgan munosabatlarini havola qilamiz.

Edoardo Cassinelli:
Shomurodovning faolligi menga yoqdi, lekin vaziyatlardan foydalana olmaganini ham aytish kerak. Birinchi bo‘limda yuzaga kelgan vaziyatlarni golga aylantirish kerak edi.

Idalgo Parodi:
Shomurodovning ikkinchi bo‘limdagi o‘yinidan hafsalam pir bo‘ldi. Birinchi taymda juda zo‘r o‘ynadi va ikki marta gol urishi mumkin edi. Menimcha, butun uchrashuvni yuqori darajada o‘tkazishga hali kuchi yetmayapti.

Matteo Biggi:
Omadimiz keldi. “Atalanta” bahsning ikkinchi yarmida bir necha marta gol urishi mumkin edi. O‘yin bo‘yicha manga darvozabonimiz va Eldor ma’qul keldi. U raqib darvozasi oldida bosim uyushtirib turdi.

Daniele Petragallo:
Ketma-ket ikkinchi bellashuvda hujumdagi qudratimizdan foydalana olmayapmiz. Biz “Yuventus” va “Atalanta”ni yengib, ikki marta sensatsiya ko‘tarishimiz mumkin edi. Turindagi bahsda Davide Ballardini Eldor Shomurodov va Mattia Destroga imkon bermadi. “Atalanta”ga qarshi Destro va Janluka Skamakka ham o‘ynamadi. Afsuski, Shomurodovga yordam beradigan kuchli sherik yetishmadi.

Mirko Sostegni:
Bu o‘yinda Shomurodovning harakatlari yoqmadi. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda. Bunaqada o‘zbek futbolchisi yana zaxiraga olinadi.

Paolo Valerioti:
Hujumda yaxshi o‘ynay olmadik. Muammo ikkinchi bo‘limda yopiq o‘yin namoyish qilganimizda. To‘p Shomurodovgacha yetib kelmadi. Eldorni to‘p bilan ta’minlaydigan futbolchi yetishmayapti.

Giancarlo Cundo:
Shomurodovga Destroning yordami yetishmadi. Unga kuchli sherik kerak. Marko Pyatsa hujumchi emas, ikkinchi bo‘limda o‘yinga qo‘shilgan Goran Pandev jarohatdan endi qutildi.

Matteo Piombo:
Shomurodov bunaqa o‘yin bilan “Yuventus”ga o‘tolmaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 347
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 174
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 83
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 371
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 276
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 178
  • So'nggi yangiliklar
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 0
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 0
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 0
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 1
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 1
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 21
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 64
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 216
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Bo‘limlar