“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2021, 12:49
ЎЗO‘Z

Andijonlik ota bir necha yildan beri voyaga yetmagan qizini zo‘rlab kelgani aytilmoqda (video)

19 yanv, 19:09 4 109 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andijonlik ota bir necha yildan beri voyaga yetmagan qizini zo‘rlab kelgani aytilmoqda (video) Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida yashovchi voyaga yetmagan qiz otasi tomonidan zo‘rlab kelinayotgani haqida video tarqaldi.

Qizning aytishicha, otasi 43 yoshli T.A. uni ilk bor 9-sinfda o‘qiyotgan paytda oyoq-qo‘lini bog‘lab, zo‘rlagan va «Yo men bilan bo‘lasan yo bu uyda yashamaysan», deb po‘pisa qilgan. Shundan so‘ng ota o‘z qizini muntazam zo‘rlab, kaltaklab kelgan.

Qizning onasi 2010 yilda vafot etgach otasi boshqa ayolga uylangan. Qiz bu haqida qo‘shnilari, o‘gay onasi, qarindosh-urug‘lariga ham aytgan. Biroq hech kim yordam bermagan, balki uni yolg‘onchilikda ayblashgan. O‘tgan yilning avgust oyida Abdumalik ismli profilaktika inspektoriga murojaat qilgan.

Ta’kidlanishicha, ichki ishlar xodimi otaga og‘zaki ogohlantirish bergan, xolos. Keyinroq esa inspektor «Telefon yoki kameraga tasvirga tushirib ber, shundagina unga qarshi jinoiy ish ochaman», deb maslahat bergan.

Qizning aytishicha, ichki ishlar organlari, mahalla qo‘mitasi, xotin-qizlar bo‘yicha maslahatchilari ham bunga nopisandlik qilmoqda. Qizig‘i, mas’ul organlar buni isbotlashni qizning o‘zidan so‘rashmoqda.

Uyida muntazam haqoratlangan, zo‘rlangan o‘smir maktabga ham muntazam qatnay olmagan. O‘z joniga qasd qilishga bir necha bor uringan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi holat yuzasidan tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi.

Xabar qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari o‘tkazilmoqda. Tekshirish jarayoni Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘gay qiziga zulm o‘tkazgan ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi 21 dek, 14:53
  • Chirchiqda 10-sinf qizlari quyi sinfda o‘qiydigan qizni do‘pposladi 14 iyul, 15:30
  • Toshkentda 13 yoshli qiz o‘zining «o‘g‘irlanishini» qanday tashkillashtirdi? 01 fev, 21:53
  • Fargʻonalik 14 yoshli homilador qizning taqdiri qanday kechdi? 29 sen, 23:30
  • Farg‘onada ona o‘z qizini jinsiy aloqaga majburlaganlikda gumon qilinmoqda 19 avg, 13:20
  • Toshkentda voyaga yetmagan qiz "zo‘rlab" ketilgani aniqlandi 12 iyun, 10:27
  • So'nggi yangiliklar
  • Marskezar «Qizil sayyora»da ilk «qadamlarini tashladi» 06 mar, 12:00 0
  • Lizing asosida avtomashina va’da qilgan shaxs firibgar bo‘lib chiqdi 06 mar, 11:30 64
  • Eng kattasi «yarim dollar»: giperinflyatsiyani boshdan o‘tkazayotgan Venesuela yangi pullarini chiqardi 06 mar, 11:02 138
  • Tayvanlik erkak xotinini aldash uchun PlayStation 5’ni unga router deb tushintirgan 06 mar, 10:33 180
  • «Juda xavfli»: ekspert ilovani zudlik bilan o‘chirib tashlashni tavsiya qildi 06 mar, 10:08 436
  • “Ijtimoiy yotoqxona”ga joylashtirilgan ayol farzandlari yotog‘ini foxishaxonaga aylantirdi 06 mar, 09:25 499
  • Eron AQSHning qayta tiklagan sanksiyalari oqibatida ko‘rgan zararini 200 mlrd dollarga baholadi 06 mar, 08:57 235
  • Navoiy xalqaro aeroporti MDHdagi «Eng yaxshi aeroport—2020» tanlovi g‘olibi bo‘ldi 06 mar, 08:30 185
  • O‘zbekistonda ketma-ket ikki zilzila sodir bo‘ldi 06 mar, 07:47 540
  • Benksining asari 95 ming dollarga sotib olindi va kriptovalyutaga aylantirish maqsadida yoqib yuborildi (video) 06 mar, 07:13 285
  • Fuqaroni 5 ming dollar evaziga DXXga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi 06 mar, 00:29 553
  • Ikkinchi jahon urushi boshlanishi uchun kim "pul tikkan". Maxfiy hujjatlar oshkor bo‘ldi 06 mar, 00:05 2 172
  • Bo‘limlar