“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 11 2024, 07:59
ЎЗO‘Z

Konor Makgregor: Ulg‘aygani, jangga tayyorgarlik jarayonlari, chempionlik kamari va Habib haqida

17 yanv, 17:30 2 561 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Konor Makgregor: Ulg‘aygani, jangga tayyorgarlik jarayonlari, chempionlik kamari va Habib haqida Foto: Instagram
Konor Makgregor va Dastin Pore o‘rtasida 24 yanvar kuni Abu-Dabidagi «Jangchilar oroli»da bo‘lib o‘tadigan revansh jangi UFC’ning 2021 yildagi ilk turnirining asosiy bellashuvi bo‘ladi. Irlandiyalik jangchi bugungi kunga kelib, bir qancha intervyular berishga ulgurdi, ammo ulardan eng mazmunlisini (Konorning o‘ziga tegishli bo‘lgan nashr) The MacLife uyushtirdi. Unda Makgregor mashg‘ulot jarayonlari, Pore bilan birinchi jangi va, albatta, Habib Nurmagomedov haqida gapirdi. Quyida ushbu intervyuning eng muhim joylari havola etiladi.

— Mashg‘ulotlaringiz qanday o‘tdi?
— Men imkon qadar o‘zimni asrashga harakat qildim. Jamoam, murabbiylar va sparring-sheriklarni o‘z ichiga olgan tayyorgarlik juda zo‘r o‘tdi. Biz qattiq ishladik, lager qiyin o‘tdi. Biz hamma narsaga tayyormiz va men o‘z mehnatim natijasini ko‘rsatishni hamda butun dunyoga o‘z millatimni yana bir bor eslatib qo‘yishni orziqib kutyapman.

— Hozir qayerdasiz?
— Dubaydaman. Biz bu yerga ertaroq kelganmiz, «Jangchilar oroli»ga yo‘l olishdan oldin bu yerda ishlarimiz bor. Dubayda yana bir necha kun qolamiz, shundan so‘ng orolga («Jangchilar oroli») jo‘naymiz. Ayni paytda biz 48 soatlik izolyatsiyaga olinganmiz (intervyu 14 yanvar kuni uyushtirilgan), bu zaruriy chora. Biz mehmonxonada o‘tiribmiz. Yaqinda menga mashg‘ulot uchun kerak bo‘lgan anjomlar olib kelishadi. Izolyatsiya holatida ham mashq qilishingiz kerak. Abu-Dabini tezroq ko‘rishni istayman, Dubay meni allaqachon hayratlantirib bo‘lgan. Chiroyli joy, bu yerning odamlari ajoyib.

2020 yil men uchun juda yaxshi yil bo‘ldi: eng yirik translyatsiya savdosi, to‘lib-toshgan stadion, oqshomning asosiy jangidagi eng tezkor nokaut. Men bu ishni 40 soniyada bajardim. Kurashmoqchiman, chunki bu mening yuragimda. Ijobiy narsalarga e’tibor qaratmoqchiman, chunki shundoq ham atrofda juda ko‘p salbiy narsalar mavjud. Musobaqalashishga, yonishga va o‘z ishimni maksimal darajada bajarishga harakat qilaman. Bularning barchasi kundalik hayot, sog‘liqni saqlash, biznes va hokazolarda ishlaydi. Musobaqalashsam ichimda bir narsa yonadi.

Deyarli butun yil davomida jangsiz o‘tirishga majbur bo‘lganimdan ranjidim. Shunga qaramay, o‘sha yilni ortda qoldirganimdan xursandman. Va endi 2021 yil, men yana yilni boshlamoqdaman. Raqiblar juda ko‘p, Dastin Poreni hisobdan chiqarganim yo‘q, hech qachon bunday qilmaganman. Bu yil uchun katta rejalarimiz bor.

— Siz Pore bilan avval ham jang qilgansiz. Birinchi jangdan nimalarni eslay olasiz? O‘sha vaqtlarda sizni endi yetishib chiqayotgan yulduz deb atashgandi.
— O‘sha vaqtni yaxshi eslayman. Dastin yarim yengil vazn toifasi reytingida beshinchi va har doimgidek eng yuqori ko‘rsatkichlari ega edi. U chempion bo‘lish uchun o‘sayotgandi. U Getjini to‘xtatganda o‘zining saviyasini tasdiqladi. Shuningdek, Pore Hukerni ham mag‘lub etgan. U fenomenal jangchi va men u bilan imkon qadar tezroq jang qilmoqchiman. Birinchi jangimizdanoq, men harakatlarga chuqur kirib bordim, vaziyatdan zavq oldim.

