“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2021, 10:30
ЎЗO‘Z

Bojxonachilar yirik miqdordagi sintetik giyohvandlik vositasining kontrabandasiga chek qo‘yishdi

15 yanv, 15:35 755 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bojxonachilar yirik miqdordagi sintetik giyohvandlik vositasining kontrabandasiga chek qo‘yishdi Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi va turli nayranglarni qo‘llagan holda yurtimizga yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan keng qamrovli tezkor tadbir davomida giyohvandlik vositalarining yirik miqdordagi noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi.

Gap shundaki, Niderlandiyadan Farg‘ona viloyatida yashovchi fuqaro D.N. nomiga kelgan pochta jo‘natmasi bojxona xodimlari e’tiborini tortdi. Mazkur pochta jo‘natmasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, jo‘natmada “ABD-BUTINACA” nomli, 498,82 gramm sintetik turdagi giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Shundan so‘ng, mazkur pochta jo‘natmasiga buyurtma bergan va unga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash maqsadida Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro D.N mazkur pochta jo‘natmasini qabul qilib olish uchun kelgan paytda tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olindi. Fuqaro D.N.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro D.N mazkur giyohvandlik vositasini internet do‘koni orqali buyurtma berganligi ma’lum bo‘ldi. Shu tariqa fuqaro D.N. va boshqalarning jinoiy qilmishlari fosh etildi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov organiga yuborildi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Bojxonachilar 273,49 gramm zahri qotilning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi 19 dek, 17:42
  • Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh bo‘ldi 27 noya, 20:08
  • Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi 07 sen, 19:35
  • 205 gramm giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasi fosh etildi 29 avg, 19:15
  • Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh bo‘ldi 01 iyul, 22:45
  • Kurtka cho‘ntaklarida yashirilgan «gashish» fosh bo‘ldi 26 iyun, 16:00
  • So'nggi yangiliklar
  • Bo‘stonliqda o‘zganing 15 sotix yerini 33 ming dollarga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 07 mar, 09:57 16
  • Abramov: "Jaloliddinovning "Andijon"ga o‘tishini yaxshi deb hisoblamayman. Ehtimol, adashayotgandirman" 07 mar, 09:23 104
  • Shahram G‘iyosov Toshkentdagi tarixiy jang kechasida ringga ko‘tariladi 07 mar, 09:00 194
  • Tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan ayollarga qancha kredit beriladi? 07 mar, 08:30 276
  • «Uxan sirlari» ochiladimi? 07 mar, 08:00 431
  • Go‘sht yemaslikning zararli jihati aniqlandi 07 mar, 07:30 629
  • Hamrobekovning debyutida "Shabab Al-Ahli" peshqadam bilan durang o‘ynadi 07 mar, 01:41 442
  • Shavkat Mirziyoyev urush va mehnat faxriylarini borib ko‘rdi (foto, video) 06 mar, 23:47 327
  • Voyaga yetmagan bolalar onasi tarbiyasiga olib berildi 06 mar, 23:23 301
  • Qidiruvdagi ota topilibi, jazoga tortildi 06 mar, 23:00 410
  • «Nasaf»ga nima yetishmadi? «Paxtakor» nimaning hisobiga g‘alaba qozondi? 06 mar, 22:26 559
  • MIB: Xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatildi 06 mar, 22:07 304
  • Bo‘limlar