“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2021, 14:42
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston ichki iste’molni qondirish uchun tabiiy gaz import qiladi

19 yanv, 15:13 1 702 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston ichki iste’molni qondirish uchun tabiiy gaz import qiladi Bugun AOKAda «O‘ztransgaz» AJ matbuot kotibi Shahnoza Ravshanova ishtirokida brifing o‘tkazildi. «O‘ztransgaz» AJ tabiiy gazni eksport va import qilish uchun gaz qazib oluvchi tashkilotlardan olib, magistral gaz quvuriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan iste’molchilarga yetkazib beruvchi operator sanaladi.

Matbuot kotibi ma’lumotiga ko‘ra, 2020 yilda respublika iste’molchilariga qariyb 40 milliard kub metr tabiiy gaz yetkazib berildi. Kuz-qish mavsumi sovuq kelgani bois hukumat topshirig‘i bilan eksport hajmi kamaytirilib, ichki iste’molga yo‘naltirildi.

Joriy yil so‘ngiga qadar ulgurji iste’molchilarning ma’lum bir qismi tabiiy gazni birjalar orqali sotib olishni boshlaydi va bu jarayon bosqichma-bosqich davom ettiriladi. Ortib borayotgan ichki iste’mol talabini qondirish maqsadida tabiiy gaz importi yo‘lga qo‘yiladi.

Magistral gaz quvurlarida gaz hisobi va nazoratining avtomatlashtirilgan onlayn tizimi (ASKUG) joriy etilgani natijasida gaz qazib oluvchi tashkilotdan olinayotgan hamda iste’molchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazilayotgan gazning hisobini onlayn yuritish imkoni yaratildi.

Prezident Sh.Mirziyoyevning Parlamentga yo‘llagan murojaatida tabiiy gaz ta’minotidagi monopoliya bekor qilinib, bozor mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etilishi ta’kidlandi. Bunda ishlab chiqaruvchi va importyorlar birja orqali tabiiy gazni sotish, ulgurji iste’molchilar esa gazni sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. «O‘ztransgaz» AJ esa faqat gazni transportirovka qiladi. Hozirda ayni jarayonning normativ-huquqiy asoslari ishlab chiqilmoqda.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Rossiyaga gaz eksportini to‘xtatdi, Xitoyga eksport uch baravar qisqardi 17 iyul, 13:56
  • O‘zbekiston qachon tabiiy gaz eksportini to‘xtatadi? 18 yanv, 22:13
  • «O‘zbekneftgaz» rahbari gaz uchun «Lukoyl»dan 600 mln dollar qarzdorlik holatiga izoh berdi 28 iyun, 14:24
  • AQSH Oʻzbekistonda gaz qazib olishni boshladi 14 mar, 19:00
  • O‘zbekiston tabiiy gaz qazib oluvchi mamlakatlar qatorida nechanchi o‘rinda? (infografika) 25 fev, 14:05
  • Ergash Shoismatov «O‘ztransgaz» rahbari bo‘ldi 23 dek, 22:02
  • So'nggi yangiliklar
  • Texasdagi sovuq ob-havo neft narxiga ta’sir qildi 26 fev, 14:22 0
  • "Stranja". Bugun Jalolov, Zoirov, Baturov va yana bir nechta bokschilarimiz final yo‘llanmasi uchun kurashadi 26 fev, 12:02 106
  • 27 fevral kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda? 26 fev, 11:00 304
  • O‘zbekistonda dinozavrlarning noyob turi aniqlandi 26 fev, 10:00 111
  • Maxsus komissiya qator ommaviy tadbirlarga ruxsat berdi 26 fev, 08:30 642
  • Xonanda SanJay rafiqasi Alisha bilan ajrashdimi? 26 fev, 08:00 572
  • MIB: Bank foydasiga kredit qarzdorligi undirib berildi 26 fev, 07:30 219
  • Bayden Trampning AQSHga kirishni taqiqlash to‘g‘risidagi buyrug‘ini bekor qildi 26 fev, 07:00 310
  • Pashinyan davlat to‘ntarishiga urinish haqida e’lon qildi, Yerevanda namoyishlar boshlandi 26 fev, 00:23 471
  • «Aholida 10 milliard dollar bor» – Sodiq Safoyev bo‘sh mablag‘dan foydalanish zarurligini aytdi 25 fev, 23:55 877
  • Toshkentdagi «Avtomoyka»dan olib qochilgan «Nexia-3» Andijonda topildi 25 fev, 23:30 409
  • Xitoylik oila «ortiqcha» bolalar uchun katta jarima to‘ladi 25 fev, 23:00 1 008
  • Bo‘limlar