Foto: «Instagram»Dunyoning eng yirik Sahroi Kabir cho‘lida g‘ayriodatiy holat kuzatilmoqda — hammayoq oppoq qor bilan qoplandi. Yanvar oyida o‘rtacha harorat 20 daraja issiqdan pasaymaydigan sahroda harorat nuldan ham tushib
ketdi.
![]()
Sahroi Kabir va Saudiya Arabistonidagi g‘aroyib qish manzaralarini suratkash Karim Buchetata «Instagram»da e’lon qildi.
![]()
Karim Buchetata Jazoirning Ayn-Sefra shahridan uncha uzoq bo‘lmagan qorli cho‘lni, qor yog‘ishidan keyin -3 daraja sovuqda qumliklarda yurgan qo‘ylarni, Saudiya Arabistoni shimoli-g‘arbidagi Tabuk tumanida qor bosgan tuyalarni suratga oldi.
![]()
Yoz pallalarida Sahroi Kabirda havo 50 darajagacha qiziydi, ammo ayni paytda nuldan ham past.
![]()
Saudiyada esa yanvar — eng sovuq oy, o‘rtacha harorat 20,2 daraja iliq bo‘ladi. Mamlakatning qishi eng izg‘irinli hududlaridan sanalgan Tabukda esa harorat 4 darajagacha pasayadi. 10 yanvar kuni yoqqan mo‘l qor hatto tabukliklarni ham hayratda qoldirdi. O‘sha kunlari Livan, Suriya va Eron ham oppoq qorga burkandi.
![]()