O‘shanda ilk bor Las-Vegasga kelgandim, Madison Square Garden’da hamma uchun ochiq bo‘lgan matbuot anjumani bo‘lib o‘tgandi. Hatto o‘sha paytdagi ko‘k rangli kostyumim va tuflimni ham eslayman. Men Dastinni o‘sha paytdagi kabi hurmat qilaman. Lekin biz o‘yin elementiga muhtojmiz. Bu — biznes. Uning va mening o‘ziga xos mahorat to‘plamimiz bor va biz ularni ko‘rsatamiz.

— Birinchi jangda sizlar yosh bezori edingiz.
— Hozir ikkalamiz ham ota bo‘lganmiz.

— Ha. Endilikda siz unga zarar yetkazish o‘rniga uning xayriyasiga hissa qo‘shmoqdasiz, hurmat ko‘rsatmoqdamiz. Sizning evolyutsiyangizni ham jangchi, ham inson sifatida ko‘rish juda qiziqarli. Buni his qilyapsizmi?
— Bu ishlarni kattalar qiladi, biz allaqachon ulg‘ayib bo‘ldik. Men Dastin va uning rafiqasi xayriya ishlarini yo‘lga qo‘ygani haqida xabar topdim. Bunda ishtirok etish imkoniyatim borligidan xursandman. Ular bolalar uchun sport zali ochmoqchi ekanliklarini aytdi. Men bundan juda xursandman. Muvaffaqiyatga erishsin. Buning uchun biz ishlashimiz, dunyoga bizga berganini qaytarishimiz kerak.

Bu har bir inson uchun asosiy maqsad. Ulg‘ayganimdan so‘ng men bu savollarga yana-da ko‘proq singib keta boshladim va o‘zimni shu yerda topgan inson sifatida mas’uliyatim katta ekanligini tushuna boshladim. Men oktagonni Dastin bilan bo‘lishganimdan shodman, bizning dunyoga qarashlarimiz bir xil. Yaxshi kurash bo‘ladi. Serrone bilan bo‘lgan jangdagi kabi qon to‘kiladi, ammo u yomon bo‘lmaydi.

— Qon haqida gapirganingiz kulgili. Dastin yaqinda bergan intervyusida ikkalangiz ham birinchi raunddan keyin qonga botishingizni istashini, shiddatli jang ko‘rmoqchiligini aytdi. Ammo siz uni 60 soniyada nokaut qilishingiz haqida gapirgandingiz. Qay biri to‘g‘ri?
— Har doim haq bo‘lgan kishi bu Pore bilan birinchi jangdan keyin tug‘ilgan folbin Makdir. Dastin kuchli sportchi. Men u bilan jang qilishdan xursand bo‘lardim, bunga tayyorman. Dastlabki 60 soniyada zarbalar yo‘llayman, agar Dastin ularga turib berolsa, bundan ham qattiqroq zarba beraman.

— Siz yengil vaznga qaytmoqdasiz. Og‘irlik ko‘rsatish jarayoni qanday kechdi? Suratda xuddi fitnes-modelga o‘xshaysiz.
— Men ko‘rkam va baquvvatman. Juda ko‘p kuch sarflangan ajoyib formaga keldim. Og‘irlik qilish har doim ham qiyin, ammo agar siz bunga chin dildan berilsangiz, unchalik murakkab bo‘lmaydi. Ular osonlashadi. Aynan shu narsa men uchun ishlaydi. Bizning jamoamizda hamma narsa hisoblab chiqilgan. Hozirda tanam yengil vaznga qaytmoqda, kuch-quvvatga to‘lganman. Kuniga bir marta mashq qilishga o‘tmoqdaman. Vaznim normal holatda, kuch-quvvatga to‘lganman. Men juda zo‘r ish qildim va mukofotimni tortib olishga tayyorman.

— MMA haqida gap ketganda divizionning «fili» Habib Nurmagomedovni eslamaslikning imkoni yo‘q. Hatto Deyna Uayt (UFC prezidenti) ham uning qaytishi mumkinligini bilmaydi.
— Ha, u xuddi filga o‘xshaydi. Ayni paytda u maza qilib zavqlanayotgan kichkina semiz fil. O‘ylaymanki, u so‘nggi jang oldidan og‘rilik qilmagan. Axir u tarozida juda shubhali ishlarni qildi. Ammo bunday vaziyatda qanday qilib ketish mumkin? Bu men uchun ahmoqlik. U yana ko‘plab chiroyli janglarni o‘tkazishi mumkin edi. Toni Fergyuson bilan bo‘lgan jangdagi vaziyatni eslasangiz ham. Qaysi holatda bo‘lishining ahamiyati yo‘q, ammo jang bo‘lishi kerak. U jangdan qochib yuradigandek tuyuladi. Bu uning ishidir. U ketishga qaror qilganida hayron qolmadim. U ketdi, biz esa oldinga yurishda davom etamiz.

