“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 10:27
ЎЗO‘Z

Omborxona siri fosh bo‘ldi: muddati o‘tgan mashhur mahsulotlar qanday «yangilanyapti»?

18 yanv, 07:13 2 432 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Omborxona siri fosh bo‘ldi: muddati o‘tgan mashhur mahsulotlar qanday «yangilanyapti»? Foto: IIV
2021 yil 14 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi IJQK Departamenti Toshkent viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Natijada Toshkent shahar Yangihayot tumani Qo‘yliq-3 mavzesida joylashgan «Texno invest» MCHJ bazasida ijarada bo‘lgan xususiy tadbirkorlar M.D. va A.D. iste’mol muddati o‘tib ketgan, iste’molga yaroqsiz «Bliss», «Sochnaya dolina» sharbatlari, «Marinelle» tomat pastasi hamda «Moloko s saxarom» nomli quyultirilgan sut mahsulotlarining muddatlarini yangi sanaga qalbakilashtirib o‘zgartirib, 25.000.000 so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandilar.

Shundan so‘ng ushbu baza hududidagi M.D. va A.D.lar tomonidan ijaraga olingan 2 ta omborxona ko‘zdan kechirildi. U yerda jami 2.477.473.000 so‘mlik iste’mol muddati o‘tib ketgan, iste’molga yaroqsiz, muddatlari yangi sanaga qalbakilashtirilib o‘zgartirilgan «Bliss», «Sochnaya dolina», «Meva» shartbatlari, «Koka kola», «Fanta», «Sprayt» ichimliklari, «Marinelle» nomli tomat pastasi, o‘simlik ikrasi, ananas, jo‘xori, assorti, qovoqchali ikra konservalari, «Derevenskaya», «Moloko s saxarom» nomli quyultirilgan sut, «Amerikan tea», «Veston tea», «Arab tea», Toshkent choy» nomli quruq choy, «Avangard» nomli un mahsulotlari hamda tovarlarning yaroqlilik muddatlarini o‘chirishda foydalanilgan atseton suyuqliklari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olindi.

Ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda, deya ma’lum qildi O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 12
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 33
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 25
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 98
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 113
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 411
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 4
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 12
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 33
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 40
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 25
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 17
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 98
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 235
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 125
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 247
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 118
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 41
  • Bo‘limlar