“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2021, 21:34
ЎЗO‘Z

Otabekov: “COVID-19 ning yangi shtammi odamlarni xavotirga solyapti – u bolalarda ko‘p uchramoqda”

16 yanv, 19:24 1 924 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Otabekov: “COVID-19 ning yangi shtammi odamlarni xavotirga solyapti – u bolalarda ko‘p uchramoqda” Koronavirusga qarshi kurashish respublika shtabi a’zosi Nurmat Otabekov koronavirusning britancha shtammi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Uning aytishicha, “Hozir koronavirusning britancha shtammi odamlarni xavotirga solyapti. Bu yangi virus ayni kunda dunyoning 41, Yevropaning 22 davlatida aniqlangan”.

Bu kasallik bolalarda ko‘p uchrayapti. Bolalarda kasallanish holatlarida kuzatilgan 5 ta asosiy klinik belgi qayd etilgan. Bular: bosh og‘rig‘i, tomoq og‘rig‘i, holsizlanish, ishtaha yo‘qolishi, qorin sohasida og‘riqlar paydo bo‘lishi bilan belgilanadi. Bu belgilar 19 yoshgacha bo‘lganlar va yosh bolalarda kuzatilyapti”, dedi u.

Sog‘liqni saqlash bo‘yicha mutaxassislarning fikriga ko‘ra, kasal bolalarning aksariyati charchoqdan aziyat chekadi. Infeksiyani yuqtirgan chaqaloqlarda tez-tez yig‘lash holatlari uchraydi. Kasallangan bolalarning yarmidan ko‘pi (53 foizi) bosh og‘rig‘idan shikoyat qilgan. Shu bilan birga, ularda qorin og‘rig‘i ham kuzatilmoqda. Shuning uchun shifokorlar ota-onalarga qorin bo‘shlig‘idagi noqulaylik bilan bir vaqtda paydo bo‘ladigan bosh og‘rig‘i bor-yo‘qligini farzandlaridan so‘rab turishlarini maslahat berishmoqda.

Koronavirusning yangi shtammi bilan og‘rigan bolalarning deyarli yarmida harorat 37 darajadan yuqori bo‘lgan. Bolalarning 38 foizi tomoq og‘rig‘idan shikoyat qilgan.

Kasallanganlarning taxminan 35 foizi ishtaha yo‘qolganini aytishgan. Ko‘pincha bir yoshga to‘lmagan chaqaloqlarda bu holat kuzatiladi. Shu sabab shifokorlar bolalarni oz-oz, ammo tez-tez ovqatlantirishni maslahat berishadi.

Shuningdek, shtab a’zosi COVID-19’ning yangi shtammi kattalarda yoki bolalarda aniqlanishidan qat’i nazar, O‘zbekistonda ularni davolash uchun 30 mingdan ortiq shifo o‘rinlari mavjudligini bildirdi. Jami 5 ming nafardan ortiq tibbiyot xodimlari tegishli tayyorgarlikdan o‘tkazilgan. Zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlar zaxira qilib qo‘yilgan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda koronavirus bilan qayta kasallanish holatlari qayd etilmoqda 24 okt, 00:10
  • Qaysi yoshdagi bolalarda COVID-19ga chalinish moyilligi eng yuqori? 10 sen, 12:23
  • Koreyada ko‘pgina ota-onalar va o‘qituvchilar koronavirusni bolalardan yuqtirgani aniqlangan — Shtab a’zosi 04 sen, 14:49
  • Shifokorlar bolalarda koronavirusning salbiy oqibatlarini aniqlashdi 25 avg, 21:30
  • Odamda uchraydigan koronaviruslar mavsumiy xarakterga ega 11 apr, 19:09
  • Nurmat Otabekov: «Klinik belgilar 95-97 foiz holatda 10-12 kundan keyin paydo bo‘lyapti» 05 apr, 16:56
  • So'nggi yangiliklar
  • OKMK futzalchisi Timur Berdiyev avtohalokatga uchrab vafot etdi 28 fev, 21:30 0
  • Yurak xuruji yuz berguniga qadar bilish kerak bo‘lgan ushbu kasallikka oid 6 fakt 28 fev, 20:53 0
  • Priyanka Chopra haqidagi avval e’lon qilinmagan 11 ta ma’lumot 28 fev, 20:05 1
  • Nigeriyada o‘g‘irlab ketilgan 300dan ko‘proq qiz ozod qilindi 28 fev, 19:28 2
  • Bolaligidan yulduz bo‘lishga ulgurgan Emma Uotson karerasini yakunlamoqda 28 fev, 18:48 96
  • “Lokomotiv”ning ispaniyalik legioneri “Marca”ga intervyu berdi: O‘zbekistonda kinolardagidek yashamoqdaman 28 fev, 18:13 205
  • Surxondaryoda opa-ukalar kelini va uning onasini o‘ldirish uchun killer yolladi 28 fev, 17:43 462
  • O‘zbekistonda bahorning birinchi kuni qanday ob-havo bilan boshlanadi? 28 fev, 17:13 555
  • Prezident granti, «qizlar uchun maxsus stipendiya» – ular haqida nimalar ma’lum? 28 fev, 16:39 227
  • Xorazmda deputatlar sud raisidan tizimda ochiqlikni kuchaytirishni so‘rashdi 28 fev, 16:00 173
  • Yaxshilik kamayib bormoqda 28 fev, 15:14 442
  • "Muhim xulosa" 28 fev, 14:30 222
  • Bo‘limlar