— Dastin bilan UFC chempionligi uchun jang qilishingiz kerakmi?
— O‘ylashimcha, ha. Ammo Deyna kamarni beradi deb ham o‘ylamayman. Lekin men uni tushunaman. Biz uchun bu kamarlar nima beradi? Men musobaqaga chiroyli janglar uchun keldim. Kamarlar esa o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi. Garchi ushbu qarama-qarshilikdayoq kamarni ko‘rishni xohlayotganimni yashirmasam ham, lekin keyingi jangda shunday bo‘ladi deb o‘ylayman. Ammo uni olib qochgan odam (Habib Nurmagomedov) tufayli hamma narsa chalkashib ketgan. UFC unga o‘ylash uchun vaqt berishga qaror qildi. O‘tmishda qatnashgan barcha siyosiy bahslarim menga qiziq emas. Bu meni sekinlashtiradi. Yengil vazn ham yarim yengil vazn toifasida qilgan ishimni qilmoqchiman.

Yengil vazn toifasida ko‘plab yaxshi jangchilar bor, lekin men ulardan bir bosh ustunman. Men buni isbotlamoqchiman. Hozir turli chempionlardan, masalan, boks bo‘yicha ko‘plab takliflar bor. Shuningdek, biz Deyna Uayt bilan Neyt Diasni yana yengil vazn toifasiga qaytarish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqdamiz. Men u bilan yana jang qilishni istardim. Kamar bilan bog‘liq vaziyat qanday bo‘lishidan qat’i nazar biz jang qilamiz.

— Avvalroq siz Eddi Alvares va Donald Serrone bilan bo‘lgan janglarda o‘zingiz aks ettirilgan suratlar kollajini joylashtirdingiz va hozir avvalgi versiyalaringizni bemalol mag‘lub etishingizni aytdingiz. Buni qanday qildingiz?
— Hozir men tezroq, aniqroq va ruhiy jihatdan kuchliroqman, ko‘proq tayyorman. Bori shu. Faqat oldinga intiladigan odamman. Hozir o‘zimni aynan shunday his qilyapman. Bunday holatda bo‘lish yoqimli. Bu holatga kelish oson bo‘lmagan, ko‘p ishlar qilindi. Lekin men bu holatga shunchaki kelib qolmadim. Ishonamanki, hali potensialimning yarmiga ham erishmaganman. Ishlashda davom etamiz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rivaldo YECHL finalida "Borussiya" g‘alaba qozonishi sababini aytdi 11 мая, 06:43 19
  • Kuala-Lumpur shahrida terma jamoalar murabbiylari uchun konferensiya o‘tkazildi 10 мая, 23:47 76
  • The Ring: Naoya Inoue P4P reytingi yetakchisiga aylandi 10 мая, 15:35 85
  • Anchelotti «Real» Chempionlar ligasi finaliga chiqqach Peresni maqtadi 10 мая, 12:31 107
  • Toxir Kapadze: "Bu yigitlar o‘zbek futbolining kelajagi" 10 мая, 12:08 209
  • Germaniyaning «Bayer» klubi 60 yillik rekordni yangiladi 10 мая, 09:04 154
  • So'nggi yangiliklar
  • Rivaldo YECHL finalida "Borussiya" g‘alaba qozonishi sababini aytdi 11 мая, 06:43 0
  • Tishlarni qachon yuvgan ma’qul: nonushtadan avvalmi yoki keyin? 11 мая, 06:00 0
  • Erdo‘g‘on: “Amaldagi konstitutsiya Turkiyaning demokratik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi” 11 мая, 00:11 38
  • Kuala-Lumpur shahrida terma jamoalar murabbiylari uchun konferensiya o‘tkazildi 10 мая, 23:47 49
  • Xarkiv oblasti chegarasida vaziyat keskin yomonlashdi. Bu haqda nimalar ma’lum? 10 мая, 23:23 273
  • Afg‘onistonda uch million bola to‘yib ovqatlanmaydi 10 мая, 23:00 37
  • Quvayt Xotin-qizlar jamiyati raisi o‘rinbosari: "Shavkat Mirziyoyev BMTning 78-sessiyasida Osiyo xotin-qizlar forumini O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan" 10 мая, 22:36 49
  • AQSHda 9 yoshli bola millionerni uysiz deb o‘ylab, unga bor puli — 1 dollarini berdi 10 мая, 22:36 282
  • Inson huquqlari bo‘yicha Malayziya komissiyasi komissari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan forum haqida nimalar dedi? 10 мая, 22:14 48
  • Belarus ayollar ittifoqi raisi: Belarus va O‘zbekiston ayollari o‘rtasida azaldan do‘stona munosabatlar mavjud 10 мая, 21:47 46
  • General Motors Malibu ishlab chiqarishni to‘xtatadi 10 мая, 21:27 122
  • Islandiyada atmosferadagi ifloslanishni tozalaydigan yirik zavod ish boshladi 10 мая, 21:00 62
  • Bo‘limlar