“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2021, 16:05
ЎЗO‘Z

Qurilish vaziri sohadagi korrupsion sxema haqida gapirdi

16 yanv, 18:48 1 209 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qurilish vaziri sohadagi korrupsion sxema haqida gapirdi Qurilish vaziri Botir Zokirovga ko‘ra, sohada korrupsion sxemalar mavjud. Hokimliklarda tanish-bilishlarning vositasida yer maydonlari olinmoqda va loyiha qilingach, boshqaga sotilmoqda. Biroq, Qurilish vazirligi korrupsiyaga qarshi kurashuvchi idora emas. U Qurilish vazirligida tashkil etilgan matbuot anjumanida sohadagi korrupsiya haqida ham fikrlarini bildirdi.

«Jizzaxdagi qurilishda ruxsat olgan egasi boshqa, qurilishni qilgani boshqa, bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrupsion sxema hisoblanadi. Kimningdir hokimlikka qandaydir yaqinligi bor yoki tizimda tanish-bilishi bor. O‘shaning nomiga olinadi, shu boshlagandek bo‘ladi, lekin umuman boshqa odamlar ishlaydi. Shuning uchun ham hujjatlarni 3 marta aniqlashtirilganda boshqa-boshqa kishilar chiqmoqda. Bunaqa bo‘lishi kerak emas. U yerda qidiradigan bo‘lsangiz bironta egasi chiqmaydi. Bittasi yerni olgan, boshqasiga berib qo‘ygan xullas mingta bahona qiladi», - dedi Qurilish vaziri.

Vazirga ko‘ra, hozirda ayrimlar hokimliklardagi tanishlari orqali yer olib “biznes” qilmoqda.

«Bugun bir xil odamlar shuning orqasidan “biznes” qilmoqda, ya’ni uni tanishi bor va u bugun bemalol kirib joyini oladi. Qurilish bitguncha sotadi, shuning uchun ham hamma hujjatlar chala-chulpa. Davlat nazorati ham bir borganda uch qavatga bitta loyiha, loyihachi bilan esa uning shartnomasi yo‘q. Undan keyin borganida ikkinchisi paydo bo‘lmoqda. Bu korrupsion holat bo‘lganlgi uchun tadbirkor nima xohlasa o‘shani qilmoqda. Biz shuni oldini olishimiz kerak. Qurilish vazirligi esa, korrupsiyaga qarshi kurashish tashkiloti emas.

Bunday korrupsion sxema faqat Jizzaxda emas, boshqa aholi yashash punktlarida ham bo‘layotganligi aytib o‘tildi. 2018-2019 yilda 11ta qaror, 2020 yilda yana 11ta qaror qabul qilindi. Biz shuncha hujjatlarimizni qaytadan ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldik va bu hali oxiri emas. Asosiy masala qonunlar orasida baribir kamchiliklar, aylanib o‘tish imkoni topilmoqda.

Oldin bunday holat bo‘lmagan va hech kim bunday “teshik” qidirgan emas. Hozir shunday yo‘llarni topib qonunbuzarliklar bo‘lmoqda. Kerakli mexanizm ishga tushishi kerak. Odam aralashmagan taqdirda ham shu masala yopiladigan bo‘lishi lozim. Yana bir masala tadbirkorni agar bajarmayotgan bo‘lsa, uning hisobini yopib qo‘ysangiz bu ham to‘polon
», - dedi Botir Zokirov.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • «Bu yerda korrupsion sxema bo‘lgan». Qurilish vaziri Jizzaxda qulagan ko‘p qavatli bino haqida 15 yanv, 07:00
  • Chirchiq shahrida qarzdor korxonadan 1 mlrd. so‘mdan ziyod qarzdorlik undirildi 04 dek, 15:39
  • O‘rtachirchiqda tadbirkor foydasiga 393 mln. so‘m undirib berildi 17 noya, 19:30
  • Toshkentlik tadbirkorning 265,2 mln so‘m qarzi undirib berildi 28 sen, 18:23
  • Jizzaxdagi qurilishda ishlaydigan 23 yoshli yigit o‘zini kranga osib qo‘ydi 24 iyun, 08:36
  • Qarzdor jamiyatdan 370 mln. so‘m davlat boji undirildi 03 iyun, 16:42
  • So'nggi yangiliklar
  • Odil Ahmedov faoliyatini boshqa jamoa safida davom ettiradi 25 fev, 16:00 0
  • Behayo video evaziga pul talab qilgan ayol qo‘lga olindi 25 fev, 15:33 55
  • Qo‘shnisining yuragidan taom tayyorlagan qotil 3 yilda ozodlikka chiqdi 25 fev, 15:10 101
  • Farg‘onalik boyning qizi bilan yozishgan 14 yoshli o‘quvchi kaltaklandi (video) 25 fev, 14:44 372
  • «O‘zgidromet» 26 fevral kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi 25 fev, 14:20 481
  • Samarqandda «qanotli» buzoqcha tug‘ildi (video) 25 fev, 13:53 322
  • Soliq va ish haqidan bo‘lgan 112 mln. so‘m miqdordagi qarzdorlik undirildi 25 fev, 13:30 130
  • MIB: Izboskanda 10 ta oila yarashtirildi 25 fev, 13:08 103
  • Firibgarlik bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yildi 25 fev, 12:45 151
  • Internetda tarqalgan erimaydigan qorning siri oshkor bo‘ldi (video) 25 fev, 12:13 637
  • 1 apreldan boshlab internet orqali savdo qiladiganlar soliq organlariga xabar berishi shart bo‘ladi 25 fev, 11:35 223
  • «Ular koronavirusdan ham yomonroq» — Sherzod Kudbiyev «naqdlashtiruvchilar» haqida 25 fev, 11:11 280
  • Bo‘limlar