“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2021, 20:28
ЎЗO‘Z

Qalbaki kupyuralar tayyorlagan shaxs ushlandi

15 yanv, 16:00 1 063 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qalbaki kupyuralar tayyorlagan shaxs ushlandi Bugungi kunda ayrim kimsalar oson pul topishni o‘zlariga kasb qilib olmoqdalar. Hatto, ba’zi bir qo‘shtirnoq ichidagi «ishbilarmonlar» qalbaki kupyuralar tayyorlab, muomalaga kiritishga ham urinishmoqda.

DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qalbaki kupyuralar tayyorlab, muomalaga chiqarishni rejalashtirgan shaxs qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, Termiz tumanida istiqomat qiluvchi, 1995 y.t. «M.X.» o‘z jinoiy rejasini amalga oshirish uchun Termiz shahrida joylashgan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan birini vaqtinchalik ijaraga oladi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, u ijaraga olgan xonadonda «Acer» rusumli noutbuk, «Epson» rusumli rangli printer hamda 4 dona «100 000» so‘mlik, 48 dona «50 000» so‘mlik, 12 dona «10 000» so‘mlik, jami 2 920 000 so‘m miqdoridagi qalbaki pullar borligi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Namanganda xonadonida pul yasab ko‘rganlar ushlandi 18 dek, 22:00
  • Qalbaki pul ishlab chiqarayotgan “ishbilarmon”lar qo‘lga olindi 25 fev, 10:43
  • Parkentda qalbaki pullar ishlab chiqarayotgan yashirin “pul sexi” aniqlandi 09 dek, 14:15
  • Qalbaki pullar ishlab chiqargan Yoshlar ittifoqi yetakchisi qo‘lga olindi 21 noya, 17:57
  • Qalbaki so‘m va dollarlar yasagan shaxs qo‘lga olindi 13 mar, 13:18
  • Qo‘qonda qalbaki 5000 so‘mlik banknotlar chiqargan jinoiy to‘da aniqlandi 30 sen, 12:44
  • So'nggi yangiliklar
  • Bolaligidan yulduz bo‘lishga ulgurgan Emma Uotson karerasini yakunlamoqda 28 fev, 18:48 95
  • “Lokomotiv”ning ispaniyalik legioneri “Marca”ga intervyu berdi: O‘zbekistonda kinolardagidek yashamoqdaman 28 fev, 18:13 205
  • Surxondaryoda opa-ukalar kelini va uning onasini o‘ldirish uchun killer yolladi 28 fev, 17:43 461
  • O‘zbekistonda bahorning birinchi kuni qanday ob-havo bilan boshlanadi? 28 fev, 17:13 554
  • Prezident granti, «qizlar uchun maxsus stipendiya» – ular haqida nimalar ma’lum? 28 fev, 16:39 227
  • Xorazmda deputatlar sud raisidan tizimda ochiqlikni kuchaytirishni so‘rashdi 28 fev, 16:00 172
  • Yaxshilik kamayib bormoqda 28 fev, 15:14 440
  • "Muhim xulosa" 28 fev, 14:30 221
  • Mehr tushunchasi 28 fev, 13:53 257
  • Toshkentda besh nafar talabaning murdasi topildi 28 fev, 13:27 1 415
  • Yong‘oq bevaqt o‘limdan asraydi 28 fev, 13:00 715
  • Surxondaryoda Nexia-2 yo‘lni kesib o‘tayotgan 1-sinf o‘quvchisini urib yubordi 28 fev, 12:15 361
  • Bo‘limlar