“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2021, 20:22
ЎЗO‘Z

Xonada o‘tirib ishlash qanday kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin?

15 yanv, 14:58 962 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xonada o‘tirib ishlash qanday kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin? Odatda, aksariyat ofis xodimlari bosh og‘rig‘i, ko‘z ichi qizarishi (achishish, qichishish), bel sanchiqlari, qorin dam bo‘lishi va oyoq uvishishi kabi muammolardan shikoyat qiladi. Ushbu holat zamonaviy tibbiyotda «ofis xodimi sindromi» deyiladi. CCV Matbuot xizmatining shu boradagi savollariga Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati direktorining o‘rinbosari Nurmat Otabekov javob beradi.

— Ofis xodimi sindromi o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi. Shunisi ma’lumki, ish staji hali u qadar katta bo‘lmagan xodim ham ushbu sindrom bilan kasallanishi mumkin. Quyida kimlar xavf guruhiga kiritilishi va ogohlantiruvchi simptomlar haqida ma’lumot beramiz.
Ortiqcha vazn.

Xizmat taqozosi bilan bir joyda o‘tirib ishlaydigan kishilar kamharakat bo‘lishadi. Bilasiz, jismoniy faollik sust bo‘lsa, tanada qon aylanishi me’yorda kechmaydi.

Oshqozon-ichak trakti kasalliklari.
Asosiy sabab – noto‘g‘ri ovqatlanish, shuningdek, yo‘l-yo‘lakay tamaddi qilish odatining mavjudligi.

Yurak-qon tomir xastaliklari.
Tamaki va spirtli ichimliklar iste’mol qilish, ko‘p miqdorda kofein moddasi qo‘shilgan ichimlik (qahva, achchiq choy) ichish, stress, uyqusizlik – muammoning bosh omillari hisoblanadi.

Kichik tos a’zosi bezovtaliklari, bavosil.
Yana o‘sha gap, bir joyda uzoq vaqt o‘tirib ishlash tanada qon aylanishini izdan chiqaradi. Kishi avval ham bavosil bilan og‘rigan bo‘lsa, xastalikning qaytalanish ehtimoli yuqori.

Quruq ko‘zlar sindromi.
Kompyuterdan muntazam foydalanuvchilarda ko‘z ichi qizarishi (achishish, yoshlanish) holati ko‘p kuzatiladi. Sababi esa monitordan tarqaluvchi yorqin nurdir. Shuningdek, konditsioner havosi ham ko‘zlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Nafas yo‘llari kasalliklari.
Xonada 5-6 nafar xodim ishlasa va ulardan biri grippga chalingan bo‘lsa, kasallik qo‘zg‘atuvchi infeksiya havo-tomchi yo‘li orqali boshqalarni ham zararlashi mumkin.

Mushak va bo‘g‘im og‘riqlari.
Harakatsiz holatda (ko‘pincha engashib o‘tirish) uzoq vaqt o‘tirilsa, bo‘g‘imlar «qotib» qoladi. Qon yetib kelishi to‘liq bajarilmagani bois oyoq uvishadi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Sutkasiga 8 soatdan kam uxlash ortiqcha vazn to‘plashga sabab bo‘ladi 01 sen, 18:06
  • Immunitetni oshiruvchi va o‘nlab kasalliklarni davolashda yaxshi samara beruvchi gulqand haqida eshitganmisiz? 22 avg, 21:08
  • Mevalar vazn tashlashga qanday to‘sqinlik qiladi? 15 avg, 05:43
  • Tushkunlik, charchoq, ortiqcha vazn. Sport bilan shug‘ullanish vaqti kelganini bildiruvchi belgilar 06 avg, 22:20
  • Aktrisa Luiza Rasulova tugʻilgan kunini nishonlamoqda (foto) 24 apr, 10:30
  • Qizlar qaysi sport turi bilan shug‘ullangani ma’qul? 19 iyun, 10:03
  • So'nggi yangiliklar
  • Oila va xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sohasida amalga oshirilgan islohotlar haqida 03 mar, 19:32 66
  • Mahalla institutini takomillashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar haqida 03 mar, 19:00 100
  • Prezidentning yangi farmoni: Ipoteka bo‘yicha 45 mingta uy-joylar quriladi 03 mar, 18:43 192
  • Viloyatlarda quriladigan uy-joylar soni va narxi ma’lum qilindi 03 mar, 18:28 451
  • Oliy ta’lim: Uchinchi Renessans poydevori yaratilmoqda 03 mar, 18:00 146
  • Behzod Musayev boshchiligida ijtimoiy sohadagi natijalar bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazildi 03 mar, 17:27 156
  • DXX «yerfurush»larni ushladi (video) 03 mar, 17:00 389
  • O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 10 500 so‘mdan pastladi 03 mar, 16:30 169
  • Yaqin yillarda suv ostida qoladigan shaharlar 03 mar, 15:51 1 048
  • Sanjayning «ishi» bo‘yicha sud xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi 03 mar, 15:23 547
  • Shahram va Shohjahon harakat qiladigan vazn toifasi mutlaq chempionligi uchun kechadigan jang sanasi ma’lum bo‘ldi 03 mar, 14:54 503
  • Ramzan Qodirovning 30 yoshli qarindoshi Grozniy shahar meri lavozimiga tayinlandi 03 mar, 14:25 343
  • Bo‘limlar