“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2021, 05:48
ЎЗO‘Z

Rossiya qurilish ishlariga mehnat migrantlarini jalb qilishni soddalashtiriladi

18 yanv, 21:49 1 784 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiya qurilish ishlariga mehnat migrantlarini jalb qilishni soddalashtiriladi Foto: EPA
Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga 2021 yil 1 martga qadar boshqa mamlakat mehnat migrantlarini qurilish maydonlarida ishlashga jalb qilishning soddalashtirilgan tartibi bo‘yicha takliflar kiritish vazifasini topshirdi. Bu haqda «RBK» xabar berdi.

Qayd etilishicha, prezident topshirig‘ida Rossiya fuqarosi bo‘lmagan ishchilarni, shu jumladan «MDHning ayrim mamlakatlari» fuqarolarini qurilish-montaj ishlarini bajarishga jalb qilishning soddalashtirilgan tartibi haqida gap ketmoqda. Hujjatga ko‘ra, mehnat migrantlarini virusga qarshi talablarga rioya qilgan holda ishga jalb qilish rejalashtirilgan.

Avvalroq Moskva qurilish boshqarmasi shahar qurilish maydonlarida ishchilar yetishmasligi haqida xabar bergan. Boshqarma boshlig‘i Rafik Zagrutdinovning so‘zlariga ko‘ra, 2020 yil dekabr oyida Moskva qurilish maydonlarida taxminan 60-65 ming ishchi ishlagan, kadrlar tanqisligi 10 ming kishiga baholanmoqda.

Rossiya Qurilish vazirligi dekabr oyida mamlakatning 50 ta hududida ishchi kuchi yetishmasligi haqida ma’lum qilgan. Vazirlik quruvchi-migrantlarning Rossiyaga kirishi tartibini soddalashtirish to‘g‘risidagi takliflarni tayyorlab, uni IIV, Mehnat vazirligi va «Rospotrebnadzor» bilan muvofiqlashtirib, ko‘rib chiqish uchun hukumatga yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya IIV mamlakatda migrantlar soni kamayib ketganini ma’lum qilgandi. 2020 yil dekabr oyining o‘rtalarida Rossiya Qurilish vazirligi mehnat muhojirlarining mamlakatga kirishini soddalashtirish taklifi bilan chiqqandi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiyaning Astraxan viloyati 2021 yilda O‘zbekistondan 10 ming mehnat migrantini qabul qilmoqchi 28 noya, 08:00
  • Rossiya ayrim migrantlar uchun chegarani ochishga tayyor: kimlarga ruxsat beriladi 16 noya, 15:05
  • Putin xorijliklarning Rossiya fuqaroligini olishini osonlashtiruvchi qonunni imzoladi 14 iyul, 07:25
  • Belorussiya o‘zbekistonlik migrantlarni jalb qilishga qiziqmoqda 27 dek, 16:20
  • Rossiyada iqtisodiyotning qator tarmoqlarida migrantlar ulushi qisqaradi 15 sen, 23:32
  • Rossiya 2018 yilga migrantlar uchun kvotani qisqartirdi 08 dek, 22:20
  • So'nggi yangiliklar
  • Shifokor kartoshkaning salomatlikka zararidan ogohlantirdi 28 fev, 23:58 286
  • Britaniyalik ayol 32 yil ichida 22 marotaba ona bo‘ldi (foto) 28 fev, 23:30 259
  • Rossiya iqlimni monitoring qiluvchi sun’iy yo‘ldoshni koinotga uchirdi (video) 28 fev, 22:53 313
  • Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushgan o‘yinda «Jenoa» «Inter»ga yirik hisobda yutqazdi 28 fev, 22:33 499
  • AQSH Arktikada Rossiyaga qarshi kurashish uchun sun’iy yo‘ldoshlarni yangilamoqchi 28 fev, 22:00 631
  • OKMK futzalchisi Timur Berdiyev avtohalokatga uchrab vafot etdi 28 fev, 21:30 741
  • Yurak xuruji yuz berguniga qadar bilish kerak bo‘lgan ushbu kasallikka oid 6 fakt 28 fev, 20:53 870
  • Priyanka Chopra haqidagi avval e’lon qilinmagan 11 ta ma’lumot 28 fev, 20:05 472
  • Nigeriyada o‘g‘irlab ketilgan 300dan ko‘proq qiz ozod qilindi 28 fev, 19:28 657
  • Bolaligidan yulduz bo‘lishga ulgurgan Emma Uotson karerasini yakunlamoqda 28 fev, 18:48 414
  • “Lokomotiv”ning ispaniyalik legioneri “Marca”ga intervyu berdi: O‘zbekistonda kinolardagidek yashamoqdaman 28 fev, 18:13 555
  • Surxondaryoda opa-ukalar kelini va uning onasini o‘ldirish uchun killer yolladi 28 fev, 17:43 1 012
  • Bo‘limlar